Boshoqlanish ( ro‘vaklanish) - O‘simlik poyasi o‘sishi, bo‘g‘im oraliqlarini uzayishi natijasida ko‘zga ko‘rinmagan gulto‘plam xam o‘z qismlarini shakllantirib poya bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilib boradi va oxirgi barg qinidan tashqariga chiqadi. Shu davrda boshoqli, donli o‘simliklarda boshoqlanish, ro‘vakli donli o‘simliklarda ro‘vaklanish davri deyiladi.
Gullash-Ko‘pchilik donli o‘simliklarda boshoq yoki ro‘vak paydo bo‘lgandan keyin tez orada gullash boshlanadi.Boshoq hosil bo‘lgandan so‘ng 2-3 kun o‘tgach gullash boshlanadi. Javdarda esa boshoqlangandan 10-12 kun o‘tgach gullash boshlanadi. Arpa esa boshoqlash boshlanishidan oldin ya’ni boshoq barg qinining ichida turgan vaqtda gullaydi. Gullash bo‘yicha donli o‘simliklar ikki guruxga : o‘z-o‘zidan changlanuvchi va chetdan changlanuvchi o‘simliklarga bo‘linadi. O‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarga bugdoy, arpa, tariq, sholi va chetdan changlanuvchilarga javdar, makkajo‘xori va jo‘xori kiradi.
O‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning gullash vaqtida gul qobiqlari yopiq xolda bo‘ladi va chetdan chang unga tushmaydi. Ba’zan xavo quruq kelganda (bugdoy) gul qobiqlari qurib ochilib qolishi mumkin, shundagina chetdan changlanib qoladi.
Boshoqli donli o‘simliklarda gullash boshoqning o‘rta qismida joylashgan boshoqchalardan boshlanib, so‘ngra boshoqning uchi va ostki tomonida joylashgan boshoqchalar gullaydi. Shuning uchun boshoqni o‘rta qismida joylashgan urug‘lar yirik va yuqori sifatli bo‘ladi. Ro‘vakli gulto‘plamda gullash, ro‘vakning eng ustki qismidagi boshoqchalardan boshlanib ostki tomoniga davom etadi. Bitta gulto‘plamning gullashi uchun uning katta kichikligiga qarab 3-4 kun ba’zan 6-7 kun ketadi. Shu sababli gulto‘plamning uchida joylashgan urug‘lar ostki qismida joylashgan urug‘larga nisbatan yirik va sifatli bo‘ladi.
Pishish davrlari - Amalda donning pishish muddati uch davrga bo‘linadi.
1. Sut pishish davri, boshoqlar gullagandan 8-10 kun keyin boshlanadi. Bu davrda o‘simlik yashil bo‘lib faqat uning ostki qismidagi organic sarg‘ayadi.Don shakllangan yashil rangda bo‘lib u ezilganda sutsimon suyuqlik ajralib chiqadi. Donning namligi 50-51 % bo‘ladi va orrganic moddalar tuplanishi davom etadi.
2. Mum pishish davrida donli ekinlarning poyalari butunlay sarg‘ayadi. Bu davrda namligi 25% ni tashkil qiladi. Dondagi oziq moddalar to‘la to‘plangan bo‘ladi. Mo‘m pishishi davrining o‘tish muddati 10-12 kunga to‘g‘ri keladi. Bu davrda donni tirnoq bilan kesish mumkin.
3. To‘la pishish davrida o‘simlik tupining xamma qismlari sarg‘ayadi, doni qotadi, xajmi bir oz kichiklashadi, namligi 14-18 % (lalmi erlarda esa 8-10 %) gacha kamayadi, bu davr 8-10 kun davom etadi. Shu davrda boshoqli donli o‘simliklarning doni qurib to‘kila boshlaydi. Shuning uchun bu davrning boshlarida boshoqli don ekinlarining hosili yig‘ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |