1-mavzu:Matnshunoslik fanining predmeti va vazifasi
1.O‘zbek matnshunosligi tarixi va uning o‘ziga xos jihatlari.
XX asr asr boshlarida Turkistonda ham matnni tanqidiy o‘rganishga munosabat shakillana boshladi.Turli matbaa yoki kututubxonalarning tashkil etilishi muayyan ma’noda matnshunoslik tarixini yangicha yo‘nalishda o‘rganishga sabab bo‘ldi. 1920 – yil martida Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) ta’sir etish haqida qaror abul qilinadi .Bu Orta Osiyodagi ik kitob nashryoti bo‘lib,unga o‘lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish,qog‘oz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat qilib ,rahbarlik qilish vazifalari yuklanadi.
O‘tgan asrning 20 – yillarida ilmiylik bosh mezon bo‘lgan o‘zbek adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakillana boshladi.Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassik adabiyotimiz hayoti , ijodigs bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish , ommalashtirishga ham jiddiy kirishdilar.
Olib borilgan amaliy ishlar bevosita matnshunoslikning ilmiy shakillaninshiga olib keldi.
2.Jahon matnshunosligi tajribalari. P.Shamsiyev,H.Sulaymon, I.Sulton ilmiy tadqiqotlarida matnshunoslikka oid qarashlar.
Porso Shamsiyev (1897.10.2,Buxoro-1972.21.3,Toshkent) -navoiyshunos va matnshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1970),O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972).
“Adabiyot ish kitobi”,“Adabiyot darsligi”, “O‘zbek tili darsligi”, “O‘qish kitobi”(1 va 2 - kitoblar) muallifi.Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlarining ilmiy-tanqidiy matnini nashirga tayyorlagan hamda shoir asrlarining 15 jildligini nashr etishda faol qatnashgan. “Xamsa”ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib,mazkur matn yuzasida amalga oshirilgan tekstologik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya etgan. Olim, bundan tashqari, Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan, Boburning “Boburnoma”(S.Mirzayev bilan hamkorlikda) asarning ilmiy nashrini yaratgan, 5 kitobdan iborat “O‘zbek adabiyoti” majmuasini tuzish,tahlil qilish va izoxlar yozishda ishtirok etgan. U Britanya muzeyida saqlanayotgan va Abdujamilga nisbat berrilgan “Tuhfat ul-salotin” asari mikrofilmini o‘rganib, uning Navoiy g‘azallaridan olingan va Abdujamil xattot tomonida ko‘chirilgan Shohbaytlar ekanini va mavzu bo‘yicha 45 fasilga bo‘linganini aniqlagan.
P.Shamsiyev G‘.G‘ulomning 2 jildli “Tanlangan asarlar”ini va 4 jildli “Adabiy tanqidiy maqolalar”ini ham nashrga tayyorlgan. Bundan tashqari, S.Ibrohimov bilan hamkorlikda “O‘zbek klassik adabiyoti lug‘ati”(1953) va “Navoiy asarlarining lug‘ati” (1972) ni tuzgan.
3.Rus matnshunoslaridan D.S.Lixachev,B.V.Tomashevskiyning ilmiy qarashlari.
Dmitriy Sergeyevich Lixachev (1906.15.11.Petrburg-2001, Sankt Petrburg)- rus adabiyotshunosi,jamoat arbobi, akademik(1970) .
Lixachev X – VII asrlar rus adabiyotshunosligining muhum nazariy masalalari bilan shug‘ullanib kelgan (“Igor jangnomasi”(1950), “Qadimgi rus adabiyotida inson”(1958), “Andrey Rublev va Yepifaniy Premudriy davridagi rus madaniyati”(1962) va boshqalar) .
Lixachevning qadimgi rus adabiyotining paydo bo‘lishi, unda inson xarakterining tasvirlanishi, adabiy yo‘nalishlar, janr va uslub tizimlarining tashkil topishi haqidagi asarlaida adabiyot, xalq ijodi va tasviriy san’at uzviy aloqada o‘rganiladi: “Qadimgi rus adabiyoti poetikasi”(1979), “Rus tabiyati haqida qaydlar”(1981), “O‘tmish - kelajakka”(1985), “Matnshunoslik” asarida matnshunoslik mustaqil fan ekanligini isbotlab beradi.
Lixachevning mazkur monografiyasi va boshqa tadqiqotlari o‘zbek matnshunoslik fanining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan
B.V.Tomashevskiy
Matnshunoslik – maxsus fan emas, ilmiy vosita.
Do'stlaringiz bilan baham: |