Kurs ishidan ko’zlangan maqsad: Ekologik turizmni tаshkil etishdа innovаtsion texnologiyalаrdаn foydаlаnish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishidan ko’zlangan vazifalar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotning raqamlashtirish sharoitida ekoturizm soghasida amalga oshirish mumkin bo’ladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
jahon turistik xizmat bozorida O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyish qilish;
hududlarning, ayniqsa tabiatning, geotizimlarning ekoturistik resurslari va imkoniyatlarinidan yanada samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borishni rag‘batlantirish;
turizmni rivojlantirishda ekoturizmning ahamiyati va ulushini oshirish;
O‘zbekistonda joriy etilgan turistik faoliyatda ekoturistik xizmatlar sifatini tubdan takomillashtirish va ekoturistik xizmatlar hajmini jadal oshirish;
Istiqbolda ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy, innovatsion va metodik ishlanmalarni yaratish;
O‘zbekistonning turizm sohasidagi ijobiy qiyofasini shakllantirishda ekoturizm rolini oshirish va h.k.
O‘zbekiston ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. Turoperatorlik firmalari tomonidan “Toshkent-Chorvoq-Toshkent”, “Toshkent-Bildirsoy-Chimyon-Toshkent”, “Toshkent-Zomin-Toshkent”, “Toshkent-Aydarko‘l-Toshkent” kabi marshrutlarda o‘tkazilgan ekoturlar, cho‘l hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo turistlarining katta e'tibor va e'tiroflariga sazovor bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatayotgan turoperatorlik firmalari asosan, Chimyon-Chorvoq rekreatsiya zonasi doirasida faoliyat ko‘rsatmoqda xolos. Biroq, O‘zbekistonning Hisor, Bobotog‘, Ko‘hitangtog‘ (Surxondaryo), Chaqchar (Qashqadaryo), Nurota (Navoiy-Jizzax), Zarafshon (Samarqand), Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg‘ona), Qurama, Chotqol (Namangan) tog‘lari, Qizilqum cho‘lidagi qoldiq tog‘lar, Qizilqum cho‘li, Orol dengizining qurigan tubi va qodiq sho‘r ko‘llar, Ustyurt platosi, Borsa kelmas sho‘rxogi, Mingbuloq botig‘i, Aydarko‘l, Dengizko‘l, Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to‘qaylar, Muruntov kareri va tabiatning noyob yodgorliklari bo‘ylab majmuali va mavzuli ekoturlar tashkil etish to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘zbekistonda o‘ziga xos joziba va takrorlanmas manzaralarga boy bo‘lgan speleoturizm (g‘or turizmi) katta imkoniyatlarga ega. Ayni paytda O‘zbekistonda 500dan ortiq g‘orlar bo‘lib, ma'lumotlarga ko‘ra, yetarli turistik infratuzilmaga ega bo‘lmaganligi sababli ularning birortasiga ham ekoturlar tashkil etilmayapti.
O‘zbekiston cho‘llari va tekislik hudlarida barxan, dyuna, to‘qay, sho‘rxok, taqir, quduqlarni, shuningdek mahalliy cho‘ponlar yashash tarzini namoyon qiluvchi o‘tovlarni tomosha qilishga qaratilgan tuya sayrini tashkil etish katta imkoniyatlarga ega.
Katta Chimyon, Zomin, Chotqol, Ko‘ksuv, Piskom, Turkiston, Hisor, Zarafshon, Oloy, Qurama, Nurota tog‘larida piyoda, trekking turlarini hamda alpinizmni tashkil etishga tabiiy geografik shart-sharoit mavjud. Shuningdek, tog‘lardan oqib tushuvchi ko‘plab serostona va sharqiroq daryo va soylar (Ugam, Chotqol, Piskom, Ko‘ksuv, To‘polondaryo, Shoximardon, Sangzor, Zarafshon va h.k.)larda rafting turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta.
Ilmiy tadqiqot muassasalari va mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ekoturizmning rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog‘liq holda shakllanmoqda.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ekoturizmning ilmiy va metodologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi, ilmiy va o‘quv adabiyotlar nashr qilindi. An'anaviy ustoz-shogird tizimida ekoturizm va o‘lkashunoslikning nazariy jihatlari o‘rganildi.
Ammo, bu boradagi tahlillar ekoturizm yo‘nalishida tabiatni, geotizimlarni yaxshi biladigan, tabiatda va tabiatning ekstremal sharoitlarida guruhni boshqara oladigan, zurur bo‘lganda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lgan bakalavr kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Sababi, tarixiy turizm, diniy turizm, tibbiyot turizmi, madaniy turizm kabi turizm turlari asosan shahar joylarda, turistik infrastruktura va servis obektlari yetarli joylarda o‘tkazilsa, ekoturlar asosan tabiat qo‘ynida va geotizimlarda olib boriladi, aksariyat ekoturlar ekstremalligi bilan xarakterlanadi.
Zamonaviy iqtisodiyotda turizmning barcha sohalari so’nggi vaqtlarda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Shu jumladan, Ekologik turizm ham hozirda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oʻzgarishlar jarayonida mamlakatda ekoturizmning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston Respublikasining koʻpgina mintaqalaridagi tajribaning koʻrsatishicha, ekoturizm — bu, ishchi oʻrinlar sonini koʻpaytirishga, tabiiy ekotizimlarni tiklash va saqlashga koʻmaklashuvchi faoliyatdir, bu esa oʻz navbatida ekoturizmni Markaziy Osiyoda keng tarqatish zarurligini koʻrsatadi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda koʻpgina sayyohlik tashkilotlari Oʻzbekiston boʻylab ekologik turlarni ishlab chiqildi, shuningdek mamlakatda bevosita ekoturizm bilan shugʻullanadigan tashkilotlar tuzildi.
Ana shunday tashkilotlardan biri «Oʻzbekturizm» Milliy kompaniyasi, Fridrix Ebyert nomli Fond (GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferensiya tavsiyalariga koʻra tuzilgan «Ekosan-tur» Markazidir. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’ektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etildi.
Markaz faoliyatining rivojlanishiga 1999 yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan «2005 yilgacha boʻlgan davr mobaynida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Dasturi»2 ham yordam berdi. Ushbu Dasturga jahon madaniyati va tarixining merosiga kiruvchi tabiiy yodgorliklarini, qoʻriqxonalarini saqlash va aniq maqsadlarda foydalanish boʻyicha marketing chora-tadbirlari kiritildi.
Ekoturistik marshrutlarning marketing strategiyasi ishlab chiqilishi va rivojlanishida, Markaz ekologik resurslarning yaxlitlikda saqlanishi majburiyligi va bu resurslarga nagruzkalarning yoʻl qoʻyilmasligini inobatga oladi. Ushbu aspektda oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni asrash qonunchiligi, shuningdek, atrof-muhit va mustahkam rivojlanish sohasida xalqaro kelishuvlarda qabul qilingan normalar Markazning oʻz maqsadiga yetishishida ijobiy yordam beradi.
Oʻzbekiston Respublikasida ekoturizmning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina muammolar bor. Jumladan, mahalliy aholini ekoturistik faoliyatga jalb qilish, malakali mutaxassislarning yetishmasligi, koʻpgina mamlakatlardagi potentsial sayyohlarning Markaziy Osiyo mintaqasining ekoturistik noyob tabiiy-landshaft imkoniyatlaridan bexabarligidir.Ushbu va boshqa masalalarni yechish maqsadida ekoturizmning mustahkamligi va ustunligi toʻgʻrisida mahalliy aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilayapti, Iqtisodiyot universitetida va vazirliklarda kadrlarni oʻqitish boshlandi. Mintaqaning ekoturistik imkoniyatlari toʻgʻrisida xorijiy jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida chet ellik turistik markazlar, turfirmalar bilan maslahat uchrashuvlari olib borilmoqda. Bu ishda xorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston elchixonasi va «Ekosan» fondining chet eldagi boʻlimlari ish olib borishyapti. Markaz tomonidan tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy aspektlarda loyihaning amalga oshirilishi toʻxtovsiz ravishda kuzatilmoqda, ularning oʻzaro aloqasi ekoturizmning mustahkamligi koʻrsatkichidir.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda respublikaning turizm salohiyatini rivojlantirish, bu sohaga investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga, mamlakat suv omborlarining turizm namoyishi obyekti va rekreatsiya zonalari sifatidagi salohiyati to‘liq ishga solinmaganligi, ularning hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilmaganligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 03.12.2018 yildagi 978-sonli 3 qarori ayniqsa suv xavzalari yaqinida istiqomat qiluvchilar uchun daromad olib kelishi bilan birga mamlakatimizda Ekoturizm yo’nalishini yuqori bir pog’onaga chiqarish uchun zamin yaratib beradi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bugun ekologik inqirozning sayyoraviy tus olishi insoniyatni tashvishga solmoqda. Ekologik muammolarning dunyo miqyosida haddan tashqari og‘irlashib ketayotgani zamirida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi pasayayotgani, uning resurslari kamaygani, atrof-muhit ifloslanib, zaharlanib borayotgani yotadi. Bu borada aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash o‘ta muhimdir. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda, tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Aynan shu sabab ham Ekoturizmni rivojlantirish joizki, insoniyat jonli tabiatdan bahra olishni ham o’rganishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |