UCHINCHI YO‘NALISH
Tayanch so‘zlar:
Uchinchi yo‘nalish, rok-opera, dramatik teatr, pop musiqa.
70-80-yillarga kelib kompozitorlik ijodida yangi yo‘nalish shakllanib,
R. Shedrinning ta’bi bilan “uchinchi yo‘nalish” deb nom oladi. Kompozitorning o‘zi
uni quyidagicha sharhlaydi: “Bu yo‘nalish bir tomondan jiddiy, mumtoz va
zamonaviy musiqaning texnologik, estetik xususiyatlarini sodda, ommaviy,
ko‘ngilxushlik, tijorat qilish uchun mo‘jallangan madaniyat bilan birlashtirishga
harakat qiladi...” (271, 87).
Shu davrga kelib, o‘z ijodiga tomoshabinlarning keng doirasini jalb qilishga bel
bog‘lagan kompozitorlar avlodi yetishib chiqadi. Ulardan M. Tariverdiyev,
A. Ribnikov, V. Jurbin, I. Katayev, G. Gladkov kabi kompozitorlarni aytib o‘tishimiz
mumkin. Bu kompozitorlarning musiqiy tili zamona ohanglari bilan boyitilib, yangi
janrlarni yuzaga keltiradi.
Shahar romansi, fransuz shansoni, Elvis Presli, Mirey Mate kabi ijodkorlarning
uslublari asos sifatida qo‘llaniladi. Bu avlod kompozitorlarining yana bir xususiyati –
zamona texnik imkoniyatlaridan imkon qadar foydalanishdir.
Yuqorida nomlari zikr etilgan kompozitorlar kino, teatr, televideniye bilan ijodiy
hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Ommaviy tomoshabinga mo‘jallangan bu san’at
turlari, o‘z navbatida kompozitorlar oldida bir qator yangi talablarni qo‘yadi.
Jumladan, musiqiy ohanglarni yorqin, obrazli, esda qoladigan bo‘lishi, sodda va
tomoshabinga tushunarli bo‘lgan vositalar bilan tomosha qatorini yoritish va h.k..
80-yillarda televideniyeda bayram kontsertlari, musiqiy benefislar, qo‘shiq
festivallari, musiqiy uchrashuvlar kabi ko‘rsatuvlar tobora ko‘payib boradi. Bayram
kontsertlariga yangi qo‘shiqlar tayyorlash, tomoshabinga kichik spektakl shaklida
167
tuhfa qilish kompozitorlarning ijodini yanada jadallashtiradi. Davr talabiga
moslashishga undaydi.Televideniyeda ilk bor namoyish etilgan kuy-qo‘shiqlar tezlik
bilan ommaviy tomoshabin orasida tarqalib ketadi. 70-80-yillarda televideniyening
ta’sir kuchi bilan birgina kino san’ati tenglasha oladi.
Musiqiy kinofilmlar, mavzuli qo‘shiqlar bilan boyitilgan badiiy filmlar
ko‘payadi. O‘zbekistonda ham shu yillarda yaratilgan “Vodillik kelin”, “Temir xotin”
kabi filmlarni aytib o‘tishimiz mumkin.
Tomoshabinlarning keng doirasini qamrab olish bo‘yicha kino va televideniye
san’atlaridan biroz orqada qolgan, ammo 80-yillarda intellektual doiralar o‘rtasida
benihoya ommabop bo‘lgan teatr san’atining o‘rni o‘zgachadir.
Ommaviy musiqa bilan “jiddiy musiqani” yaqinlashtirish eksperimentlari teatr
sahnasida ayniqsa jiddiy kechdi.
80-yillarda bunday spektakllar M. Zaxarov rahbarlik qilgan Lenin komsomoli
nomidagi Dramatik teatrda ham sahnalashtirilgan. Professional bo‘lmagan dramatik
artistlar ham musiqiy ijroda qatnashganlar. O‘sha davrga murojaat qiladigan bo‘lsak,
professional bo‘lmagan artistlarning vokal ijrosi dramaturgik nuqtai-nazaridan
nisbatan murakkab bo‘lgan musiqani tomoshabinga yaqinlashtirishning yana bir usuli
bo‘lgan.
M. Zaxarovning O‘zbekiston musiqachilari, ayniqsa Botir Zokirov bilan ijodiy
hamkorligi haqida yuqorida to‘xtalgan edik. Uning dastlabki faoliyatida o‘sha
hamkorlikning ta’siri sezilib turadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Xaokina Murettaning hayoti va o‘limi”, “Yunona va Avos” spektakllari katta
shov-shuvga sabab bo‘lib, “zamonaviy operalar” deb ham atalgan. Kino va
televideniye orqali hammaga tanish bo‘lgan aktyorlarning ijrosidagi ariya va
monologlarning esa “hazm qilinishi” osonroq kechgan. Mazkur spektakllar butun
Ittifoqdan tashqari Fransiya, AQSh kabi davlatlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan.
Kezi kelganda shuni aytib o‘tish o‘rinliki, aynan shu yillarda Moskva shahrining
bir necha teatr jamoalari o‘z spektakllari bilan Toshkentga kelganlar. Shularning
qatorida Lenin komsomoli nomidagi Dramatik teatri ham Toshkentga tashrif
168
buyurgan. “Xaokina Murettaning hayoti va o‘limi”, “Yunona va Avos” spektakllari
poytaxtimizda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |