O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Respirator patron va quticha markalari



Download 46,5 Mb.
bet372/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Respirator patron va quticha markalari

Qisqacha ta’rifi

Nimadan himoya qiladi

Ishlatish muddati

“Lepestok”/gulbarg/










“Lepestok”-200










“Lepestok”-40










“Lepestok”-5










U-K










F-62 sh










RPG-67 patronli










RU-60M patronli









2-topshiriq.

OVX-28 purkagich yordamida g‘o‘zani fozalon/35% konsentrat emulsiyasi KE/ bilan purkashda texnika havsizligidan ko‘rsatma tuzish.

Ish tartibi.

Ko‘rsatma tuzish uchun quyidagi asosiy materiallarni o‘rganib chiqish lozim:

Pestitsidlar bilan ishlashda qo‘llaniladigan umumiy texnika havfsizligi, fozalon, pestitsidlarning tasirchanlik xususiyatlari, sarflanish me’yori, g‘o‘zani ishlashni kutish muddati, ko‘rilishi lozim bo‘lgan havfsizlik tadbirlari, shaxsiy himoya qilish vositalari.

SHundan so‘ng qisqacha qilib quyidagi savollarga ta’rif beriladi:


  1. Kimlarga pestitsidlar bilan ishlashga ruxsat beriladi.

  2. Kerak bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari.

  3. Ish vaqtining davom etish muddati.

  4. Zaharlanuvchiga ko‘rsatiladigan birinchi yordam.

1.2-jalvalni to‘ldiring.

Pestitsidlar bilan ishlashda texnika havfsizligi jurnalining shakli.

1.2-jadval





Ko‘rsatma oluvchining ismi sharifi

Ko‘rsatma mavzusi

Ko‘rsatma oluvchi shaxs

Oy, kun, yil

Ko‘rsatma oluvchining imzosi

1
















2
















3















3-topshiriq.

1.3-jadvalni to‘ldiring.

Pestitsidlar uchun ogoxlantiruvchi rangli xoshiyalar.

1.3 -jadval



Pestitsidlar guruhi

CHiziqlar rangini rangli qalam bilan bo‘yang

1

Insektitsidlar




2

Nematitsidlar




3

Akaritsidlar




4

Fungitsidlar




5

Zaharlagichlar/protraviteli/




6

Gerbitsidlar




7

Defoliantlar




8

Zootsidlar



4-topshiriq.

SD 50mg/kg. tasirchanlik guruh asosida quyida ko‘rsatilgan preparatlar bo‘yicha 1.4- jadvalni to‘ldiring.

Abalon, BI-58, karbafos, bazudin, omayt.

1.4-jadval



Guruxning nomi

SD 50 mg/kg

Pestitsidlar

1

Kuchli ta’sirchan zaharli moddalar KTZM







2

YUqori ta’sirchanliklar YUT






3

O‘rtacha ta’sirchanliklar O‘T






4

Kam ta’sirchanliklar KT






8- laboratoriya mashg‘uloti mavzusi

PESTITSIDLARNI PREPARATIV FORMALARI BILAN TANISHISH.

(4 soat)

O‘simliklarni himoya qilishda pestitsidlardan foydalanishning bir necha usullari mavjud: purkash, changlatish, donadorlashgan preparatlarni qo‘llash, aerozollar, fumigatsiyalash, aldamchi zaharli emlarni qo‘llash, pudralash va boshqalar.

YUqorida ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash pestitsid preparatlarining formasiga va ularning ishchi aralashmalarining tayyorlash texnikasi maxsus ko‘rsatmalar yoki ularni qo‘llash metodik qo‘llanmalarida ifoda etilgan.

Ushbu mashg‘ulotda misol tariqasida o‘simliklarni kimyoviy himoya qilishda keng tarqalgan purkash usuli uchun emulsiya, suspenziya eritmalarini tayyorlash ko‘rib chiqiladi.

Pestitsid preparatlarining asosiy formalari.

Dust–ta’sir etuvchi moddasi bilan to‘ldirilgan va juda mayda, zarrali aralashma bo‘lib, asosan changlatish yo‘li bilan ishlatiladi. Bir gektarga 10-30kg dust sarf bo‘ladi.

Dust tayyorlashda uni to‘ldiruvchi sifatida talk, pirofillit, bor, kaolin, trepel, silikogel va boshqalardan foydalaniladi. Uni changlanuvchanlik samarodorligini oshirish va mayda zarralarni bekorga uchib ketmasligi uchun 3-5% mineral moy qo‘shiladi.

Ho‘llanuvchan kukun - bu kukunsimon pestitsid preparati bo‘lib, unga suv qo‘shish natijasida turg‘un suspenziya hosil bo‘ladi. Uni qo‘llash dustga nisbatan afzalliklari bor, zaharli ximikatlar ortiqcha sarflanmaydi va qo‘llash samarodorligi ortadi. Ular suspenziya holatida bo‘lib o‘simlik barglariga yaxshi yopishadi va o‘simlik tanasida mahkam ushlanib qoladi. Bu xo‘llangan kukun yuqori dispersion xususiyatga ega bo‘lib, tarkibida 80% miqdorida 3mk gacha diametrli mayda zarralar bor.

Ho‘llangan kukun tarkibidagi ta’sir etuvchi modda va to‘ldiruvchilar bilan birga yuqori aktivlikka ega bo‘lgan yopishtiruvchan moddalar ham bor. To‘ldiruvchilar sifatida silikogel, sintetik metasilikat kalsiy, bentonit, kaolin va boshqalardan foydalaniladi.

YUqori aktivlikka ega bo‘lgan moddalar metal ishqorli sulfonadlar, OP-7 va OP-10 polietilenglikol efir spirtlari shuningdek yordamchi moddalar, sulfid spirtli barda /SSB/, sulfid ishqori, kraxmal, kazein va boshqalar.

Ho‘llangan kukun tarkibida 30-80% ta’sir etuvchi modda, 15-60% to‘ldiruvchilar, 1.5-2% sulfid spirtli bardalar va 1-2% OP-7 bor.

Konsentrat emulsiyalar - deb mayda eritilgan eritmalarga yuqori aktivlikka ega bo‘lgan moddalar bilan himoya qilingan maydalashtirilgan tomchilarga aytiladi. Bunda eritmaga suv qo‘shish bilan uni turg‘unligi ortadigan va uzoq muddat yupqa pardalar hosil bo‘lmaydigan emulsiyaga aylantirish mumkin. Moy sifatida ksilol, diosanal, neft moylari, polimerlar va solvetlardan foydalaniladi.Donadorlashtirilgan preparatlar – tuproqda yashovchi hasharotlarga qarshi o‘simliklarning ildiz sistemasi orqali zaharlanishi uchun tuproqqa beriladi, shuningdek er ustki hasharotlariga qarshi kurash uchun ham sepiladi.Donador preparatlar perlit va vermikulit kukun holidagi minerallarni donadorlashtirish va tayyor holdagi donalarga pestitsidlarni singdirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Preparat tarkibida pestitsid va to‘ldiruvchilardan tashqari sintetik smola ham singdiriladi. Donalarning kattaligi: o‘rtacha 0.25-5mm gacha, mayda 0.25-1.5 mm gacha va yirik 3-5 mm gacha bo‘ladi.Pestitsidlarning suv va organik erituvchilardagi eritmasi.Eritmadan tashqari suv bilan yaxshi aralashadigan texnik mahsulot eritmasi tarkibiga yuzaki aktivlikka ega bo‘lgan OP-7, OP-10 tipidagi moddalar kiradi.Pestitsidlarning suvdagi eritmasini saqlash va tashish juda noqulay bo‘lib, katta hajmdagi idishlarni talab etadi. Ular tez parchalanadi, sovuq kunlarda esa oson yaxlaydi.Pastalar quyuqlashgan moyli preparatlar - murakkab moddalar tarkibiy qismiga kiruvchi oson yuquvchi preparat bo‘lib, suv bilan namlanib xo‘llanuvchan kukunga o‘xshash bo‘ladi. Ular urug‘li va danakli meva daraxtlar tanasining shilingan va yaralangan joyiga surtishda va ulardan suspenziya tayyorlashda ishlatiladi.

Kukunlar - ta’sir etuvchan moddasidan tashqari tarkibiga o‘simliklardan olingan to‘ldiruvchilar kiritiladi. Masalan, o‘simlik kraxmali.

Eruvchan kukunlar - kukunsimon preparatlar bo‘lib, ular suvda oson eriydi, ulardan ko‘p maqsadlarda foydalaniladi.

Kichik va kam hajmli purkash eritmalari tarkibida ta’sir etuvchi modda va boshqa qo‘shilmalari bo‘lgan maxsus preparatlar bo‘lib, suv qo‘shilmay maxsus apparatlar yordamida purkash usulida ishlatiladi, ayrim vaqtda kam miqdorda suv qo‘shish mumkin.

1-topshiriq. Asosiy preparat formalarini va pestitsidlarning ishlatilish usullari bilan tanishib chiqqaningizdan so‘ng 2.1, 2.2, 2.3-jadvallarni to‘ldiring.

2-topshiriq. Pestitsid preparat formalarining bir biridan farqlarini bilish uchun tajriba qiling.

Ish tartibi.

500ml hajmdagi 3ta stakan /kimyoviy/ olib har biriga 500ml dan suv quyib chiqing. SHundan so‘ng bitta kolba olib, unga 5g 12% li oltingugurt talqonini solib aralashtiring. 2-kolbaga 5g 30% li kurzatni xo‘llanuvchi kukunini soling va 3-kolbaga 5ml fazalonning 35% li konsentrat emulsiyasini soling. Stakan ichidagilar bir necha daqiqa tinch holatda turishi kerak. Natijasi keyin ko‘riladi.

Reaktiv va idishlar.


  1. 500ml li 3ta stakan yoki silindr.

  2. 500ml li 3 ta konussimon kolba.

  3. 3 ta shisha tayoqcha.

  4. Fazalon-500g. 35% li k.e.

  5. Oltingugurt talqoni -500g

  6. Kurzatning-500g 80% li eritmasi.

  7. Rezina qo‘lqop-3 juft.

  8. Preparatni olish uchun kurakcha-3 dona.

3-topshiriq. Purkash uchun kurzatning 500ml 0.4% li suspenziyasini tayyorlash uchun ishlatiladigan preparatlarning miqdorini hisoblab chiqing.

Ish tartibi. Tarozida kerakli miqdorda preparatni tortib oling, uni 0.5 l li kolbaga soling, shisha tayoqcha yordamida 5 ml suv aralashtiring, so‘ng qolgan suvni qo‘shing.

4-topshiriq. 35% li fazalonning k.e.sidan 500 ml 0.2% li ishchi suyuqligini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan preparat miqdorini hisoblab chiqing.

Ish tartibi.

Emulsiya tayyorlash uchun 500 ml li kolbaga ozgina miqdorda /20ml/suv solinadi va unga dori tomizgich yordamida kerakli miqdorda fazalon qo‘shiladi. Bir xil emulsiya hosil bo‘lguncha shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi va aralashtirilgan holda suvning qolgan qismi qo‘shiladi.

5-topshiriq. 98% li mis kuporosi kukunidan purkash uchun 500 ml 0.02% li eritma tayyorlashda kerak bo‘lgan preparat miqdorini hisoblab chiqing.

Ish tartibi.

Tarozida preparatning kerakli miqdorini tortib oling va uni 500ml hajmdagi stakanga soling. Preparat to‘liq eriguncha ozginadan suv solib, shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing. So‘ngra qolgan suv ham solinadi va aralashtiriladi.

Reaktiv va jihozlar:


  1. Havo so‘rib oluvchi shkaf.

  2. Preparatlarni olish uchun shpatel yoki kurakcha.

  3. 500 ml hajmdagi kolba yoki stakanlar.

  4. Tortish uchun preparatlar solinadigan byuksalar.

  5. Dori tomizgichlar.

  6. SHisha tayoqchalar.

  7. 500 ml li o‘lcham silindirlari.

  8. Rezina qo‘lqop.

  9. Texnik taroz.

  10. Fazalonning 35% li konsentrat emulsiyasi.

  11. Mis kuporosining 98% li kukuni.

  12. Tinebning 80% li xo‘llanuvchan kukuni.


Pestitsid preparatlarining to‘ldiruvchi moddalarining tarkibiy qismi bilan tanishuv. 2.1-jadval


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish