115
Yuqoridan pastga tushuvchi sekunda intervaliga qurilgan mavzu, birinchi
berilishidanoq murakkab kechinmalar,
ichki drama, dil iztirobi obrazini
gavdalantiradi. Natijada butun kvintetning janri rekviyem sifatida belgilanadi.
Rivojlanish jarayonida mavzuning fojeaviy asosi yanada bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Sof
instrumental ijroda torli sozlarning mikrointerval harakatlari, trellar yaratuvchi
fakturaning vibratsiyalari orqali nido tovushlari yuzaga keladi.
Asarning asosiy mavzuini tashkil etgan fojeaviy ko‘rinishlarning yana biri –
ritmik xarakatning tekis va bir xillik bilan ijro etish natijasida yuzaga kelgan
ostinatodir. Mazkur obraz bir tomondan inson yuragi urishini eslatsa,
boshqa
tomondan vaqt o‘tishining ramziy belgisi sifatida bayon etiladi.
Kvintetning voqe’ligi monologik bayonda beriladi. Bunda ramziy belgilarning
roli benihoya oshadi. A. Shnitke o‘z asari uchun semantik nuqtai-nazardan yorqin
timsollarni tanlab oladi. BACH va Dies irae timsol sifatida asarning ikkinchi qismida
bayon etiladi. Kompozitor uchun ayniqsa BACH monogrammasining ahamiyati
kattadir. Asar davomida mazkur monogramma bir necha ma’noni anglatadi. Bir
tomondan BACH monogrammasi A.Shnitkening daho kompozitorga nisbatan
hurmatini anglatsa, ikkinchi tomondan ruhiy ko‘tarinkilik, tozalik,
abadiylik
ma’nosini ham bildiradi.
O‘zida chuqur fojeaviy ma’noni qamrab olgan bu ikki mavzuni kompozitor vals
ritmida namoyish etadi. Bu albatta tasodif emas. Zero, raqs ritmlari fojeaga yanada
dahshatli tus berib, uni yangi pog‘onaga ko‘taradi, M. Musorgskiyning “O‘lim
qo‘shiq va raqslari”ni, D. Shostakovichning fashizm va urush qurbonlariga
bag‘ishlangan Sakkizinchi kvartetidagi O‘lim valsini eslatadi. Kvintet davomida
fojeaviylik kuchaya boradi.
Asosiy mavzularni transformatsiyalashtirish,
garmonik va dinamik sindirish,
kanon shaklida qaytarilish kabi uslublarning vositasida asarning Uchinchi qismida
fojea o‘zining eng yuqori pallasiga ko‘tariladi.
To‘rtinchi qism esa boshi berk ko‘chadan chiqish, tozalanish, haqiqat izlash kabi
mavzularni bayon etadi.
116
Asarning asosiy maqsadi Beshinchi qismning finalida namoyish etiladi.
Betxovenning Pastoral simfoniyasining final mavzusi allyuziyasiga qurilgan ostinato
yorqin obrazliligi, tozaligi, ko‘tarinki ruhga ega bo‘lib dunyo tashvishlaridan
ustunligi bilan ajralib turadi. Bu obraz final qismida yetakchilik qiladi. Qolgan
mavzular kontrapunkt shaklida unga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Hayotning fojeaviy
lavhalari, ziddiyatlar asosiy obrazning sokinligida mayda va o‘tkinchi bo‘lib
ko‘rinadi. Kvintet ijrosida, mayin va sekin tovushlarning ustivorligida, ichki
kechinmalarga urg‘u berilishida xonakilik, shaxsiy yondashuv ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: