2-rasm. Pestitsidlar bilan ishlanadigan joylarda rasmli plakatlarni osib qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Pestitsidlarni saqlash, yuklash, jo‘natish va tushirish vaqtidagi xavfsizlik qoidalari. Pestitsidlar asosan “O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi”ning omborxonalarida loyiha asosida qurilgan, sanitariya va gigiena talablariga, texnika xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradigan omborxonalarda saqlanadi. Fermer xo‘jaliklari omborxonalarida pestitsidlarni saqlashda xonalar sanitariya va gigiena xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyingina, ko‘rsatma asosida ruxsat beriladi.
Pestitsidlarni saqlab qo‘yish uchun ajratilgan xonalar keng, yorug‘, taxlab qo‘yiladigan so‘ri va tokchalar bilan jixozlangan, shuningdek, tabiiy yoki sun’iy havoni yangilash qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Xona ikki bo‘limga ajratilgan bo‘lib, birinchisiga pestitsidlarni saqlash va ularni jo‘natish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi, ikkinchisida esa shaxsiy himoya qiluvchi vositalar, sovun, suv, sochiq, dori qutichalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Pestitsidlar bilan birga mineral o‘g‘itlar, oziq-ovqatlar, em hashak va boshqalarni saqlash man etiladi.
Pestitsidlarni klassifikatsiyasi, ta’sir etuvchanligi, o‘t olishi, va portlab ketishi xavfi kabi hossalarini hisobga olgan holda omborxonalarga alohida-alohida, tartib bilan joylashtirish lozim.
Magniy xlorat boshqa oson o‘t oluvchi pestitsidlardan alohida saqlanadi. Ayrim hollarda magniy xloratni boshqa o‘t olmaydigan mis kuporosi, mis xloroksidi, preparatlari bilan birga saqlash mumkin.Pestitsidlar texnik normativ rasmiy xujjatlar asosida, maxsus idishlarda olib kelinishi va har bir maxsus idishda quyidagi belgilar: tayyorlovchi korxonaning nomi va tovar belgisi, preparatning nomi va uning ta’sir etuvchi moddasi, % bilan, pestitsid guruxi, havfli belgilari, sof og‘irligi, guruh nomeri, tayyorlangan vaqti, miqdori, texnikaviy rasmiy xujjat belgilari, o‘t oluvchanligi va portlovchanligi xususiyatlari bo‘lgan preparatlarga o‘t oluvchan yoki portlovchan yozuvlari bo‘lishi kerak. Bundan tashqari pestitsidlarning har qaysi guruhi alohida rangli hoshiyalar bilan belgilanishi lozim, masalan: gerbitsidlar qizil, defoliantlar oq, insektoakaratsidlar va nematotsidlar qora, fungitsidlar yashil, urug‘larni dorilashda ishlatiladiganlari ko‘k, zootsidlar sariq rangda.SHuningdek, omborxona mudiri zimmasiga pestitsidlarni qabul qilish, jo‘natish, ularni ro‘yxatga olib, hisobot berish, pestitsidlar saqlanadigan idishlarni butunligi va yaroqli ekanligini kuzatib turish, namunalar tekshirilishi uchun jo‘natib turish va omborxona tozaligini ta’minlab turish vazifalari yuklanadi. Har yili yil oxirida omborxona mudiri hisobot qilish komissiyasi raisining imzosi bilan agranom, buxgalter ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazib, pestitsidlarni ro‘yxatga olib hisob kitob qilinadi.Pestitsidlar “O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi” bazasi omborxonalaridan, tumanning “O‘simliklarni himoya qilish” otryadi tomonidan berilgan tarqatish xujjati asosida jo‘natiladi yoki tarqatiladi.Pestitsidlarni omborxonalardan faqatgina fermer xo‘jaligi raisi yoki o‘simliklarni himoya qilish otryadining boshlig‘ining yozma farmoyishi asosida, o‘simliklarni himoya qilishda ish olib borish uchun javobgar shaxslarga bir kunlik sarf qilinadigan miqdordagina olib chiqishga ruxsat beriladi. Ishlatishdan ortib qolgan pestitsidlar yana qaytadan omborga dalolatnoma tuzib, topshiriladi. Ishga yaroqliligi o‘tib qolgan pestitsidlarni faqat nazorat toksikologik laboratoriyasining xulosasiga asoslanib ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |