O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo’limi


I. Meyoriy xujjatlar bilan ishlash



Download 5,97 Mb.
bet2/11
Sana28.06.2022
Hajmi5,97 Mb.
#716560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hisobot

I. Meyoriy xujjatlar bilan ishlash
1.1 Davlat ta’lim standartlarini tahlil qilish
(magistratura mutaxasisligi boyicha)
«Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar» va «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida « gi 343-sonli qarori bilan «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qabul qilingan ushbu hujjatlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalariga ega bо‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan va ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, о‘quv rejalari va fanlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida darsliklar va о‘quv qо‘llanmalarining yangi avlodini yaratish; oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan «Oliy ta’lim tо‘g‘risidagi nizom» va «Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi tо‘g‘risidagi nizom»ni ishlab chiqish va tasdiqlash; Oliy ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat bо‘lganda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish; oliy va о‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabilar mazkur qaror bilan belgilab qо‘yilgan.
"Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalari" (OT DTS): kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligini zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim mussasalari birituvchilariga qo’yiladigan umumiy malakaviy talablarni, o’quv yuklamasining xajmini, ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.
Klassifikator oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yо‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir. Unda oltita bilim sohasi nazarda tutilади. Klassifikatorda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari yettita raqamli kod bilan belgilanadi.
Oliy ta’lim bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatori (Klassifikator deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimining (KTYAT) tarkibiy qismidir. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish tо‘g‘risida" 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Klassifikator "Ta’lim tо‘g‘risida" va "Kadrlar tayyorlash Milliy dastur tо‘g‘risida"gi О‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "О‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi haqida" 1998 yil 10 noyabridagi PF-2107-son Farmoniga asosan tuzilgan.
Klassifikator YUNESKO tomonidan 1997 yil mart oyida qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK) prinsiplari asosida tuzilgan
Qo’llanish sohalari.

Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish