O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


A. Ribnikovning “Yunona va Avos” rok-operasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

A. Ribnikovning “Yunona va Avos” rok-operasi.
A. Voznesenskiyning asari 
asosida yaratilgan mazkur spektakl kompozitorning ko‘p yillik izlanishlarining 
mahsuli bo‘lgan. Avvalambor, studiyada yozib olingan variantida uni disk-opera deb 
atashgan. Keyinchalik teatr sahnasiga ko‘chirilganidan so‘ng, janri rok-opera deb 
aniqlashtirilgan. Televizion variantida esa, zamonaviy opera deb belgilangan. 
Ko‘rinib turibdiki, texnik uslublar asar dramaturgiyasiga ta’sir o‘tkazib, uni turli 
ko‘rinishlarga keltirgan. 
Kompozitorning o‘zi studiyada yozib olingan fonogrammasini boshqa ijro 
variantlaridan ustun qo‘yadi. Spektaklning muvaffaqiyatiga qaramasdan, aynan disk 
varianti kompozitorning yuqori talablariga mos keladi (197, 205). Kompozitorning 
fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni amalga oshirishda, faqatgina studiya yozuvi jonli ijro 
bera olmaydigan tovush effektlarini yarata oladi (masalan, bitta notani uch xil 
yozuvda miks qilish). 
“Yunona va Avos” spektaklining qator kuylari keyinchalik ommabop bo‘lib, 
estrada sahnasidan ham mustahkam o‘rin egalladi. Buning sababi, qo‘shiq janrlariga 
xos bo‘lgan his-tuyg‘ularning jo‘sh urishi, yorqin va esda qoladigan kuylarning 
mohirona yaratilishidir. 
Spektaklning 
dramaturgiyasi 
musiqiy 
an’analar 
qonuniyati 
asosida 
shakllantirilgan. Bu haqida R. Shedrin quyidagi fikrlarini bayon etgan: “Spektakldan 
hayotiy his-tuyg‘ularning jo‘sh urishi sezilib turadi. Bundayholat biz uchun nihoyatda 
yaqin bo‘lib, ruhan soflikni bildirib turadi. Bu bizning hayotimizdir...” (271, 89). 
80-yillarga kelib kino, televideniye, estrada musiqaning deyarli barcha 
jabhalarini egallay boshladi. Ommaviy tomoshabin uchun musiqa tushunchasining 
o‘zi estrada bilan almashib qoldi. Bunday vaziyatda musiqiy muvozanatni saqlab 
qolish, jonli tovush ahamiyatini ko‘tarish, atrof-muhit, tabiatni saqlab qolishdek 
muhimligi barchaga ayon edi. Texnik vositalarning jadallik bilan rivojlanishi bu 
muammolarni birlashtirib yubordi. 


169 
Bugungi kunda shunisi ayonki, yoshlarni tarbiyalashda ommaviy madaniyatga 
nisbatan immunitet ishlab chiqish zarur. Bu muammoning kalavasi 80-yillarga borib 
taqaladi. Davr kompozitorlaridan N.Sidelnikov mazkur muammolar bo‘yicha 
o‘zining munosabatini quyidagicha bildirgan: “VIA” va “Alla Pugachyova teatri”ga 
mukkasi bilan ketgan yoshlarning taqdiri bizning qo‘limizda. Vaqti kelib bu qiziqish 
– bu zaharlanish o‘tib ketadi. Uning o‘rniga nima qoladi? Albatta, to‘siqlar qo‘yib, 
birovni majbur etib musiqiy didni tarbiyalab bo‘lmaydi. Demak estradaga nisbatan 
bizda estetik “posangi” bo‘lishi zarur...” (136, 21). Albatta, A. Pugachyovaga 
nisbatan kompozitorning munosabatini hurmat qilgan holda shuni qo‘shimcha qilib 
o‘tishimiz mumkinki, keyingi avlod ijrochilarining sa’viyasi yanada pasayib ketadi. 
N.Sidelnikov esa estradaga nisbatan “jonli” ijroda aytiladigan musiqiy teatrni 
qarama-qarshi qo‘yadi. 
Xuddi shu mavzuni Boltiqbo‘yi kompozitori V. Tormis ham ko‘taradi. Uning 
OAVga bergan intervyusida ommaviy madaniyat ta’siridan xalq ijodiyotini asrab 
qolish zarurligi ko‘rsatiladi. “...xalq ijodining sara namunalarini estradada ishlatishga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Zero, yoshlarga ularni buzib, soddalashtirib 
ko‘rsatishmoqda...” (161, 5). 
Musiqiy madaniyatning yuksak namunalarini estrada musiqasiga qarama-qarshi 
qo‘yish masalalarini kompozitorlar, nafaqat nazariy, balki amaliy faoliyatda ham 
qo‘llaganlar. Buning ko‘rinishlari turli bo‘lib, 80-yillarda suratga olingan 
kinofilmlarda ko‘zga tashlanadi. Aynan shu yillardagi kino va telefilmlarda mumtoz 
musiqa namunalari keng qo‘llaniladi. Masalan, “Ovod” telefilmida Motsartning 
“Rekviyemi” fojea timsoli sifatida ijro etiladi. A. Pushkinning “Kichik fojealar”ning 
ekranlashtirilgan variantida ham Motsart musiqasi baralla yangraydi. Abuladzening 
mashhur kinofilmi bo‘lmish “Tavba qilish”ning finalida esa, Betxovenning
9 simfoniyasi ijro etiladi. 
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Davr musiqashunoslarining fikriga 
ko‘ra, “...mumtoz musiqa 80-yillar kinofilmlarining uslubiga aylandi...” (104, 6-7). 


170 
Albatta, bunday uslub keng ommani mumtoz musiqa namunalari bilan 
tanishtiradi. Kino ijodkorlari o‘zlariga bunday maqsad qo‘ymagan bo‘lsalar-da, 
mumtoz musiqaning targ‘iboti kinofilmlar orqali oson ko‘chadi. 
80-yillarning o‘ziga xos xususiyati sifatida musiqaga oid muammolarning 
keskinlashganini aytishimiz mumkin. U davrga bugungi kun o‘lchami bilan 
qaraydigan bo‘lsak, mumtoz musiqa va yoshlar, fonogramma va jonli ijro kabi 
masalalarga davr ijodkorlari birinchilardan bo‘lib munosabat bildirganlarini 
ko‘ramiz. Musiqaga oid muammolar inson va jamiyat, inson va tabiat kabi falsafiy 
yondashuvlar kesimida tadqiq etilganligiga guvoh bo‘lamiz. Amaliyotdan bir oz 
ajralib qolgan bunday yondashuvlar ijobiy natijalar bermagan bo‘lsa ham, o‘z davri 
tafakkurining ko‘zgusi sifatida qiziqarlidir. 
Nazariyotga nisbatan, badiiy asarlarda yangilanish belgilari yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan munosabatlarini 
kompozitorlar o‘z asarlarida namoyish etdilar. Mazkur asarlarning ko‘pchiligi 
tomoshabinga yetib bormagan bo‘lsa-da, ularda yangilik belgilari abadiy mavzular 
bilan uzviy birlikda bayon etiladi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy o‘ziga xoslik 
bilan, ma’naviy boylik zamonaviy dunyoqarash bilan bog‘lanib ketadi. Ertangi kunga 
ishonch, inson shaxsiga nisbatan hurmat saqlanib qoladi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish