O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Savollar: 
1. B. Arapovning qaysi simfoniyasi “Triptix” deb nom olgan? 
2. “Sakkizta diniy simfoniyalar”ning muallifi? 
3. B. Chaykovskiyning Sevastopol simfoniyasining shakl tuzilishi va 
dramaturgik o‘ziga xosligi? 
4. A. Eshpayning To‘rtinchi, Beshinchi simfoniyalarining qaysi mavzu orqali 
umumiyligi mavjud? 
5. A. Eshpayning Oltinchi simfoniyasida simfoniya qonuniyati bilan 
Liturgiyaning qo‘llanilishi? 
 
 
 


143 
 
MILLIY SIMFONIYALAR 
Tayanch so‘zlar: 
Milliy simfoniya, mikroxromatika, monodiya, poliritmika. 
Mazkur davrda milliy Respublikalarda ham ijodiy ko‘tarinkilik ko‘zga 
tashlanadi. Avvalgi o‘n yilliklardagi izlanishlar, yangi simfonik fikrlashni 
o‘zlashtirish endi to‘laqonli asarlar yaratishga olib keladi. “Milliy simfoniyalar” 
degan tushuncha yuzaga keladi.
 
Y.Stankovichning Uchinchi simfoniyasi (1976).
“Inqilob va ijodkor” mavzui 
Ukrain kompozitori Y. Stankovichning Uchinchi simfoniyasining asosiy mavzuidir. 
Dasturli simfoniya ukrain shoiri P. Tichina she’rlari asosida yaratilgan. Kattalashgan 
simfonik orkestr, xor, bariton solosi ijrosi uchun yozilgan simfoniya “Men 
tasdiqlayman” deb nomlangan. 
Oltita qismdan iborat bo‘lgan simfoniya ba’zan oratoriya janrini ham eslatadi. 
Simfoniyaning asosiy qahramonlari sifatida Xalq va qahramon obrazlari tasvirlanadi. 
Bu obrazlar tarixiy to‘fonlar jarayonida ko‘rsatiladi. 
Kompozitor shoirning ketidan inqilobni – Bo‘ron obrazida tasvirlaydi. Mazkur 
uslub XX asrda ko‘p qo‘llanilgan bo‘lib M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, B. Pasternak 
asarlarini eslatadi. 
Bo‘ron va Shamol obrazlari simfoniyada yangilanish, ezgulik uchun kurash 
timsoli sifatida qo‘llaniladi. Ayniqsa, simfoniyaning ikkinchi qismi “Tokkata” va 
beshinchi qismi “Rechitativ” larda bu obrazlar yetakchilik qiladilar. 
Simfoniyaning asosiy qahramoni – Shoir, dunyoni larzaga solayotgan tarixiy 
voqealarning qatnashchisidir. Uning obrazi asar mazmunini tushunish, idrok etishga 
bag‘ishlangan lavhalarda birinchi planga qalqib chiqadi. Simfoniyaning birinchi 
qismi “Prelyudiya”da Shoir voqealarning boshlovchisi sifatida qatnashadi. Uchinchi 
qismi “Kanonlar”da esa “Tokkata”da bo‘lib o‘tgan to‘fonlarga falsafiy baho beradi. 
Asarning to‘rtinchi qismi “Ballada” rekviyem janrida yozilgan bo‘lib, yig‘i-
qayg‘u ohanglaridan tashkil topadi. Fojeaviy voqealarni bayon etishda epik 
yondashuv saqlanib qoladi. 


144 
Simfoniyaning xulosaviy fikri oxirgi ikki qismda aniqlanadi. Jumladan
“Rechitativ” va “Final” qismlarida Shoirning: “Men-borliqman”, “Odamlar – Yerni 
qadrlanglar!” kabi satrlarida bayon etilgan voqealarga nisbatan kompozitorning 
munosabati ko‘rsatiladi. 
Asarning qahramonona-epik obrazlarini tasvirlash bilan birga lirik yo‘nalishga 
ham katta e’tibor qaratiladi. Jumladan, asarning lirik obrazlari ukrain qo‘shiqlariga 
xos bo‘lgan kuychanlik orqali bayon etiladi. Bu obrazlarning xarakteristikasi 
monotematik rivojlanishda beriladi. 
Mavzuning bayonida monologik uslub ham katta ahamiyat kasb etadi. Zero, bu 
uslub voqealarni tarixiy kesimda anglab, xalq matonati va kuch-qudratini 
ko‘rsatishda qo‘llaniladi. 
Kompozitor xalq ijodining janr va intonatsion xususiyatlarini izchil tushunib
simfoniyaga olib kirishga harakat qiladi. Masalan, simfoniyaning “Rechitativ” 
qismida sof ukrain so‘z aytimlari qo‘llaniladi. Uning ta’sirida yuzaga kelgan sonorika 
ijro jarayonini yanada boyitadi. 
Lirik va epik obrazlar birlashuvi Y.Stankovichning boshqa asarlarida ham 
uchraydi. Jumladan, “Olga” baletida, Skripka va orkestr uchun yozilgan simfoniya - 
pastorallarda kompozitor ijodining ukrain folkloriga asoslanishi ko‘zga yaqqol 
tashlanadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish