3-rasm.Pestitsidlar maxsus stellajlarda qulflanib saqlanishi.
Shaxsiy himoya qilish vositalari. Pestitsidlarni fizik kimyoviy va ta’sirchanlik xususiyatlari, shuningdek, ularning shakli /suyuq kukun, qattiq va boshqalar/, mehnat sharoiti, pestitsid bilan ish olib boradigan kishilarning bo‘yi, o‘lchovini hisobga olgan holda shaxsiy himoya qilish vositalari tanlab olinishi kerak. Pestitsidlar bilan ish olib borishda shaxsiy himoya qilish vositalarini to‘g‘ri tanlash javobgar shaxslarga yuklanadi. SHaxsiy himoya qilish vositalari maxsus ajratilgan toza, quruq xonalarda yoki alohida shkaflarda saqlanishi lozim. SHaxsiy himoya qilish vositalarini pestitsidlar saqlanadigan xonalarda birga saqlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |