Shaftoli bargining bujmayishi kasalligini qo’zg’atuvchi – Exoascus deformans Fuck zamburug’idir. Asosan barglar, kamdan-kam kurtak gul va mevalar kasallanadi. Kasallangan barg bujmayib, asosiy tomir yonida bo’rtgan, barg cheti orqa tomoniga qayrilgan bo’ladi.
O’z shaklini o’zgartirgan barg sarg’ish va qizil zonali po’shti tusga kiradi, barg to’qimasi yo’g’onlashadi, mo’rt bo’lib, yuzasi oqish g’ubor bilan qoplanadi. Keyinchalik barg qo’ng’ir tusga kirib qurib to’kiladi.
Novda ham o’z shaklida o’zgarishlar hosil qiladi: yo’g’on tortadi, qiyshayadi, o’sishdan qolib, bo’g’im oraliqlari qisqaradi va buning natijasida barglar rezinkaga o’xshab qoladi. Zamburug’ kurtak ichida yoki po’st yoriqlarida qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |