Topshiriq: 1.Bahorgi va yozgi serkosporoz xarakterli bo’lgan belgilar yaxshilab lupa yordamida o’rganiladi rasmi chizib olinadi.
2. May oylarida terib olingan barglarning orqatomonidagi yashil tutunsimon g’ubordan preparat tayyorlanadi.
3. Yoz davomida terib olingan barglarning orqa tomonidagi sarg’ish g’ubordan oddiy usulda preparat tayyorlanadi.
Tok mevalarining chirish kasalliklari
Qora chirish – Phoma uvicola Beck et Curt. Qora chirish bilan kasallangan mevalar sog’lomlaridan aniq ajralib turadi. Dastlab mevada dumaloq to’q hoshiyali qo’ng’ir dog’ hosil bo’ladi. Ular bujmaygan qurigan (mayizga o’xshab ) to’q yashil holga kiradi. Mevalarning yuzasida qora mayda burtiqchalar zamburug’ning meva tanasi piknidalar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |