Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi sаmаrqаnd iqtisodiyot vа servis instituti «turizm» kаfedrаsi



Download 69,78 Kb.
bet2/11
Sana08.02.2022
Hajmi69,78 Kb.
#435279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
КУРСАВАЯ 22 12 2021 06.02

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ekoturizm butun dunyoda eng serdaromad sohalardan biriga aylandi. Ekspertlarning fikricha, bu tarmoqni yanada rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish, balki ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda turizm sanoatida 210 milliondan ortiq ishchi xizmat qiladi va undan olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.1
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ham boy tabiiy resurslar, betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Ushbu salohiyatni asrash va ko‘paytirish maqsadida ko‘plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Boisi, mamlakatimizda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturislarni ona tabiatimizga jalb etish, balki iqtisodiy sharoitni yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ekoturizm va uning rivojlanishi nafaqat o‘rganilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy sharoitiga, unda ekoturistik ob’ektlarning mavjudligiga va ularning geografik o‘rniga ham bog‘liqdir. Chunki tabiiy sharoit xususiyatlari hududning ekoturistik imkoniyatlarini va uning qaysi turlarini rivojlantirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
Respublikamiz o‘zining turistik resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyoda oldingi, dunyoda noyob turistik potensialga ega bo‘lgan 10-15 ta davlat orasida joy egallaydi. Uning hududida har xil tarixiy davrlarga mansub noyob arxitektura, tarixiy va tabiat yodgorliklari mavjud.
O‘zbekistonga turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiatidir, uning xilma-xilligidir. Sababi O‘zbekiston iqlimi, ob havosi yil davomida dam olish va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Jumladan, geografik o‘rni qulay, tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo‘lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan Toshkent viloyatida ekoturlarga talab yuqori.
Chunonchi, viloyatning ekoturistik salohiyati yuqori bo‘lib, uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Misol uchun, Bo‘stonliq tumani o‘zining ekoturistik salohiyati bilan viloyatning boshqa tumanlaridan ajralib turadi. Eng muhimi, hududda turizmning ayniqsa, ekoturizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Shu ma’noda bugun tumanda bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlarni sotish orqali ular negizida turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 80 ga yaqin davlat ob’ektlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm sohasida davlat ishtiroki qisqartiriladi va xususiy tadbirkorlik rivojlanadi. 15 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratiladi.
So'nggi yillarda turizm eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo'lib, XXI asrning eng daromadli sohasiga aylanmoqda. Hozir u dunyo bo'yicha avtomobilsozlik va neftni qayta ishlash sohasidan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Turizm transport, oziq-ovqat, mehmonxona, savdo-sotiq, hunarmandchilik, qurilish va boshqa xizmat turlarini ham rivojlanishiga olib keladi.
Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning o‘rni va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ko‘plab qarashlar olg‘a surilmoqda. Shu o‘rinda, “O‘zbekiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirishning ahamiyati nimalardan iborat?” degan savol tug‘iladi.
Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda turizm sanoatida 210 milliondan ortiq ishchi xizmat qiladi va undan olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSh dollarini tashkil yetadi. Bu iqtisodiy tomon hisoblanib, bundan tashqari asoslar ham talaygina.
Birinchidan, xalqaro maqomdagi tashkilot va muassasalarning ma'lumotiga ko‘ra, ko‘pgina turizm turlari yiliga o‘rtacha 5 foizga ortib borayotgan bo‘lsa, ekoturizm yiliga o‘rtacha 20-30 foizga ko‘payib bormoqda. Ko‘pgina mutaxassis va tadqiqotchilarning ilmiy tajriba va xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi va yosh yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik yo‘nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda;
Ikkinchidan, O‘zbekistonda turizmning tarixiy turizm, yoshlar turizmi, madaniy turizm va shu bilan birga Ekologik turizm kabi turizmning muhim turlari yuzasida muayyan yutuq va tajribalar bazasi shakllanadi;
Uchinchidan, ayni paytda O‘zbekistonda 800ga yaqin turizm faoliyatini ko‘rsatuvchi turoperatorlik firmalari, 600ga yaqin mehmonxonalar, 30dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qo‘riqxona, milliy bog‘, nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta o‘rmon xo‘jaliklari, faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda 400 dan ortiq tabiatning noyob yodgorliklari mavjud.

Download 69,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish