O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
5110100–matematika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
03/19-guruh talabasi
Abdullayeva E’zozaxon Xudoberdi qizining
“Sirtlar naazariyasining asosiy elementlari” mavzusidagi
“Geometriya” fanidan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: D. Mo’ydinjonov
Matematika kafedrasi
o’qituvchisi
QO‘QON-2021-2022
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………….....3
I.BOB.Sirtlar nazariyasining asosiy teoremalari.................….……….…. 6
1.1-§.Sirtlarning ichki energiyasi ……...…….…………….…………......6
1.2-§.Geodezik chiziqlar.………………...…………………………….…..7
II.BOB. Vektorlarni parallel ko’chirish…………………………..…..….14
2.1-§.Vektor maydonlar…………………………………………….…….14
2.2-§. Gauss-Bonne teoremasi………. …………………………………...14
Xulosa…………………………………………………………...…………...33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………..………….34
Kirish
Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan shunday fikrlarni o’qish mumkin:
“Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir.
Bu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb- hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir.
... Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubhasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir”1
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.
Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |