Un shudring qo’zg’atuvchisi – Podospluunra leucutricha Salm, bexida Podospluunra oxyunthae DB. Olma va nokning hamma yer ustki organlari bargi, novdasi, guli va ba’zan mevasi kasallanadi. Kasallikning dastlabki belgilari yosh barglarda va barg bandlarida oqish – kul rang unsimon g’ubor ko’rinishda paydo bo’ladi. Barglar o’sishdan qoladi, buraladi, qo’ng’ir tusga kirib tez to’kiladi.
Novdalarda asta - sekin tuproq tusga kiruvchi oq g’ubor bilan qoplanadi, o’sishdan qoladi, qiyshayadi va asta-sekin nobud bo’ladi.
Gullar ham oq g’ubor bilan qoplanib tuguncha olmasdanoq qurib qoladi. Mevalarda un shudring dastlab oq g’ubor, tez orada tursimon zang ko’rinishda hosil bo’ladi. Zamburug’lar asosan miseliy ko’rinishida kurtaklarda, kleystotesiy holida barg va novdalar qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |