O’ZBEKISTONDA EKOTURIZM SOHASIDAGI IMKONIYATLAR
Bugungi kunda turizm jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Buning samarasida mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar tobora ko‘paymoqda. Masalan, har yili O‘zbekistonga dunyoning turli mintaqalaridan 2 milliondan ortiq sayyoh kelmoqda. Ularning aksariyati Germaniya, Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Hindiston fuqarolaridir.
O‘zbekiston tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakatdan biridir. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlarimiz butun dunyoda qadrlanadi. Mamlakatimizda sayyohlikning ekoturizm, geoturizm, tarixiy va madaniy turizm, tibbiy, etnik, sport yo‘nalishlari, alpinizm kabi ko‘plab turlari izchil rivojlanmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 530 dan ortiq turoperator va agentlik, 430 mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Poytaxtimiz va viloyatlarda “Radisson”, “Lotte”, “Wyndham”, “Hyatt”, “Ramada” kabi dunyoga mashhur otellar bilan birga kichik guruhlarda va oilaviy sayohat qiluvchilar uchun xususiy mehmonxonalar xizmat ko‘rsatmoqda. Dam olish turizmi sayyohlik biznesining talab yuqori bo‘lgan sohalaridan biridir. Ushbu xalqaro ko‘rgazma O‘zbekistonda bahor-yoz sayyohlik mavsumini ochib beradigan o‘ziga xos loyiha bo‘lib, xorijliklarni mamlakatimizdagi dam olish maskanlariga keng jalb qilish, ichki turizmni rivojlantirish, yurtdoshlarimizning chet ellarga sayohatini uyushtirishda muhim ahamiyatga ega. Ko‘rgazma mahalliy va xorijiy turoperatorlarga yangi mavsum oldidan o‘z xizmat va imkoniyatlarini namoyish etishi, korporativ mijozlar bilan shartnomalar tuzish, ta’til mavsumiga oid rejalar ishlab chiqish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
O`zbekiston Respublikasining ekoturizm salohiyati va imkoniyatlari haqida so’z borar ekan, O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda ekologik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishda biz birinchi navbatda mamlakatimizdagi milliy parklar, davlat tabiat qo‘riqxonalari va alohida muhofazadagi hududlar, xalqaro miqyosdagi «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar turlari, o‘simliklar turlarini va betakror tabiiy landshaftlarni, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosidagi endemik turlarni (endemik – faqat tub joy sharoitida yashaydi va o‘sadi) ro‘yxatga olishimiz va ularning ta’rif, tavsiflarini tayyorlashimiz kerak. Shuningdek, hozirgi axborotlarimizdan ma’lumki, hozirgacha vatanimizga kelib ketayotgan xalqaro turistlar Orol dengizi qoldiqlariga, Quyi amudaryo sohillariga, tog‘larimizdagi qadimiy shakllar va rasmlarga, ming yillik daraxtlarga (chinorlar, archalar va boshq.) va rekreatsion buloqlar, sharsharalarga qiziqmoqdalar. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda qayd qilingan ekologik resurslarni alohida-alohida ro‘yxatga olganimizda xalqaro turistlarni qiziqtiruvchi quyidagi ekologik resurslar guruhlari tashkil topadi:
• O‘zbekiston Respublikasining davlat qo‘riqxonalari va milliy parklari ekoturizm resurslari ;
• Xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar va o‘simliklar turlari;
• O‘zbekistondagi endemik hayvonlar va o‘simlik turlari;
• Orol dengizi qoldiqlari Quyiamudaryo sohili, to‘qayzorlar, ularning o‘simliklar va hayvonot olami;
• Tog‘larimizdagi qadimiy shakllar, rasmlar;
• Ming yillik daraxtlar va tabiat haykallari, tabiat yodgorliklari;
• Rekreatsion tabiiy landshaftlar, shifobaxsh buloqlar, sharsharalar;
• O‘zbekistondagi tabiiy geografik mintaqalar (cho‘llar, adirlar, tog‘ oldi, tog‘lar, baland tog‘lar);
• Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari);
• To‘rt faslli iqlim mavsumlari;
• Arxeologik topilmalar, geologik ko‘rinishlar;
• Ovchilik maydonlarining mavjudligi;
• Tabiiy geografik mintaqalarda joylashgan qishloqlarimiz tabiati;
• O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari.
Yuqorida keltirilgan ekologik resurslar xalqaro turizm ekspertlari ta’kidlaganlaridek, O‘zbekiston turizm resurslarining turli-tumanligi, rang-barangligi va jozibadorligi bo‘yicha dunyomamlakatlaridagi kuchli 10 talik resurslari ro‘yxatiga kiradi. Bu ekoturistik resurslarning ta’rif va tasniflari ushbu o‘quv qo‘llanmaning mavzularida berilmoqda. Hozirda ekoturizm resurslariga geomorfologik, gidrologik va organik resurslarni qo‘shish ham tavsiya qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning butun hududlari dengiz sathidan belgilanganda bir-biridan tabiiy ekologik jihatdan farqlanuvchi 5 ta vertikal mintaqalarga bo‘linadi. Bu mintaqalarning iqlimi, o‘simliklar dunyosi va hayvonot olami ham turli-tuman. Shuningdek, chet ellik turistlarni qiziqtiruvchi 4 ta fasl ham ekoturizmning muhim resurslari hisoblanadi. Bu ekologik turizm resurslariga 11 ta yirik daryolarimiz va 55 ta suv omborlari havzalarini ham qo‘shish mumkin. Cho‘llar mintaqasi dengiz sathidan 400–500 metr balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarining 70% ini ishg‘ol qiladi, o‘simliklari – 498 tur. Shulardan 64 turi shifobaxsh o‘simliklar, 273 turi chorva mollari uchun ozuqaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik turlari hisoblanadi. Bu mintaqalarning o‘simliklari qurg‘oqchil iqlimga moslashgan va asosan sho‘rxok va qumli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Quruq iqlimli bu cho‘llarning ham ekologik tiplari xilma-xil bo‘lib, gipsli cho‘l, qumli cho‘l va ko‘chib yuruvchi qumli – barxanli cho‘llar ko‘plab ekoturistlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Chunki har xil ekologik tipli cho‘l hududlarida ushbu hududlarga moslashgan o‘simliklar qoplami va hayvonot dunyosi tarkib topgan. Ayniqsa, floramizda endemik turlarning ko‘pligi xalqaro miqyosda turistik oqimlarning kuchayishiga qiziqishni hosil qiladi. Cho‘llardagi hayvonot olamidagi turlar (jayron, sayg‘oq, Qizilqum echkiemari, kaltakesaklar, «Qizil kitob»dagi yo‘rg‘a, tuvaloq, tasqara, cho‘l burgutlari, miqqiy, qirg‘iy, qorabovur, cho‘l kaptari va boshq.) nafaqat xorijiy balki, ichki ekoturizmda ham qiziqarli ekoturistik obyekt hisoblanadi. O‘zbekistonning cho‘llari quyidagilar: Qizilqum, Ustyurt cho‘li, O‘rta cho‘l, Qarnobcho‘l, Konimexcho‘l, Muborak cho‘l, Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona cho‘llari, Kattaqum va Sandiqli cho‘llari. Bulardan o‘simliksiz ko‘chma barxanli qum hudu Barxanli qumliklarda arab mamlakatlari ekotur sayr qilish turlariga taklif qilishadi. Bunday yevropaliklar uchun juda qiziqarli bo‘lishini arab juda yaxshi bilishadi. Bizning cho‘llarimizning qu shunday ekoturistik imkoniyatlar bor. Respublikamizning ekoturizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari va bu iqlim sharoitlariga va o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida
endemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidir. O‘zbekistonning ekoturizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to‘xtalganimizda quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi. O‘zbekiston 38 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik– baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institute ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur
o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 % i endemiklardir. O‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan 9 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil etgan 4 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika markaziy «Jayron» ekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 10 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Ekoturizmning ekosafari (ov va baliq ovlash) resurslari ham g‘oyat biologik xilma-xillikka ega. Birgina ovlanadigan baliqlarning 83 turi daryolarimiz va suv havzalarimizda ko‘paytirilib muhofaza qilinmoqda. Shulardan 18 turi O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ovchilik mavsumida suv havzalarimizda ichki va tashqi turist ovchilarni taklif qilishning katta imkoniyatlari bor.
O‘zbekistonning davlat qo‘riqxonalari – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning eng qat’iy tartibli turi bo‘lib, muayyan o‘simlik, hayvon turlari va ekotizimlarni himoyalash uchun tashkil qilingan, doimiy amal qiladigan muhofaza etiladigan zonalar hisoblanadi. Respublika qo‘riqxonalarida «Qizil kitob»ga kirgan ko‘plab hayvon turlari: xongul, morxo‘r, Seversov qo‘yi, ko‘k sug‘ur, Turkiston silovsini, yirik yirtqich qushlar, hasharotlar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida 9 ta davlat tabiat qo‘riqxonasi va 10 ta davlat buyurtmasi tashkil qilingan. Bu qo‘riqxonalar vatanimizda ekoturizmni rivojlantirishda asosiy ekoturistik obyektlar hisoblanadi. O‘zbekistonda tabiat qo‘riqxonalari mamlakatimizning barcha tabiat mintaqalarida joylashgan. Bunday qulay salohiyat, sharoitdan ekoturizmni rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlarini tabiatning o‘zi bizga yaratib bergan.
Bugungi kunda, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ekstremal va togʻ turizmi milliy iqtisodiyotda sezilarli daromad keltiradigan sohalardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda turizm sohasining jadal rivojlanishi va turizm xizmatlari sifatining yaxshilanishi natijasida - ekstremal, ekoturizm, agroturizm, arxeologik, etnografik va boshqa turizmning noanʼanaviy turlari faol rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, ekstremal va togʻ turizmi tez suratlarda ommalashmoqda. Oʻzbekistonda ekstremal va togʻ turizmining eng rivojlangan turlari orasida togʻ choʻqqisini zabt etish, gʻorda sayr etish, snoubord, togʻ velosipedi, paraplan va deltaplanda uchish va albatta togʻ changʻisi ajralib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”4gi PF-4681-sonli Farmoni ushbu yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Albatta, estremal va togʻ turizmini rivojlantirishda jamoat tashkilotlarining roli judi muhim. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi tashkil etilgan. Federatsiya tomonidan turizm sohasida har yili yirik bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda, jumladan, “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan “Chimyon sadolari” ekoturizm festivali”, “Toshkent quyoshi” motofestivali, “Sport turizmi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi”, “Off-road yoʻl tanlamas avtoturizm musobaqasi” va boshqalar. – Federatsiyamiz 2007 yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda - deydi federatsiya raisi Leonid Kozlovskiy. 2018 yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm rivojlantirish davlat qoʻmitasi bizni oʻz “qanoti” ostiga olganidan soʻng, davlatimizning bizning faoliyatimizga haqiqiy eʼtiborini sezdik. Soʻnggi paytlarda mamlakatimizda turizm sohasi jadal rivojlanmoqda, xususan, diqqatga sazovor joylarni sayohat qilish istagini bildirayotganlar soni ortmoqda, xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanmoqda, yangi turizm yoʻnalishlari yaratilmoqda. Afsuski, mamlakatda togʻ sporti turlari va togʻ turizmini rivojlantirishda professional tashkilotlar mavjud emas, shahar va togʻli hududlarda oʻquv-mashgʻulotlari maskanlarini tashkil etish zarur. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining institutsional koʻmagida, Federatsiyaning off-road (yoʻl tanlamasi) avtomobillarda sayyohlik yoʻnalishi jadal rivojlanmoqda, jumladan, off-road avtoralli boʻyicha musobaqasi oʻtkazildi, shuningdek, GPS-yoʻnaltirilgan avtomobil musobaqasini oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Bektemir tumani hududida mamlakatimizda ilk marotaba 22 ta avtotransport ishtirokida, yengil va oʻrta kategoriyada off-road avtoralli “Road instinct” musobaqasi oʻtkazildi. Bundan tashqari, GPS-navigatorlar yordamida yoʻnalishlar tanlab olindi. Tadbir natijasida, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan avtoturistlarni jalb qilgan holda 2019 yil oktabr oyida xalqaro off-road avtoralli musobaqasini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Ayni kunda, musobaqa hakamlari guruhi shakllantirilmoqda. Joriy yilda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida Federatsiya tomonidan “SKY accuracy cup 2019” paraplanda uchish va aniq qoʻnish boʻyicha musobaqa, “Lake open air” avtosayyohlar yozgi festivali,“Chimgan Air Battle-2019” paraplanda uchish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati, “4x4 Energy” avtoralli festivali, avtoturizm boʻyicha xalqaro musobaqalar, GPS-yoʻnalishida yangi marshrut oʻtkazish va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. “Federatsiya faoliyatining koʻlami kengayib bormoqda, biz nafaqat turizmning ekstremal turlarini, balki togʻ velosportini, velomotokross, mototurizm, paraplan va deltaplanda uchishni ommalashtirish bilan shugʻullanamiz. Federatsiyamizda mualliflik qoʻshiqlari va sheʼriyatning “Archa” ijodiy uyushmasi, “Oʻzbekiston qanotlari” paraplan va deltaplanda uchish birlashmasi, mototurizm hamda togʻda tez yugurish sportchilar jamoasi faoliyat olib boradi. – deydi Leonid Kozlovskiy. Xulosa oʻrnida aytish joizki, turizmni jadal rivojlantirishga jamoat tashkilotlarini keng jalb qilinishi sayyohlik yoʻnalishlarini koʻpaytirish va ommalashtirishga katta hissa qoʻshadi.
Yurtimizning har bir mintaqalarida ekoturizmni yuksak darajada yaratish uchun ekoturistik resurslar bo`lsada, ayni vaqtda ekoturizmni rivojlantirish qisman nazardan chetda qolayotganini ko`rishimiz mumkin. Chunki, yurtimizda mavjud ekoturistik rayonlar jumladan milliy qo`riqxonalar, milliy parklarga haligacha ma`sul shaxslar ya`ni ishchilargina kirishi mumkin. Shuningdek boshqa ekoturistik hududlar tog`li hududlar, suv havzalari, qor sporti maskanlariga mashrutlarning yetarlicha yo`lga qo`yilmagani va u hududlarda turistik tadbirkorlarlarning faoliyati mavjud emasligi, tunash uchun mexmonxonalar yo`qligi ekoturizm rivojiga halal beryapti. Ekoturizm sohasidagi istiqbollarimiz Respublikamiz ekoturizm resurslaridan foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlarini qayta ko`rib chiqish, aynan ekoturizm rivojiga hissa qo`shishga yo`naltirilgan tadbirkorlik firmalariga imtiyozlar, kreditlar berish, O`zbekiston bo`ylab qaytadan ekoturistik xaritalar tuzish, mashrutlarni tashkil qilish va yuqori malakali mutaxasislar ko`magi orqali qo`lga kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |