O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


L. Prigojinning “Marosim simfoniyalari”



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

L. Prigojinning “Marosim simfoniyalari”.
Simfoniya ko‘lamida xalq ruhini 
bayon etish, o‘tmishga bugungi kun ma’naviyatining bitmas tuganmas zarchashmasi 
deb qarash, L. Prigojinning asarlariga xosdir. Kompozitor o‘zining “Marosim 
simfoniyalari”da xalq ijodining adabiy matnlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanadi. 
Xor va gaboy sozi ijrosi uchun yozilgan asarda, kompozitorning kuy va ohanglari 
xalq namunalari singari yangraydi. Folklorga xos bo‘lgan ijro uslublarini saqlab 
qolishga xarakat qilinadi. Simfoniyaning asosiy maqsadiga – xalq marosimlarini 
ulug‘lash, ularni inson ma’naviyatning eng ulkan nashidasi sifatida idrok etish kiradi. 
B. Chaykovskiyning Sevastopol simfoniyasi (1980).
B. Chaykovskiyning 
Sevastopol simfoniyasi Vatanni, insonni madh etuvchi monologdir. Asarda 
Rossiyaning bepoyonligi, go‘zal tabiati, mard va tanti insonlari kuylanadi. 


134 
D. Shostakovichning Yettinchi simfoniyasi singari B. Chaykovskiyning 
simfoniyasi go‘zallikni, o‘z millatini madh etishga qaratilgandir. 
Simfoniyaning atalishida Sevastopol shahrining nomi qo‘llanilgani alohida 
e’tiborga molikdir. Bir tomondan, simfoniya nomi tufayli dasturli ko‘rinsa-da, undagi 
chuqur ma’nodorlik va ko‘p qatlamlik, umumlashma dasturlilikni keltirib chiqaradi. 
Sevastopol – timsol sifatida tarixiy davrlarni,voqe’likni, inson qahramonligini 
o‘zida mujassam etadi. Bu muqaddas zamin romantik go‘zallik, shoirona nazokat va 
zamonaviy his-hayajonlar bilan to‘lib toshgandir. Kompozitor simfoniyada o‘ziga xos 
musiqiy bayon etish uslubidan foydalanadi. 
Simfoniyaning dramaturgik rivojlanishi sokinlik bilan lirik yondashuv orqali 
bayon etiladi. Kompozitor go‘yoki qadimdan boshlangan, tarixiy voqealarni 
shoshmasdan tasvirlaydi. Dengizchilar shahri bo‘lmish Sevastopolning tarixi, uning 
himoyachilari ko‘z oldimizdan birin-sirin o‘tadilar. 
Kompozitorning bunday yondashuvida L. Tolstoyning “Sevastopol voqealari”, 
K. Paustovskiyning asarlari, A. Grinning romantik asarlarining ta’siri yaqqol sezilib 
turadi. Kompozitor XX asr ijodkori sifatida o‘z asariga kino san’atining uslublarni 
ham kiritadi. 
Simfoniyada kino, she’riyat, adabiy romantizm musiqiy uslublarda 
yangraganday bo‘ladi. Zamonaviy kompozitor sifatida B. Chaykovskiy musiqaning 
texnik imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi. Shu bilan birga simfoniyaning 
obrazliligi tushunarli va aniq vositalar orqali tomoshabinga yetkaziladi. 
Simfoniyaning musiqiy materiali soddaligi bilan ajralib turadi. Tayanch 
akkordlarning ketma-ketligi, geksaxord, minor tonalligidagi kvartsekstakkord 
tovushlari orqali harakatlar – bir qarashda an’anaviydek tuyuladi. Ammo temp va 
ritmlarning zamonaviy qo‘llanilashi natijasida, intonatsion yangilanish yuzaga keladi. 
B. Chaykovskiyning asarlarida dramaturgik rivojlanishning uslubi o‘ziga xosdir. 
Kompozitor simfoniyalar uchun an’anaviy bo‘lgan ekspozitsiyadan va 
taqqoslanishdan voz kechadi. Uning simfoniyalarida rivojlanish doimiy jarayon 
bo‘lib, kuy va ohanglarning tinmay o‘zgarishiga quriladi. Bu uslubda xalq ijodiga 
tayanish ko‘zga tashlanadi. Har bir kuy to‘xtovsiz o‘zgarishda beriladi, davr 


135 
tushunchasi o‘zgarib ketadi. Turg‘unlikning eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib, bir nechta 
ohanglardan iborat bo‘lgan ma’lum bir kuyning yaxlit ko‘rinishga kelishi bo‘ladi. 
Ammo bu ham, har gal to‘xtovsiz rivojlanishning yangi bosqichini yaratadi. 
Musiqiy materialning jo‘sh urishi va “nafas olishi”ga kompozitor tomonidan bir 
necha uslublarning qo‘llanilishi orqali erishiladi. Kompozitor rivojlanish jarayonida 
qaytariliqlardan mutlaqo voz kechadi va har gal yangi variantlarni taklif etadi. 
Simfoniyaning tuzilishi ham o‘ziga xosdir. Uning kompozitsion tuzulishini 
musiqiy poemaga o‘xshatish mumkin. Boshlang‘ich taktlarda berilgan mavzu asar 
davomida to‘xtovsiz o‘zgarishda rivojlanadi. Simfoniyaning o‘zi bir nechta kontrast 
bo‘limlardan tashkil topadi. 
Simfoniya umumiy musiqiy material bilan birlashtirilgan tantanovor Kirish va 
Muqaddima qismlariga ega. Mazkur qismlar spektakllardagi Prolog va Epiloglar 
singari asarning asosiy mazmuniga qo‘shimcha ma’no beradi. 
Prolog va epiloglarning orasida bo‘lib o‘tadigan voqe’lik, bir necha 
bo‘limlardan iboratdir. Xalqchil, yorqin sahnalar shoirona, nafis epizodlar bilan 
almashadi. Sekin-astalik bilan simfoniyaga dramatik obrazlar kirib keladi. 
Dramatizmning kuchayishi fojeaviy epizodlarga olib keladi. Litavralarning ijrosida, 
motam sahnasida Musorgskiyning ta’siri sezilib turadi. Simfoniyaning optimistik ruhi 
qahramonona obrazlar orqali namoyish etiladi. Tanatanali olqishlar bilan alt fleytasi 
ijrosidagi lirik monolog simfoniyaga hayotiy sahifalar bahsh etadi. 
Simfoniyaning yakuniy, epilogdan avval keluvchi bo‘limida, asarning butun 
voqe’ligi qisqartirilgan shaklda qaytariladi. Rivojlanishga qurilgan simfoniyada 
bunday qaytarilig‘ o‘zgacha ma’no kasb etadi. Bu yerda vaqt, tarix tushunchalari 
o‘rin almashadi. Go‘yoki voqe’lik bir necha vaqt qatlamlarida sodir etayotganday 
bo‘ladi. 
Bunday uslub zamona kompozitorlari tomonidan ko‘p marotaba qo‘llanilgandir. 
D. Shostakovichning O‘n beshinchi kvarteti, A. Shnitkening kvinteti shular 
jumlasidandir. 


136 
B. Chaykovskiy simfoniya janri imkoniyatlaridan kelib chiqib, epik shaklda 
qahramonlik obrazlarini yaratadi. Bu obrazlar vaqt va tarixiy davrlar chegarasidan 
ustun turadilar. 
Simfoniyaning liriko-epik monologida shaxsiy yondashuv bilan fuqarolik, 
zamonaviylik bilan abadiylik birlashib ketadi. Musiqiy materialning estetik qimmati 
uning go‘zal va tabiiyligidadir. Mazmunan boyligi esa, abadiy tushunchalar – Tichlik, 
Ezgulik, Haqiqatni ulug‘lashida, deb bilamiz. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish