O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo’limi


Fanga oid meyoriy hujjatlar nusxalari ilovada keltirilgan



Download 5,97 Mb.
bet10/11
Sana28.06.2022
Hajmi5,97 Mb.
#716560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hisobot

Fanga oid meyoriy hujjatlar nusxalari ilovada keltirilgan.
III.Ma’naviy-ahloqiy-tarbiyaviy ishlar
3.1 “Odob-ahloq qoidalarini’’ni tahlil qilish
“Odob-ahloq qoidalarini’’ning maqsad va vazifalari quyidagilardir:
Maqsadi:
OTMda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kо‘maklashish, OTMning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.
Asosiy vazifalari:
- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini tо‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bо‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxissislarni tayyorlash;
- OTM jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;
- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zо‘ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarning ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tubdan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga kо‘maklashishdan iborat.
“Odob-ahloq qoidalarini’’ning 3-bо‘limida jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar keltirilgan. Unga asosan:
OTMda hamjihatlik, о‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amhurlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining о‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
OTMda о‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili - bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosining sо‘z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, о‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo sо‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga kelish huquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.
Jamoa a’zolarining OTMga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof kо‘rsatib turadigan, yelka, kо‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, tо‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari OTMga orasta bо‘lib, unga monand kiyim keyishlari lozim.
Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo sо‘zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi hamda OTMda о‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
OTM jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) sо‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bо‘lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq о‘z sо‘zini tugatib, boshqasi sо‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.
Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni о‘zlaridan oldin о‘tkazib yuborishlari lozim.
Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga о‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ochiq holda kо‘rsatishi shart.
Jamoa a’zolari OTM hududida yо‘lning о‘ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bо‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qо‘l berib sо‘rashish istisno bо‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bо‘lib qо‘l uzatganidan keyingina unga javoban qо‘l uzatish mumkin.
Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bо‘lmagan yoki OTMning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yо‘lida foydalanish taqiqlanadi.
Kompyuterlarda OTMga tegishli bо‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.
О‘quv mashg‘ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining osoyishtaligiga halaqit beradigan xatta-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.
OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga kо‘ra о‘z vaqtida kelashlari shart.
OTMda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qumor va tavakalchilikka asoslangan boshqa о‘yinlar о‘ynash qat’iyan man etiladi.
Talabalarning о‘zaro munosabatlarida-yagona jamoa, о‘zaro hurmat va e’tibor, dо‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilish lozim.
Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, о‘zganing intelektual mulkini о‘zlashtirib olish, qо‘pollik, behayo sо‘zlar ishlatish, mushtlashish, о‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.


XULOSA
Men ilmiy-pedagogik ishlar hisobotimni bajarish bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarining faoliyat sohalarini belgilash, magistratura mutaxssisliklarini o‘quv rejalari, magistratura to‘g‘risidagi Nizom, namunaviy dasturlar, o‘quv-tarbiya jarayonlariga tegishli meyorlar, uslubiy xujjatlar, fanlarni o‘zlashtirish sifatini nazorati, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini qanday yuritilishini, murabbiylik ishlari, ochiq darslar tahlili kabi bir qatori xujjatlarning yuritilishini o‘rganib oldim.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Mazkur qonun va meyoriy xujjatlarda tarbiyachilar va o‘qituvchilaroldiga quyilgan vazifalarni bajarish borasida yurtimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakatimizda va horijiy mamlakatlarda to‘plangan ijobiy tajribalarga asoslangan holda, oliy ta’lim tizimining to‘laqonli faoliyatini tashkil etish va islohatlarni jadallashtirishga qaratilgan meyoriy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqmoqda.
Mohiyati jihatidan mutlaqo yangi bo‘lgan kadrlar tayyorlash milliy modeli “Ta’lim to‘g‘risidagi “ va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da iborat qonunlarni qabul qilish va joriy etishga asos bo‘ldi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli O‘zbekiston iqtisodiyotinnig raqobatbardoshligini ta’minlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Ta’limning maqsadi va qimmatini, uning mazmuni va natijasini, ta’lim-kasb dasturlari asosiy xususiyatini, ta’lim jarayoni shakliy tuzumini, uning maqsadga erishish darajasini, bosqichma-bosqich va yakuniy tashxislash mo‘ljallangan ko‘lamini va vaqt meyorini, ta’lim va ma’lumotlilik darajasini belgilovchi davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Magistrtura talabasi oliy o’quv yurtida ta’lim olar ekan unga bergan huquq va majburiyatlaridan to’liq foydalanishi hamda institutda o’rnatilgan ichki tartib-qoidalar, odob-ahloq qoidalari, turli Nizom va yo’riqnomalar va boshqalardan foydalanishlari hamda unga amal qilishlari lozim.



Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish