Mavzu: Birlamchi o’t o’chirish vositalaridan foydalanish



Download 156,51 Kb.
bet1/2
Sana03.01.2022
Hajmi156,51 Kb.
#315869
  1   2
Bog'liq
Birlamchi o’t o’chirish vositalaridan foydalanish.

Mavzu: Birlamchi o’t o’chirish vositalaridan foydalanish.


111-18 GURUH TALABASI:

BULTURBOYEV ABROR



Reja
  • Ishlab chiqarishda yong‘inga qarshi tizimlar.
  • Davlat yong‘in nazorati.
  • Yong‘inni о‘chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qо‘yiladigan talablar. О‘t о‘chirish vositalari.
  • Har qanday yong‘inni o‘chirishda yong‘inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muhimdir. Bunda yonishning davom etishini to‘xtatuvchi sharont yaratish katta rol o‘ynaydi. Yong‘inni o‘chirish paytida qattiq jismlar yonganda yong‘inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo‘yi esa 30 m/min bo‘lishini hisobga olish kerak.
  • Yonishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar asosan qattiq changsimon moddalar, bug‘lar va gazlardan iborat bo‘ladi. Ular tufayli hosil bo‘ladigan harorat esa moddaning yonganda issiqlik ajratishi, yonish tezligi va alanganing tarqalishi, shuningdek, binoning hajmi va havo almashish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
  • Yuqori harorat ta'sirida qizigan tutun yonish mahsulotlarining tezlikda tarqalishga yordam beradi, shuningdek, xona tutunga to‘ladi va bu o‘z navbatida yong‘inni o‘chirishga xalaqit beradi.

Yong‘in (o‘t) o‘chirish vositalari va usullari. O‘t o‘chirish usullari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1) yonayotgan zonani ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materi­allar yordamida sovutish;

2) yonayotgan, materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo‘yish;

3) yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish;

4) maxsus kimyoviy vositalarini qo‘llash. O‘t o‘chirish vosita-lari sifatida, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik ko‘piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalardan foydalaniladi

Ko‘pik bilan o‘chirish. Ko‘pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi bo‘lib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bi­lan ajratilgan bo‘ladi. Ko‘pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig‘i bilan o‘rash, ya'ni havo zarralarini suvga singdirish kerak.

Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki suv bilan ko‘pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko‘pik hosil qilinadi.

Kimyoviy ko‘pik 80 foiz karbonat angidrid gazi, suv va 0,3 % ko‘pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko‘piklar esa 90 % havo, 9,6 % suv va 0,44 % ko‘pik hosil qiluvchi moddadan iborat bo‘ladi.

Sanoat korxonalaridagi o‘t o‘chirish tizimlarining asosiy qismini suv va ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, suv va ko‘pik bilan hamma yerda va har qanday yong‘inlarni o‘chirish mumkin emas. Chunki ba'zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari ta'sirida yetarli darajada unumdor ko‘pik ajratmasdan, ulardan boshqa moddalar ajralib chiqishi yong‘inning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy o‘rnatilgan, ko‘chirib yurish mumkin bo‘lgan yoki harakatlanuvchi qurilmalar va qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir.

Karbonat kislotalar yordamida o‘chirish. Sanoat korxonalarida faqat qattiq yoki suyuq moddalargina emas, balki elektr qurilmalari, stanoklar va boshqalar ham yonib ketishi mumkin. Ma'lumki, yuqorida aytib o‘tilgan o‘t o‘chirish vositaiarini qo‘llash, ya'ni ko‘pik yoki suv yordamida o‘chirish, ular elektr tokini yaxshi olkazganligi tufayli ularni elektr qurilmalarini uchirishsa, mutlaqo ishlatib bo‘lmaydi. Chunki bunda o‘t o‘chiruvchining elektr toki ta'siriga tushib qolish xavfi bor. Shiming uchun bunday hollarda karbonat kislotalaridan foydalaniladi. Ma'lumki, karbonat kislotalari (ya'ni SO2) bilan o‘chirishning ikki xil usuli qo‘llaniladi. Birinchisida SO2 to‘ldirilgan ballonlar yona-yotgan xonaga kiritiladi. SO2 bilan o‘chirganda uning zaharliligini hisobga olish kerak, uning hattoki 10 % miqdorida nafas olish, o‘limga olib keladi. Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari bo‘lishi kerak. Shuni aytib o‘tish kerakki 11 suyultirilgan karbonat kislotasi gazga aylanadi.

2, 5, 8 litr hajmga ega bo‘lgan karbon kislotali o‘t o‘chirgichlarning umumiy ko‘rinishi.




Download 156,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish