O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


INSTRUMENTAL VA VOKAL IJODDA MONOLOG



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

INSTRUMENTAL VA VOKAL IJODDA MONOLOG 
Tayanch so‘zlar: 
Monolog, rechitatsiya , monoopera , sonoristika, aleotorika, 
allyuziya. 
70-80-yillarning ijodida romantik mavzularni monologik shaklda bayon etilishi 
ko‘p uchraydi. Romantizmga xos bo‘lgan monolog tarzida fikrni bayon etish XX asr 
kompozitorlari ijodida biroz o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘lgan. 
Romantizmning asoschilari tomonidan mazkur shaklda qahramonning taqdiri, 
uning hayoti bayon etilgan bo‘lsa, XX asr ijodkorlari monologga inson ongining 
o‘zgarishlari, tashqi dunyo ta’sirida shakllanadigan fikrlar mujassamligida tahlil 
etishga harakat qilishadi. Monolog o‘tmish va zamonaviylik, xalq taqdiri, bugungi 
kun muammolari va kelajakka umid bilan qarayotgan inson dunyoqarashini uzviy 
birlikda bera oladi. 
Musiqada monolog imkoniyatlari yanada bo‘rttirilgan holda namoyon bo‘ladi. 
Ayniqsa, monooperada musiqiy monolog ham asosiy qahramonlarni, ham opera 
harakatini o‘zida mujassamlaydi. 


103 
Y. Butskoning “Ruhiy kasalning estaliklari” monooperasi.
 
Y. Butskoning 
mazkur operasi monoopera janrining ilk ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, N. Gogolning 
shu nomli asariga asoslangan. Chuqur psixologizm, ruhiy kechinmalar bilan birga, 
tashqi harakatning sezilmasligi N. Gogolning asarida yetakchilik qiladi. Mazkur 
yondashuv musiqada monolog shaklida bayon etiladi. Adabiy asarda bo‘lgani kabi, 
ruhiy kasallik tashqi niqob bo‘lib, baxtsiz odamning ichki kechinmalarini, dunyo 
tashvishlaridan - qashshoqlikdan aziyat chekayotgan shaxsning azoblarini aks 
ettiradi. Xuddi shu tashqi niqob barcha davrlarga xos bo‘lgan laganbardorlik, 
manmanlik, ikkiyuzlamachilik kabi inson kamchiliklarini ham fosh etishga xizmat 
qiladi. Y. Butsko o‘zining asosiy fojeaviy qahramoni bo‘lmish Aksentiy Ivanovich 
Poprishin monologi orqali davr qahramonlari galereyasini va muhitini yaratadi. 
Monooperada monolog asosiy qahramonning tasavvuridagina bo‘lgan “ qahramonlar 
teatrini” ko‘rsatib beradi. Mazkur teatrni “namoyish” etishda kompozitor monologga 
turli janrlardan parchalar kiritadi. Vals, skertso, vodevil naqoratlari kino san’atiga xos 
bo‘lgan montaj dramaturgiyasi vositasida bir-biri bilan o‘rin almashadi. Turli-tuman 
qahramonlarning bir monolog ichida taqqoslanishi, dramaturgiya rivojlanishida yangi 
ma’no kasb etadi. Dramatik sahnalarda ruhiy kasallikning kuchayishi fojeaviy 
xulosaga olib keladi. 
Mazkur sahnalar stilistik taqqoslanish orqali bayon etiladi. Masalan, operaning 
finalida ruhiy kasalliklar kasalxonasida yotgan asosiy qahramon, o‘zini Ispaniyada 
etib his etadi. Real hayot bilan alahlanishning farqini turli uslublarda ijro etiladigan 
monolog tasvirlaydi. Ruhiy kasallikka chalingan nochor insonning iztiroblari 
sonoristik, aleatorik va Motsart Rekviyemiga qurilgan allyuziya vositasida bayon 
etiladi. Asarning fojeasi polistilistik yo‘nalish orqali yanada bo‘rttirib ko‘rsatiladi. 
Asosiy qahramoni taqdiriga, uning fojeasiga nisbatan tomoshabinda rahmdillik 
uyg‘onadi. Monologning oxirgi qismida fojea elchisi bo‘lib alla intonatsiyalarining 
jom tovushlari bilan birgalikda ijro etilishi xizmat qiladi. Mazkur timsol asosiy 
qahramonning halokatini tasvirlaydi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish