O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


V. Gavrilinning “Jomlar tovushi”xorlari



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

V. Gavrilinning “Jomlar tovushi”xorlari.
 
V. Gavrilinning “Jomlar tovushi” 
xorlarining janrini aniqlaydigan bo‘lsak, u nihoyatda o‘ziga xos bo‘lib, 70-80-yillar 
asarlarida ko‘p uchraydi. Boshqacha qilib aytganda, bu xalq she’riyati bilan 
yo‘g‘rilgan simfonik asardir. Xalq she’riyatiga xos bo‘lgan allegoriyalar, timsollar
o‘xshatishlar xor simfoniyasining asosini tashkil etadi. 


131 
Simfoniyaning mavzusi metamorfik shaklda, fojeaviy kesimda inson hayotini 
bayon etishdir. Asosiy qahramon o‘limidan oldin butun hayotini ko‘zdan kechiradi.
Qahramonning ichki dunyosi bilan tashqi dunyosini tasvirlaydigan sahnalar bir-biriga 
qarama-qarshi qo‘yiladi. Kompozitor rus musiqasining qadimiy qatlamlariga 
murojaat etib, ko‘p ovozli ijroning turli shakllaridan foydalanadi. Asarda qadimiy 
musiqiy uslublar – inson hayotining ulug‘vorligi, tabiatning go‘zalligi, Vatanga 
bo‘lgan muhabbatning abadiyligi kabi fikrlarni tasvirlashda qo‘llaniladi. Zero, asar 
zamonaviy bo‘lib, xalqning bugungi taqdiriga bag‘ishlanadi. “Jomlar tovushi” 
xorlarining 70-80-yillarda adabiyotda keng quloch yozgan neofolklor yo‘nalishi bilan 
kesishuvi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
70-80-yillarda V. Shukshin, F. Abramov, V. Belov, V. Astafyev kabi 
yozuvchilar “qishloq hayoti kuychilari” deb nom olishgan edi. Bugungi kunda 
ularning ijodi davrning realistik adabiyoti deb qabul qilinadi. Aynan shu yo‘nalishda 
yaratilgan “Jomlar tovushi” xorlariga nisbatan munosabat ham bir necha bor 
o‘zgargan. Asarda mavjud bo‘lgan syuita janriga moyillik tufayli, 70-80-yillarda 
uning alohida olingan qismlarigina ko‘rsatilar edi. Bugungi kunda asar tiklanib, 
yaxlitligicha ijro etilmoqda. 
70-80-yillar ijodida xor asarlarini xor-teatr ko‘rinishida, ya’ni yorqin obrazlar 
orqali ijro etish ko‘zga tashlanadi. Ana shunday xorlar qatorida M. Yermolayevning 
“Qishloq xorlari” (1971-1974), V. Ryabovning “Bosbonlarga yig‘ilar” kabi asarlarni 
aytib o‘tishimiz mumkin. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish