O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK - IQTISODIYOT INSTITUTI
MAGISTRATURA BO’LIMI
70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) « mutaxassisligi
1- kurs I-501-21 guruh magistranti
UZAKOV MUHAMMADJON TOSHTEMIROVICH
ILMIY - PEDAGOGIK ISHLAR
BO’YICHA HISOBOTI
Hisobot “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi yig’ilishida ko’rib chiqildi va muhokama etildi (bayonnoma № 10)
“12” 02. 2022 yil
|
Ilmiy rahbar
____________i.f.d. S.N.Xamrayeva
“___”_____ 2022 yil
|
“Innovatsion iqtisodiyot”
kafedrasi mudiri
____________i.f.d. S.N.Xamrayeva
“___”_____ 2022 yil
|
Magistratura bo‘limi boshlig‘i
_________t.f.f.d, dots.O.X.Eshqobilov
“___”_____ 2022 yil
|
Qarshi-2022
MUNDARIJA:
|
Kirish .
|
3
|
I.
|
Me’yoriy xujjatlar bilan ishlash ... ..
|
4
|
1.1
|
Davlat ta’lim standartlarini tahlil qilish (magistratura mutaxasisligi bo’yicha) ..
|
4
|
1.2
|
Magistratura mutaxasisligi bo’yicha o’quv rejalarini tahlil qilish .
|
6
|
1.3
|
Magistratura mutaxasisligi bo’yicha fan dasturlarini tahlil qilish .
|
8
|
1.4
|
Magistratura talabalarining shaxsiy kalendar ish rejasini tuzish
|
10
|
1.5
|
Magistratura to’g’risidagi Nizom talablari bilan tanishish
|
11
|
II.
|
O’quv ishlari ..
|
13
|
2.1
|
Fanlar bo`yicha kalendar rejalar tuzish
|
13
|
2.2
|
Ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg`ulotlarida ishtirok etish
|
13
|
III.
|
Ma’naviy-ahloqiy-tarbiyaviy ishlar
|
15
|
3.1
|
“Odob-ahloq qoidalarini’’ni tahlil qilish .
|
15
|
|
Xulosa ..
|
18
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
20
|
|
Ilovalar ..
|
22
|
KIRISH
Hozirgi kunda respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos. Magistratura mutaxasisliklarining 1-bosqich talabalarining ilmiy-pedagogik ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘lajak yosh mutaxassislarni pedagogik faoliyat yuritishga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, ta’lim sohasi doimo ilm, madaniyat va ma’naviyat uchog’i hisoblangan, ilmli insonlar doimo qadrlanib kelingan. Ayniqsa fan-texnika taraqqiyoti natijalari shiddat bilan iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etilayotgan bir vaqtda jamiyatga eng avvalo tashabbuskor ,ijodkor kadrlar zarur. Zamonaviy shaxs kuzatish,tahlil qilish, taklif berish, qabul qilgan qarorlar uchun javob bera olishi kerak. Bu esa o’z navbatida ta’lim jarayonida shunday muhitni shakllantirib borish kerakki, talabalarda yuqorida qayd etilgan hislatlar rivojlantirilib borilishi zarur.Shuning uchun ta’lim jarayonini shunday tashkil etish zarurki, bunda talabalarning ijodkorlik qobiliyati rivojlantirilib borilishi, uning individual qobiliyatlari namoyon bo’lmog’i zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek: «Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo’l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o’qib-o’rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o’zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o’zgaradi.”1
Ushbu talablarga ko’ra, bo’lajak magistrlar uchun pedagogik faoliyatni to’liq darajada o’zlashtirishlari talab etiladi. Ular pedagogik faoliyat davomida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishlari lozim.
Magistrantlarning ilmiy-pedagogik ishi, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, amaliy ko’nikmalarni egallashlari hamda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun imkon yaratadi.
Men 70310102 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaxassisligi magistratura mutaxassisligi bо‘yicha 1-kursda tahsil olaman va ilmiy-pedagogik ishi bo`yicha faoliyatimni “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasida olib bormoqdaman. Ilmiy pedagogik ishimni mutaxassisligimning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, magistrlar tayyorlash o’quv rejasiga hamda shaxsiy kalendar ish rejamning 2021-2022 o’quv yili 1-semestrida belgilangan ishlar asosida tashkil etib amalga oshirilgan ishlarni quyida keltirdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |