Topshiriq: Kasallangan barg poyada va mevalardagi oq g’ubor, bo’lsa, mayda nuqtachalar kuzdan kechiriladi. Kichik obyekt ostida oq g’ubordan tayyorlangan preparat kuzatiladi. Konidiyalar – nisbatan yirikroq munchoq bo’lib joylashgan.
Shira oqishi - (gommoz). Danakli meva daraxtlarda shira oqish kasalligini kelib chiqish sabablari har xil: oziqlanish, buzilish va suv rejimining buzilishi, mexanik jarohatlanish, yuqumli monilioz va klasterosporoz bilan kasallanishi mumkin.
Kasallik belgilari qo’yidagilardan iborat: albatta kasallangan novda po’stida yoriq va yaralar paydo bo’ladi. Novda va ba’zan meva yuzasida sariq shishasimon tomchilar paydo bo’ladi. Tomchilar qurigach, quyuq yoki qattiq qoramtir massaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |