O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

K. Volkovning “So‘z” kantatasi
(1985).
K. Volkovning “So‘z” kantatasi 
dasturli bo‘lib, adabiy asosga ega. Rus musiqasida eng ko‘p murojaat etilgan adabiy 
asarlardan biri – “Igor polki haqidagi so‘z” matnidan K. Volkovning kantatasida ham 
foydalanilgan. Kantata liriko-epik monolog shaklida yaratilgan. Rus xalq musiqasiga 
xos bo‘lgan bir qator janrlar kantatada qo‘llanilgan. Jumladan yig‘I - “O‘t-o‘lanlar 
toptalganda”, rus eposlariga xos bo‘lgan rechitativ - “Qonli tonglar”, qarg‘ashlar - 
“Unga oftob ham qorong‘u bo‘lsin”, ulug‘lash -“Rus Yeri!” 
Bu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlarga nisbatan K.Volkovning kantatasi 
kamer xarakterga ega. Sababi kompozitor “Igor polki haqidagi so‘z” matniga o‘ziga 
xos yondoshgan. Asarning umumiy mazmunini saqlab qolgan holda, eng yorqin 
misralarni tanlab olib, musiqa orqali to‘ldirgan. Natijada, adabiy matnning har bir 
misrasi timsol sifatida ishlatilgan. Taassurotni yanada kuchaytirish uchun ko‘p 
marotaba qaytarilishlar qo‘llanilgan. Asar davomida adabiy matn o‘zgarmasdan 
qaytarilgan bo‘lsa, musiqiy matn esa tizimli ravishda o‘zgarib kelgan. Rus 
qo‘shiqlariga xos bo‘lgan lirik kuychanlik eposlar bayonidagi rechitatsiya bilan 
taqqoslanadi. Asarda kontrast qarama-qarshilik yo‘q, ikki yo‘nalish bir-birini 
to‘ldiradi. Sonorik va aleatorik uslublarning qo‘llanilishi, ijro jarayonidagi o‘ziga xos 
artikulyatsiya, murakkab garmoniyalar asarga zamonaviylik bahsh etadi. Muallifning 
fikri psixologik holatlarning yechimida bayon etiladi. 
M. Yermolayevning Ikkinchi kvarteti.
Kompozitorning diniy mavzuga 
bag‘ishlangan yana bir asari Ikkinchi kvarteti “Olqish” deb ataladi (1988). Mazkur 
kvartet rus madaniyatining qadimiy an’analarini, uning turli qatlamlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Asarda diniy timsollar qatorida, xalq an’analari, bugungi kun 
muammolari uzviy birlikda ko‘rsatiladi. Falsafiy kuzatuvlar bilan aniq so‘zlashuv 
uslublari asar davomida o‘rin almashib ijro etiladi. 


127 
O‘tmish bilan kelajakning yaxlitligi, o‘tmish esa bugungi kun uchun asos zamin 
bo‘lib xizmat qiladi, kabi fikrlar ilgari suriladi. 
Asarning musiqiy tili o‘ziga xos bo‘lib, tuzilishi yaxlitligi bilan ajralib turadi. 
Har bir bo‘lim ichki tuzilishiga ko‘ra mustaqil bo‘lsa-da, umumiy intonatsion 
rivojlanish orqali yaxlit shaklga bo‘ysunadi. Turli “qit’alarga” taalluqli uslubiy 
yo‘nalishlar ham umumiy mavzu ostida birlashadi. Masalan, asarda qadimiy rus 
madaniyatiga xos bo‘lgan diniy qo‘shiqlar janri (znamyonniy raspev)dan 
foydalanilgan. Bir necha iqtiboslarni aytmasak, ularning barchasi kompozitor 
tomonidan an’anaviy ravishda yaratilgan. Bu obrazlar bilan asarda XX asr 
instrumental musiqiy tiliga xos bo‘lgan xromatik kuylar bir butunlikni tashkil etadi. 
Natijada murakkab ritmlar va intonatsiyalar, ko‘p qatlamli faktura, tembr va mayda 
elementlarga e’tibor (flajolettalar, pitstsikato) asarning yaxlit va aniq yangrashiga 
faqat ko‘mak beradi. 
Asar diniy mavzuda bo‘lib, madhiyalar to‘plami sifatida tuzilgan. Muallifning 
o‘zi, qadimiy rus tasviriy san’atidan ilhomlangani haqida asar partiturasining 
muqaddimasida yozib qoldirgan. 
Qadimiy rus tasviriy san’atiga, ayniqsa ibodatxonalarning san’atiga xos bo‘lgan 
mavzu umumiyligi kompozitorning musiqasiga ta’sir ko‘rsatgan. 
“Olqish” o‘n to‘rtta madhiyadan tashkil topgan kvartetdir. Har bir madhiya o‘z 
mavzusi va shakliga ega. Shu bilan birga o‘n to‘rtta bo‘lim umumiy tuzilishga – har 
bir madhiya ikki qismli va umumiy kompozitsiyaga egadir. Alohida olingan bo‘limlar 
simfonik rivojlanish yo‘li bilan ham jipslashadi. 
“Olqish”ning simfonik dramaturgiyasi bir necha mavzularning rivojlanishiga 
qurilgan. Birinchi madhiyalarda berilgan mavzular, keyingi bo‘limlarda rivojlangan. 
Simfonik dramaturgiya madhiyalarning o‘zaro aloqalarida ham ko‘zga tashlanadi. 
Masalan, sakkizinchi madhiya – Adajio asarning lirik markazi. 
Adajio lirik mavzuning uzluksiz rivojlanishiga quriladi. Cherkov kuylarida 
bo‘lgani kabi, boshlang‘ich kuyning astalik bilan rivojlanishi Adajioning asosiy 
mavzuini belgilab beradi. Kvartetning finali sifatida o‘n to‘rtinchi madhiya 
yangraydi. Asar zaminida mavjud bo‘lgan barcha qarama-qarshilik mazkur 


128 
madhiyada ro‘yobga chiqadi. Diniy mafkurada eng salbiy hisoblangan “Iblis” obrazi 
aynan shu qismda paydo bo‘ladi. Uni tasvirlashda kompozitor fuga shaklini qo‘llaydi. 
Qarama-qarshilikning to‘fonini zarbli sozlar yaratadi. Ijro jarayonida teatrlashgan 
usul sifatida projektorlarning yorqin yog‘dusidan foydalanish nazarda tutilgan. 
Yorug‘likka erishish uchta trubaning tantanavor yangrashi bilan yakunlanadi. 
Torli sozlar kvarteti sifatida boshlangan “Olqish” rivojlanish jarayonida 
qo‘shilgan sozlarning shiddatli ijrosi tufayli o‘n to‘rtinchi madhiyaga kelib kamer 
orkestrga aylanadi. Muallifning tushuntirishlari, madhiyalarning yunoncha 
nomlanishi, diniy duolardan iqtiboslar kvartetni dasturiy asarlar qatoriga ham tortadi. 
Asarning yana bir qiziqarli tomoni – kvartet partiturasida deyarli har bir kuyning 
boshlanishida diniy matnlar yozilgan. Ammo ijro jarayonida ular qo‘llanilmaydi. 
Ya’ni, asarning mazmuni sof instrumental ijro orqali bayon etiladi. Berilgan matnlar 
esa musiqaning mazmunini yanada chuqurlashtiradi. Shunga ko‘ra “Olqish” kvarteti 
adabiy matn bilan bog‘liq bo‘lsa ham, an’anaviy ravishda sof instrumental kvartetdir, 
degan xulosaga kelamiz. 
“Olqish” asarida shakllangan uslub keyinchalik kompozitor tomonidan yana bir 
necha bor qo‘llanilgan. Ya’ni, N.Yermolayev o‘zining boshqa asarlarida ham adabiy 
matndan timsol sifatida foydalangan. Timsollar tili esa diniy mavzularni tushunishda, 
ularning chuqur mazmunini yoritishda yordam bergan. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish