Kul rang chirish – Botritis cinirea. Pishish davrida mevalar kul rang g’ibor bilan qoplanadi. Kasallik kuchli kechganda novda va to’q gullar ham zararlanadi Yomg’irli ( asosan do’ldan keyin ) kunlarda, yashin urganda, hasharotlar zararlaganda, oidium bilan kasallanganda kul rang chirish mevalarda kuchli kechadi.
Oq chirish – Conyotherium cliplodiella. Zamburug’ qora chirish kabi faqat mevalarni kasallantiradi. Mevalar qizg’ish qo’ng’ir tusga kirib, yuzasi kulrang oqish bo’rtiqchalar piknidalar bilan qoplanadi.
Topshiriq: 1.Chirigan mevalar yaxshilab kuzdan kechirilib, kasallik belgilariga asoslanib kasallik turi aniqlanadi. Rasmlari chizib olinadi.
2. Kul rang chirish kasalligini qo’zg’atuvchi Botritis cinirea zamburug’ining konidiyalaridan preparat tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |