Monilioz qo’zg’atuvchi – Monilia cinerea Benorit zamburug’dir. Bu kasallik bilan O’rta Osiyo sharoitida gullagan novdalar zararlanadi, umuman boshqa hududlarda gul, novda va mevalar har xil ko’rinishda kasallanadi.
Kasallangan poyada gullari va barglari qo’ng’ir tusga kirib, chiriydi. Lekin novdada saqlanib qolib, kuygan ko’rinishni eslatadi. Novda uchi egiladi. Monilioz ko’proq shaftoli va olchada uchraydi.
Topshiriq: 1. Kasallangan gul bandida joylashgan kulrang yostiqchalardan preparat tayyorlanadi. Kichik obyekti ostida zich gifalar joylashgan, gifalar uchida limonsimon, rangsiz, bir hujayrali konidiyalarni ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |