II. O’quv ishlari
2.1 Fanlar bo`yicha kalendar rejalar tuzish
Fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi ta’lim yo‘nalishi fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi kabi meyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va aloxida shakl ko‘rinishida yoritiladi.
Fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi kafedra mudiri tomonidan o‘quv yili boshlangunga qadar kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlanadi. Kalendar reja ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya, kurs loyihalari kabilarning mavzulari va ularning bajarilishlari bo‘yicha nazorat qilib boruvchi meyoriy hujjat hisoblanadi.
2.2 Ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg`ulotlarida ishtirok etish
Ilmiy pedagogik faoliyatimda fanlardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg`ulotlarida ishtirok etish bо‘yicha reja qilgan ishlarimni bosqichma-bosqich bajarish hamda pedagogik ko‘nikmalariga ega bo‘lish maqsadlarida “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi, G.T.Samiyeva 5320102 - “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi 161,162,107-19 guruhida “Ijtimoiy soha iqtisodiyoti” fanidan ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlariga kirdim.
Ma’ruza mashg’uloti 8-135-xonada I juftlikda soat 15.00 dan 16.20ga qadar bo‘lib o’tdi. Ma’ruza mashg‘uloti 15.00 da boshlandi. Darsning tashkiliy qismi bajarildi. Talabalar bilan salomlashildi, davomat aniqlandi, xona tozaligiga e’tibor qaratildi.
G.T.Samiyeva dars mashg’ulotini boshlashdan oldin axborot yangiliklari jumladan, jamiyatimizdagi bo‘layotgan jarayonlar, hozirgi murakkab vaziyat pandemiyaning OTMlar faoliyatiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng yangi mavzu bilan tanishtirildi. “Uy-joy kommunal xo’jalik tarmog’i iqtisodiyoti” mavzusi haqida nazariy tushunchalar berildi. Talabalarga respublika iqtisodiyotida kommunal xo’jaligi xizmatining o’rni, uy-joy kommunal xo’jalik tarkibi va uning rivojlantirish masalalari, uy-joy kommunal korxonalar iqtisodiyoti, uy-joy kommunal xo’jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini baholash haqidagi bilimlar berildi. Bundan tashqari raqamli iqtisodiyot sharoitida uy-joy kommunal xo’jaligi korxonalari faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llash samaradorligi yoritildi. O’qitishning an’anaviy shakllari bo’lgan ma’ruza matni, o’quv-uslubiy majmua bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanildi..
|
|
|
2022-yilning 21-fevral kuni kafedra katta o’qituvchisi G.T.Samiyevaning “iqtisodiyot” yo’nalishi 159-19 guruhida “Makroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg’ulotiga (soat 08.30 dan 09.50 ga qadar 8-405 xona) qatnashdim. Ilg’or ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, “Binar” usulida dars o’tdik.
|
Guruh jurnalida 28 nafar talaba bo’lib, bugungi darsda 26 nafar talaba qatnashishmoqda. Ushbu guruh talabalariga dasrning 1-parasi bo‘lganligi sababali, “Makroiqtisodiyot fanining maqsadi, vazifasi va predmeti” mavzusida amaliy mashg‘ulot darsi o‘tildi. Dars asosan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarning mazmuni, maqsadi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Dars davomida talabalar juda faol va mavzu yuzasidan juda qiziqish bilan berilgan savollarga javob berishdilar..Xar bir talabaga variantlar bo’yicha topshiriq tarqatildi va ular o‘zlariga tegishli variant bo’yicha testlarni belgilab berishdi.
Shundan so‘ng darsda faol ishtirok etgan talabalar baholanib, mavzuni mustaqil o‘rganish uchun adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi, topshiriqlar berildi va darsga yakun yasaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |