O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet373/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Nomlari

Kimyoviy birikma

Xususiyatlari

Ishlatilishi

OP-7 yoki OP-10










Suyuq yoki qattiq sovun










Sulfid spirti bardaning to‘yinganlik darajasi










Eritmalar










To‘ldiruvchilar










Bonifikatorlar










Bo‘yoqlar










Pestitsid preparatlarining tarkibi.

2.2-jadval.



Nomlari

Ta’sir etuvchi modda

Asosiy to‘ldiruvchi moddalar

Ishlatish usullari

Dustlar

1-12







Xo‘llanuvchi kukunlar

30-35







Donadorlashgan preparatlar

1-10







Pastalar quyuqlashgan moy preparatlari

16-50







Eritmalar

20-70







Konsentrat emulsiyalar

20-70







Suvda eriydigan kukunlar

70-80







Pestitsidlarning qo‘llash usullari bilan tanishuv. 2.3.-jadval.

Ishlatishning o‘ziga xos xususiyatlari

Qo‘llashusullarining nomlari

Preparat formalari

Ishlov beradigan yuzaga solish







Pestitsidlarni oziq moddalar bilan birga ishlatish







Pestitsidlarni tutun va tuman holatida ishlatish







O‘simliklarga ta’sirchanlik o‘tkazish uchun pestitsidlarni qo‘llash







Urug‘, tuganak urug‘lar sirtiga pestitsidlarni yuqtirish







Pestitsidlarni donador holda ishlatish







Nazorat uchun savollar

1.Pestitsidlarni preparat shakli deganda nimani tushunasiz?

2.Purkash usuliga ta’rif bering.

3.CHanglatish usuliga ta’rif bering.

4.Fumigatsiya usulini izohlab bering

5.Ultra kam purkash usulining afzalliklari to‘g‘risida tushuncha bering.

9-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi

BORDO SUYUQLIGINI TAYYORLASH VA UNI SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH

(2 soat)

Bordo suyuqligi deb mis kuporosining suvdagi eritmasi bilan ohakli suvning aralashmasiga aytiladi. Bordo nomi birinchi marta 1882y. Fransiyaning Bordo shahri yaqinidagi uzumzorlarda ishlatilganidan keyin berilgan.

Bordo suyuqligi fungitsid bo‘lib, meva daraxtlari, rezavor mevalar, sitrus o‘simliklar, uzum zangi, kartoshka, pomidor, bodring, qovun, lavlagi, piyoz, beda, xmel, dorivor o‘simliklar va boshqa o‘simliklarning kasalliklariga qarshi kurash olib borishda ishlatiladi.

Bordo suyuqligi ishlatishdan oldin tayyorlanadi. Tayyorlangan suyuqlik suspenziya holida bo‘lib, mis kuporosining asosli qo‘shaloq tuzi bilan gips aralashmasidan tashkil topgan. To‘g‘ri tayyorlangan bordo suyuqligi tiniq, ko‘k-havorangda bo‘lib, neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitida ushlab ko‘rilganda sovunga o‘xshash bo‘ladi.

Mis kuporosi bilan ohakni o‘zaro nisbati 1:1 bo‘lib, bordo suyuqligi tarkibida1 dan 4% gacha mis kuporosi bo‘ladi.

100 ml 1% li Bordo suyuqligini tayyorlash uchun mis kuporosi eritmasi va ohak suyuqligiga bir xil hajmdagi alohida-alohida idishlar olinadi. Bularni tayyorlash uchun 1 g mis kuporosi ozgina issiq suvda eritiladi eritma sopol, yog‘och, shisha va mis idishlarda tayyorlanadi. So‘ngra sovuq suvdan 50 ml gacha qo‘shiladi. Alohida boshqa idishda 1g ohak so‘ndiriladi agar sifatli bo‘lsa 0.75g olinadi. Ohak so‘ndirilgandan so‘ng uning hajmini 50ml ga etkaziladi va arlashtiriladi. Har ikkala suyuqlik tayyor bo‘lgandan so‘ng ohak suyuqligiga mis kuporosini quyib turib faqat teskari emas yog‘och tayoqcha bilan aralashtiriladi. Bordo suyuqligini tayyorlashda yog‘li, qumoq-qumoq, boy qorishmali ohakdan foydalaniladi.

Bordo suyuqligi sifatli bo‘lishi uchun uni tayyorlashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:


  1. Kerak bo‘lgan miqdordagi to‘yingan bordo suyuqligini tayyorlash uchun olinadigan mis kuporosi miqdorini aniq hisoblash kerak.

  2. Tayyor bo‘lgan bordo suyuqligi to‘yinganlik darajasini pasaytirish uchun unga qo‘shimcha ravishda suv qo‘shish mumkin emas, chunki u suspenziyani qatlamlarga ajralishiga sabab bo‘ladi.

  3. Mis kuporosi eritmasini temir bo‘lmagan idishlarda tayyorlash lozim.

  4. Mis kuporosi issiq suvda eritilgan taqdirda eritmani sovishini kutish kerak.

  5. Ohakli suv tayyorlash uchun mis kuporosi olingan miqdorda, yuqori sifatli so‘ndirilmagan ohak olinadi va uni biroz miqdordagi suvda so‘ndiriladi, qaymoq quyuqligidek bo‘lguncha aralashtiriladi.

  6. Hosil bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun avvalo mis kuporosi eritmmasini ohak ustiga asta sekinlik bilan quyib doimiy ravishda aralashtirib turiladi.

Kuchli mis kuporosi eritmasining ohak suti bilan qo‘shish yoki kuchli mis kuporosi eritmasini kuchsiz ohak suti bilan qo‘shish sifatsiz bordo suyuqligi tayyorlanishiga sabab bo‘ladi. Eng muximi shundaki mis kuporosining ishqoriy muhitda o‘zaro ta’sir etilishi reaksiyasi natijasida mis sulfatining asosli qo‘shaloq tuzining dispersiyalangan zarralari hosil bo‘ladi.
4CuSO4+3Ca(OH)2―› CuSO4*3Ca(OH)2+3CaSO4
Hosil bo‘lgan bunday suspenziya barqaror turg‘unlikka ega bo‘lib, o‘simlik yuzasiga yopishib yaxshi ushlanib turadi va yuqori aktivlikka ega bo‘ladi.

Aksincha mis kuporosi eritmasi ustiga ohak suyuqligi quyilganda o‘zaro ta’sir etish reaksiyasi kislotali muhit sharoitida o‘tadi. Bunda mis kuporosining asosli tuzi suspenziyasining yirik 5-10 mikron zarralar hosil bo‘lib tezda cho‘kma hosil qiladi. Bunday suspenziya bilan ishlaganda zarralar o‘simlik yuzasiga bir tekis yopishmaydi va ushlanib qolmaydi. Issiq ohak suyuqligi ustiga mis kuporosi eritmasini qo‘shish ham sifatsiz bordo suyuqligi hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi, chunki u holda ham tez cho‘kma hosil bo‘ladi va tez cho‘kma hosil qiladigan yirik zarralar vujudga keladi.

Bordo suyuqligini tayyorlash vaqtida korroziyaga uchraydigan idishlardan foydalanmaslik kerak. Tayyor bo‘lgan bordo suyuqligi uzoq vaqt ishlatilmasdan turib qolganda kolloid eritmasida zarralar birbiri bilan birikib yirik zarralar hosil qiladi va zarralarning koagulyasiya cho‘kish jarayoni ro‘y beradi. Idish tubida zarralar yig‘indisidan iborat cho‘kma hosil bo‘ladi. Bunday bordo suyuqligini ishlatish yaramaydi.

Tayyor holdagi bordo suyuqligi ustiga qo‘shimcha suv qo‘shish mumkin emas chunki bunday hol suspenziya sifatiga salbiy ta’sir etadi, ya’ni suspenziyada yupqa parda qatlamlari hosil bo‘ladi va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Bordo suyuqligining to‘yimliligini aniqlashda mis kuporosi miqdori aniqlanadi.

Bordo suyuqligining fungitsidlik ta’sirchanligi shundan iboratki havo tarkibidagi karbon IV oksidi ta’siri ostida gidrolizlanishi natijasida o‘simlikda mis kuporosining asosli qo‘shaloq tuzi parchalanadi va oz miqdorda mis kuporosi hosil bo‘ladi.


CuSO4*3Ca(OH)2+H2O+3CO2 ―› CuSO4+3CuSO3+4H2O
Bunday jarayon jadallik bilan tez o‘tganda bordo suyuqligining ta’sirchanligi qisqa vaqt davom etadi, miskuporosining qolgan qismi o‘simlikning zararlanishiga olib keladi.

Mashg‘ulot olib borish shartlari.

Mashg‘ulot to‘liq o‘tilishi uchun quyidagi reaktiv va jixozlar bo‘lishi zarur:


  1. Elektrik tarozi -5 ta

  2. Qadoq toshi bilan birga analitik tarozilar -5 ta

  3. 200 ml hajmli o‘lchov stakanlari -20 dona

  4. 500 ml hajmli o‘lchov kolbalari -10 dona

  5. 20-25 ml hajmli o‘lchov tomizgichlari - 4 dona

  6. O‘lchovli naycha /byuretka/ uchun shtativ mufta va panja to‘plami - 5 ta

  7. 0.02 ml li bo‘linmaga ega bo‘lgan byuretka - 5 dona

  8. Indikator uchun tomizgich - 5 dona

  9. O‘lchov byuksalari - 10 dona

  10. 100 ml li hajmdagi konussimon kolbalar - 20 dona

  11. Universal lakmus qog‘ozlar - 100 varoq

  12. 5*5 sm li pergament qog‘oz - 20 dona

  13. 10*10 filtrlash uchun doka - 10 dona

  14. Steklograflar - 10 dona

  15. predmet oynalar 20 dona

  16. shisha tayoqchalar 20 dona

  17. temir mix 2 dona

Reaktivlar :

  1. Mis kuporosi 200 g.

  2. ohak 100 g

  3. kaliy yodid 50 g

  4. fenolftolein, 1% li spirtli eritma 100 ml.

  5. xlorid kislotaning 1% li eritmasi 1000 ml.

  6. xlorid kislotaning 3% li eritmasi 1000 ml

  7. natriy giposulfitning 0.1% li eritmasi 1000 ml.

  8. kraxmal 100 g

Ish tartibi.

Bitta ish stolida ikki kishi ishlaydi, ulardan biri 1,2,3,4 topshiriqlarni, ikkinchisi esa 1,2,3,4,5 topshiriqlarni bajaradi. Har bir talaba alohida berilgan kuzatish natijalarini bir biri bilan solishtiradi va xulosasi ma’lum qilinadi.

1-topshiriq. So‘ndirilmagan ohak tarkibidagi kalsiy oksidining aktiv holatdagi miqdorini aniqlash, neytrallashtirish usuli bilan olib boriladi. Buning uchun 10 g so‘ndirilmagan ohak olinib, suv bilan yaxshilab so‘ndiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma 500 ml. hajmli kolbaga solinib belgisiga qadar suv quyiladi, yaxshilab aralashtirilgandan so‘ng titrlash uchun 25 ml. olinadi.

Bir tomchi fenolftalein ishtirokida xlorid kislota eritmasining azot eritmasi bilan pushti rangi yo‘qolguncha titrlanadi, so‘ngra uch minutgacha pushti rangga qaytmasligini nazorat qilib turadi.

CaOni foiz miqdorini aniqlashda ushbu formuladan foydalaniladi

Bu erda : A-titrlash uchun olingan eritma miqdori ; ml.

S-so‘ndirilgan ohak; g

Birinchi topshiriqqa eslatma:

Olingan ma’lumotga asosan ohakning sifati va undan bordo suyuqligi tayyorlash uchun mis kuporosining optimal nisbatini olish mumkinligiga ishonch hosil qilinadi.
2-topshiriq. Bordo suyuqligini tayyorlashning to‘g‘ri usullari:

Birinchi galda texnik tarozida so‘ndirilmagan ohakdan bir gramm tortib olinadi va uni 100-150 ml hajmli stakanga solib ozgina miqdordagi /3-4 ml/suv bilan so‘ndiriladi, so‘ngra 50 ml hajmga etguncha suv quyiladi. Bir gramm mis kuporosi alohida qilib tortib olinadi va uni 50 ml suvda eritib olinadi. Hosil bo‘lgan eritmani juda astalik bilan ohak suyuqligi ustiga quyiladi, quyish vaqtida aralashtirib turiladi. Hosil bo‘lgan suspenziya reaksiyasini lakmus qog‘ozi yoki qum qog‘ozi bilan tozalangan temir mixni botirish bilan aniqlanadi. Lakmus qog‘ozi qizara boshlasa, mix atrofida mis dog‘lari paydo bo‘lsa, bunday holda ohak suyuqligi qo‘shish kerak

3-topshiriq. Bordo suyuqligini tayyorlashning noto‘g‘ri yo‘llari:

Texnik tarozida bir gramm so‘ndirilmagan ohak tortib olinadi va uni 100-150 ml hajmli stakanga solib 3-5 ml miqdorda suv qo‘shiladi, so‘ng so‘ndiriladi. Qaymoq quyuqligida bo‘lguncha aralashtirilib turiladi. Ustiga 50 ml ga etgunga qadar suv quyiladi. Hammasi aralashtiriladi.

2 va 3 –topshiriqlarga eslatma:


  1. Hosil bo‘lgan bordo suyuqligida cho‘kindi zarralarini katta kichikligi farqini solishtiring va cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating.

  2. Stakandagi suyuqliklarni barobar chayqatish yo‘li bilan bordo suyuqligini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tayyyorlanganligini belgilang va shu vaqt ichida zarralarni cho‘kma hosil qilishini kuzating.

4-topshiriq. Tayyor bo‘lgan bordo suyuqligi tarkibidagi mis kuporosi miqdorini aniqlang.

Stakanda olingan bordo suyuqligini yaxshilab chayqating va undan dori tomizgich yordamida 20 ml suspenziya olib, uni 200 ml hajmdagi konussimon kolbaga soling. So‘ngra 20 ml 3% li xlorid kislota qo‘shing, bordo suyuqligi to‘liq erigandan so‘ng 2g kristallangan kaliy yodi qo‘shing, eritmani yaxshilab chayqating, ustini oyna bilan berkitib, qorong‘i joyda 5 min tinch turgan holda saqlang. Ajralib chiqqan yodni 0.01% li giposulfit eritmasi bilan titrlang. Titrlash tugashidan oldin unga kraxmal indikatori qo‘shiladi va ko‘k rang hosil bo‘lib tiklangunicha titrlash davom ettiriladi.



CuSO4*3Cu(OH)2+8HClh4CuCl2+H2SO4+6H2O

KJ+HClhHJ+KCl

4CuCl2+8HJh2Cu2J2+8HCl+2J2

J2+2Na2S2O3hZnNaJ+Na2S4O6

Reaksiya vaqtida hosil bo‘lgan vodorod yodidi ikki valentli misni bir valentli holatga o‘tkazadi. Bunda tegishli miqdordagi mis erkin yodni ajratib chiqaradi.

Erkin yod miqdori titrlash vaqtida tushgan giposulfit miqdoriga qarab aniqlanadi.

To‘g‘ri X1 va to‘g‘ri tayyorlangan bordo suyuqligi namunasini tekshirish vaqtida misni foiz miqdorini quyidagi formula bilan aniqlanadi


Bu erda: A-titrlash vaqtida tushgan giposulfit miqdori,ml

B-aniqlash vaqtida olingan bordo suyuqligi namunasi, ml

0.0006357-misning tegishli miqdordagi 1ml 0.01 giposulfat eritmasining doimiy soni.

5-topshiriq. Bordo suyuqligini shisha oyna yuzasiga yopishuvchanligini aniqlash:

SHisha plastinka olib uning yuzasi filtr qog‘oz yoki doka bilan yaxshilab artiladi va sharikli ruchka yoki steklograf bilan oyna uzunligining 1/3 qismi tomoniga chiziq tortiladi. CHizilgan plastinka tomoni yuzasi o‘lchanadi, uni byuksga tushirib analitik tarozida to‘rtinchi belgigacha aniq tortiladi. Olingan bordo suyuqligi namunasi yaxshilab chayqatiladi va plastinka belgisigacha suyuqlikka botiriladi. 2 min o‘tgandan so‘ng plastinka olinib uning chetki qirralaridagi ishchi suyuqlik tomchilari doka bilan artiladi va uni oldingi byuksga tushirib, qaytadan analitik tarozida tortiladi.

Suyuqlikka tushirmasdan oldingi va tushirilgandan keyingi og‘irlik farqi ishchi eritmani plastinka yuzasiga yopishgan miqdorini ko‘rsatadi. Olingan miqdorni plastinka yuzasi o‘lchamiga bo‘lish bilan 1 sm 2 yuzasida yopishib qolgan bordo suyuqligining miqdori aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar 3.1.-jadvalga yozib to‘ldiriladi.
3.1.-jadval.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish