Topshiriq: 1. Kasallangan meva ustki va ichki qismi ko’zdan kechiriladi. 2. Fiksasiya qilingan mevalardan ko’ndalang kesim tayyorlanadi. Kichik obyekt ostidagi to’qima yuzasida yirik xaltachalarning zich qavati ba’zan esa alohida xaltacha ko’rinadi.
Olxo’ri barglarining qizil dog’lanish kasalligi. Polistigmoz. Qo’zg’atuvchi zamburug’i konidiya bosqichi – Polystigma rubrum Sacc. Xaltachali bosqichida Polystigma rubrum Ds.
Kasallik natijasida barglarda oldin zarg’aldoq, keyinchalik qizg’ish dog’lar hosil bo’ladi. Dog’ning qizarishi zamburug’ning konidiyalari hosil bo’lganidan dalolat beradi. Lupa yordamida barg ostidan ko’rilganda ko’plab mayda sopolchaga o’xshash piknidalar borligi ko’rinadi. Eski, ayniqsa o’tgan yilgi barglarda to’q qizil yoki g’isht rangdagi bo’rtiqchalar, ya’ni zamburug’ning meva tanalari piritesiylar yaxshi ko’rinadi. Ular qishlab chiqish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |