Pestitsidlar bilan zaharlangan vaqtda ko‘rsatiladigan birinchi yordam. Pestitsidlar bilan engil zaharlanganda ham zudlik bilan vrach chaqirilishi lozim. Vrach kelguncha birinchi yordam tadbirlarini ishlovchi kishilarning o‘zlari ham bajarishi mumkin.Zaharlangan kishining ustidagi nafasni siquvchi kiyimlarini echib olib, zararlangan maydondan ochiq havoga olib chiqiladi, zararlangan kiyim va respirator echiladi. Nafas olish qiyinlashganda nashatir spirti hidlatiladi, nafas olishi to‘xtab qolayotgan bo‘lsa, kiyim tugmalari bo‘shatilib, so‘laklar artiladi va tiqilib qolayotgan tili chiqariladi, so‘ngra tezda sun’iy nafas oldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |