Buyuk so’z san’atkori bo’lmish Alisher Navoiy asarlarini tadqiq qilish va ularni nashr ettirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bu bilan bir qatorda shoirning “Hayrat ul abror” dostoni ham qo`lyozma va toshbosma manbalar asosida bir necha bor nashr ettirildi. Maqolada Alisher Navoiy “Hayratul abror” dostonining an’anaviy kirish boblari nashrlararo, ya’ni XV tomlik asarlar to`plamining 6-tomi, XX tomlik Mukammal asarlar to`plamining 7-tomi, X jildlik To`la asarlar to`plamining 6-jildlarini matnshunos olim P.Shamsiyev tomonidan tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn bilan o’zaro solishtirilgan va nashriy tafovutlari aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |