Serkosporoz bahorgi serkosporoz - Gercospora vitis Sacc. Qo’zg’atuvchi zamburug’: yozgi serkosporoz – Cercospora Rosleri Sacc.
Bahorgi serkosprozda ham, kuzgi serkosporozda ham asosan barglar kasallanadi, lekin kasallik kuchli kechganda novda va mevalarda ham sarg’ish g’ubor hosil bo’ladi. Meva boshda so’lib, mevalar to’kilib ketadi. Kasallangan meva qattiq va yashil bo’ladi.
Bahorgi serkosporoz may oyida, yozning birinchi yarmida ko’rinib, barglarning orqa tomonida tyokis yashil g’ubor hosil bo’ladi. Yozgi serkosporoz esa yozning ikkinchi yarmidan kuzgacha davom yetadi, barglarning orqa tomonida qo’ng’ir dumaloq, g’ubor, barglarning po’stida esa qo’ng’ir sarg’ish ( oqish malina rangidagi ) dog’lar paydo bo’ladi.
Barglar nobud bo’lib, to’kiladi. Kasallikni qo’zg’atuvchi zamburug’ to’kilgan barglarda konidiyalar holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |