O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


A. Eshpayning Oltinchi simfoniyasi (1988)



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

A. Eshpayning Oltinchi simfoniyasi (1988).
O‘zining Oltinchi simfoniyasiga 
izoh berar ekan, kompozitor quyidagi fikrlarni bayon etadi: “...ilk xristianlik davri 


139 
Rossiyaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan davrdir. O‘sha davr merosi 
bugungi kun uchun ham bitmas-tuganmas ma’naviy boylik bo‘lib xizmat qilib 
kelmoqda...” 
Kompozitor simfoniyasiga “Liturgik” deb nom beradi. Bu bilan uning diniy 
mavzuga ega bo‘lganini chizg‘inlaydi. Vaholanki, simfoniya diniy mavzu bilan 
chegaralanmagan, deb o‘ylaymiz. Zero, unda 80-yillar ijodkorlarining ruhiy 
izlanishlari, davrga nisbatan bo‘lgan munosabatlari aks etgan. 
Simfoniyaning asosiy mavzui – ijodkorning doimiy qadriyatlarga bo‘lgan 
intilishi, haqiqat tushunchasini idrok etilishi kabi fikrlardan iboratdir. 
Kompozitor o‘z fikrlarini so‘z orqali yanada aniq ko‘rsatishga intiladi. Natijada 
simfoniyaning janr tuzilishi biroz o‘zgacha o‘lchamda bayon etiladi. 
Oltinchi simfoniyasida A. Eshpay Bobil matnlariga murojaat etadi. Mazkur 
matnlarni xor, bir necha vaqt akapella tarzida ijro etadi. Mazkur uslub simfoniyani 
xor liturgiyasiga yaqinlashtiradi. 
Kompozitor diniy matnlardan taassurotlanib, avval xor liturgiyasini, keyinchalik 
esa simfoniyani yaratadi. Natijada simfoniya bilan xor liturgiyasi janri o‘rtasida 
qorishiq janr yuzaga keladi. Bunday holat o‘z davrida, kompozitor S. I. Taneyevning 
ijodida ham uchragan. Uning “Ioann Domaskin” kantatasida liturgiya bilan simfonik 
rivojlanish birlashgan. 
Ikki janr - simfoniya va liturgiya A. Eshpayning monolog-simfoniyasida go‘yo 
ikki mustaqil musiqiy qatlam sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikki qatlamning bir 
mahalning o‘zida mavjud bo‘lishida katta ma’no yotadi. Ya’ni, ikki xil tafakkur, 
dunyo muammolarini tushunishda ikki xil yondashuv simfoniya va liturgiya 
imkoniyatlari orqali tomoshabinga yetkaziladi. 
Simfoniya janri orqali inson hayoti, kurashi, harakati obrazlari tasvirlanadi. 
Mazkur obrazlar asarning umumiy ma’nosidan kelib chiqqan holda, fikrlash orqali 
bayon etiladi. Bu ma’noda simfoniyaning janriga “simfonik liturgiya” deb aniqlik 
kiritishimiz mumkin. Zero, “Liturgiya” – yunon so‘zining lug‘aviy ma’nosi – “xalq 
harakati”dir. 


140 
Simfoniya dramaturgiyasi bir necha intonatsion qatlamlarning bir-biriga 
taqqoslanishiga va izchil rivojlanishiga quriladi. Bulardan fon sifatida foydalanilgan 
pastoral xarakterga ega bo‘lgan kuylar majmuasi, pastga harakatlanuvchi xromatik 
ketma-ketlikka qurilgan qayg‘u obrazi, diniy qo‘shiqchilik an’analarida yozilgan 
kuylar, xalq musiqasiga oid qisqa ohanglar va raqs - vals ritmlarni aytib o‘tishimiz 
mumkin. 
Simfoniyaning o‘rta va repriza bo‘limlarida sokinlikning o‘rnini dramatizm 
egayllaydi. Natijada obrazlardagi hayoliylik yangicha tus oladi. 
Simfoniyaning xor ijro etadigan bo‘limlarida Bobil matnlariga murojaat etilgan. 
Diniy mavzular cherkov musiqasiga xos bo‘lgan an’anaviy uslublar orqali bayon 
etiladi. Insonning ruhan poklanishi, doimiy e’tiqodlarga xizmat qilishi kabi mavzular 
xor ijrosida qayta-qayta ta’kidlanadi. 
Xor ijrosida berilgan, kengaytirilgan bo‘limda, rus cherkov musiqasi uchun 
an’anaviy bo‘lgan kanonarx bilan xor ijrosining taqqoslanishi yuzaga keladi. 
Qadimiy rus cherkovlarida xor ijrosidan avval, yaxshi ovoz sohibi bo‘lgan cherkov 
vakillaridan biri, muqaddas matnlarni o‘qib eshittirgan. Undan keyin xor shu 
misralarni kuylagan. Bunday ijro matnlarni esda qolishiga va qayta ta’kidlanishiga 
xizmat qilgan. 
Simfoniyaning Liturgiya bo‘limida bunday uslubdan foydalanish xorning 
ahamiyatini benihoya oshirgan. Zero, muqaddas matnlarning o‘qilishi xor ijrosining 
ummonida qolib ketgan. 
XX asrda qadimiy an’analarga murojaat etish zamonaviy muammolarni hal 
etishda qo‘llanilgan. Zero, kompozitor hal etishi zarur bo‘lgan muammolardan biri 
bu– bir-biriga mutlaqo zid bo‘lgan turli qatlamlarni dramaturgik, intonatsion ravishda 
birlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi esa – mavzu nuqtai-nazaridan ikki dunyoqarashni bir 
asarda bayon etishdir. 
Masalaning bunday qo‘yilishida bir necha muammolar o‘rin egallagan. 
Birinchidan,diniy va dunyoviy musiqalarning birlashtirishda kompozitor cherkov 
an’analarining 
zamonaviy 
san’atga 
ta’sirini 
belgilagan; 
Ikkinchidan, 


141 
zamondoshlarning ruhiy dunyosini ko‘rsatgan va nihoyat uchinchidan, zamonaviy 
ma’naviy inqirozdan chiqib ketish yo‘llari bormi? - degan savolga javob hozirlagan. 
A. 
Eshpay 
simfoniyasida 
qo‘llanilgan 
kontrastlar dramaturgiyasida 
S.Prokofyevning ta’siri yaqqol seziladi. S. Prokofyev ijodiga xos bo‘lgan aniq va 
yaqqol konsepsiyalar, shaklan sodda, ammo mazmunan chuqur o‘ylangan 
dramaturgiya A. Eshpay simfoniyalarida ham ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra bir 
qarashda yuzaki ko‘rinadigan vokal va instrumental musiqalarning taqqoslanishi, 
natijada ichki ziddiyatlarga boy murakkab rivojlanishga ega bo‘lgan yangi shaklni 
yaratadi. Bu shaklni ikkilamchi fuga shakli bilan solishtirish mumkin. Huddi fugada 
bo‘lganidek, har bir mavzu alohida berilib, keyin kontrapunktda birlashadi - 
instrumental bo‘lim, xor bo‘limi, instrumental-xor bo‘limi. Fugalarga xos bo‘lgan 
xususiyat – ikki mavzuning kontrastligini inkor etmagan holda, parallel ravishda 
rivojlanishi ko‘zda tutiladi. 
An’anaviy fuga shaklida instrumental va vokal musiqaning umumiyligi doimo 
chizg‘ilangan. Ma’lum bir misra vokal musiqada ijro etilib, keyinchalik instrumental 
bo‘limlarning turli registrlariga o‘tib yurgan. A. Eshpay ham o‘z simfoniyasida 
mazkur uslubdan foydalangan. Xor jamoasi tomonidan akapella uslubida ijro etilgan 
mavzudan keyin, instrumental bo‘lim musiqiy materialni rivojlantirgan va aksincha. 
Bir kuyning turli qiyofalarda kelishi tomoshabinga katta ta’sir o‘tkazgan. 
Kompozitor tomonidan vokal va instrumental partiyalarining umumiyligi yana bir 
karra ta’kidlangan. Masalan, simfoniyaning birinchi bo‘limidayoq, yuqori registrda 
ijro 
etilayotgan 
skripkalar 
kuyi 
orkestr 
tomonidan 
akkordlar 
bilan 
garmoniyalashtiriladi. Bu tovushlar to‘plami esa, keyinchalik xoralning asosi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Asarning asosiy maqsadi oxirgi – yakuniy bo‘limda borligicha namoyon bo‘ladi. 
Asarning boshidan akapella uslubida ijro etib kelayotgan xor simfonik orkestr 
jo‘rnavozligida yangraydi. Xor Liturgiyasining orkestr ijrosi bilan yangrashi 
Simfoniyaga yangi ma’no beradi. 


142 
Asarning asosiy xulosasi yakuniy - ulug‘lash “Alliluya” bo‘limida ro‘yobga 
chiqadi. “Alliluya” matnlarining ta’kidlash singari qat’iyatli qaytarilig‘i, an’anaviy 
ulug‘lash mavzuiga yangi ma’no olib kiradi. 
Kompozitor mazkur asari orqali, tashqi va ichki dunyolarining garmoniyasiga 
erishadi va bu mavzuni zamonaviy hayot tarzi bilan taqqoslaydi, erishgan 
muvozanatini yoqotib qo‘yishdan xavfsiraydi. 
Shunday qilib, bir qarashda bir-biriga mutlaqo begona bo‘lgan, ammo ko‘zga 
tashlanmaydigan rishtalar bilan bog‘langan, harakat va kurash mavzularini 
ta’kidlagan simfoniya janri bilan, abadiylik va turg‘unlikni kuylagan xor Liturgiyasi 
janrlarining taqqoslanishi orqali, yangi xulosalar yuzaga keladi. Jumladan, insonga 
xos bo‘lgan barcha ruhiy kechinmalarning o‘q ildizi birligi, an’analarning 
barqarorligi, ezgulikka intilish doimiyligi haqida gi fikrlar yana bir karra ta’kidlanadi. 
Eng muhimi insoniylik, ruhiy poklik, kelajakka ishonch kabi xulosalar bilan 
simfoniya yakunlanadi. 
Bunday optimizm davr musiqiy asarlariga xosdir. Zamonaning barcha 
tazyiqlariga, vahima va mafkuraviy bosimlariga qaramay, davr kompozitorlari 
optimizm va kelajakka ishonch bilan to‘lib-toshgan asarlar yaratadilar. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish