O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 7,16 Mb.
bet18/76
Sana02.07.2022
Hajmi7,16 Mb.
#729975
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Prof. V.V.Reshetov tasnifi. U o‘zbek shevalarining tarixiy-lingvistik xususiyatlarni va ayrim dialektlarga qo‘shni tillar (tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman) munosabatini hisobga olgan holda o‘zbek shevalarining tasnifini amalga oshirgan1 klassifikatsiya sxemasini tuzdi.
O‘zbek xalqi tarkibida tarixiy-lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan, farqlanadigan uch dialekt birligi bor:
1. Qipchoq.
2. O‘g‘uz.
3. Qarluq-chigil-uyg‘ur.
Demak, o‘zbek tili uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan:
1. Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi qardosh uyg‘ur tiliga yaqin bo‘lib, tojik tili bilan yaqin etno-lingvistik munosabatda bo‘ladi.
2. Qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqalpoq tillari bilan yaqin.
3. O‘g‘uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqin.
Prof.V.V.Reshetov asosan turk tillari tasnifi uchun ham asos bo‘lgan ikki lahjani (qipchoq va o‘g‘uz lahjasini) oladi va uchinchi lahja qilib, o‘zbek xalqining shakllanish tarixida muhim rol o‘ynagan qorluq, chigil va uyg‘ur qabilalarining birligini ko‘rsatadi: qorluq-chigil-uyg‘ur dialekti. Ularni lahja atamasi bilan ataydi:
1. Qipchoq lahjasi.
2. O‘g‘uz lahjasi.
3. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi.
O‘zbek tilining qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi
Bu lahja shahar shevalarini, shahar tipidagi qishloq shevalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur guruh (Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona va qator aholi punktlari) bir dialekt kompleksi tashkil qiladi. Buni shu shevalarning qator spesifik xususiyatlari birligi ko‘rsatadi:
1.Ba’zi bir undoshlarning almashinishi: ch/t ning almashinib kelishi: Toshk.: tishla ch(’) mle / uyg‘. ch (e)shle; Toshk.: tusht’ // chusht, uyg‘.:chusht’.
2. O‘zak va affikslarda so‘z oxiridagi k-q // g-g‘ undoshlarining saqlanishi:
Uyg‘.: tər’// tər’q, sər’g‘, urug‘, ot’k.
So‘z oxiridagi undoshning tushishi:
Toshk.: qatt’g‘, təru: taro// tərə:, ortə:, q’shl כ:l//q’shl כ:l’
3. Turli holatda ham q/x undoshlarining almashinishi:
uyg‘.: Toshk., Namangan.: toqta // toxta, toqsan // toxsan, baqtuk // baxtuk.
4. l / n undoshlarining almashinishi:
koynek//koylək//kolək//konglək.
Toshk.: koynək//koylək//koynəy.
5. To‘liq progressiv assimilyatsiya:
Toshkent: tuzz’ < tuzn’ // tuzn’ng
כshsh’ < כshn’ // כshnng
tem’rr’ < tem’rn’ // tem’rn’ng
Namang.: qushsh’ < qushn’ // qushn’ng
6. Uyg‘ur tilining fonetik xususiyatlaridan biri: "umlaut" bo‘lib, birinchi bo‘g‘inda kelgan quyi ko‘tarilish a / ə unlilarining ikkinchi bo‘g‘in-da kelgan yuqori ko‘tarilish unlisi ta’sirida e ga o‘tishidir: at > ət’. Bu hodisa Namangan shevasida uchrasa-da, Toshkent, Marg‘ilon shevalarida uchramaydi.
7. Namangan shevasi va uyg‘ur tilidagi tovushlarning tushishi va tor unlilarning qisqaligi kabi xususiyatlar Toshkent shevasida ham mavjud.
Toshk.: Namang.: ədəmla keld’lə, b’zə > bzə, s’nə > slə.
8. Toshkent, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon shevalarining hammasida turlovchi qo‘shimchalardan -n’ affiksi ham qaratqish, ham tushum kelishigi ma’nolarini ifoda etadi: כtt’, sett’; כtt’ b כsh’. (ning>ni).
9. Bu shevalar gruppasi hozirgi zamon davom fe’lini ifodalovchi ikki morfologik belgiga ega:
1) -vat va uning fonetik variantlari: -vat ,-ut; Toshkent va unga yaqin qishloqlar shevasi (Parkent) -vכt... Toshk.:-vכt, uychi - vət; Namangan -ut.
2) -yep formulasi Farg‘ona vodiysidagi shahar va shu kabi shaharlarga yaqin qishloq shevalariga xos.
q’lyəpmən> q’lyəppən; bכryəpmən>bכryəppən.
Farg‘ona paradigmasiga (shevadagi hozirgi zamon davom fe’lini ko‘rinishi) Samarqand va unga yaqin shahar va qishloqlar shevasi ham kiradi.
Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiruvchi dialekt va shevalarni spesifik xususiyatlarini saqlash-saqlamaslik nuqtai nazardan bir necha gruppaga va dialektga bo‘lishi mumkin. Bu lahja o‘z ichida to‘rt guruhga bo‘linadi: 1.Farg‘ona guruh shevalari. 2.Toshkent guruh shevalari. 3.Qarshi guruh shevalari. 4.Shimoliy o‘zbek shevalari guruhi.
I. Farg‘ona guruh shevalari.
1. Namangan dialekti. Unga Namangan shahar va Namangan viloyati shevasi kiradi.
2. Andijon-Shahrixon dialekti. Unga Andijon shahri, Shahrixon, Andijon viloyatidagi shevalar kiradi.
3. O‘sh-O‘zgan dialekti. Unga O‘sh, O‘zgan, Jalolobod shevalari kiradi.
4. Marg‘ilon-Qo‘qon dialekti. Unga Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari, Vodil, Qo‘qon shevalari kiradi.
II. Toshkent guruh shevalari. Ushbu guruh ikki dialektgan bo‘lingan:
1. Toshkent dialekti. Unga Toshkent shahar va viloyati shevalari kiradi. J-lovchi qipchoqlar kirmaydi.
2. Jizzax dialekti. Unga Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryodagi Po‘lati kabi shevalar kiradi. J-lovchi shevalar kirmaydi.
III. Qarshi guruh shevalari ikkita dialektga ajratilgan:
1. Qarshi dialekti. Unga Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ nohiya shevalari kiradi. J-lovchi shevalardan tashqari.
2. Samarqand-Buxoro dialekti. Unga Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Farg‘ona vodiysidagi Chust, Qashqadaryo vodiysidagi Koson shevalari unga kiradi. Bu shevalar tojik elementlarining turli darajada borligi bilan harakterlanadi.
IV. Shimoliy o‘zbek shevalari guruhi. U ikkita dialektga bo‘lingan:
1. Iqon-Qorabuloq dialekti. Unga Iqon, Qorabuloq, Mankent, Qoramurt kabi shevalar kiradi. Unga o‘g‘iz va qipchoq shevalari elementlari borligi bilan harakterlidir.
2. Turkiston-Chimkent dialekti. Unga Turkiston, Chimkent, Sayram shevalari kiradi. O‘g‘uz elementlarning kamayishi, qipchoq, qozoq elementlarining ko‘payishi bu dialektdagi shevalarga oiddir.

Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish