to‘g‘rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi. Tuzatish ishlarida nuqsonli bolaning
rivojlanish imkoniyatlariga asoslanadi.
Aqli zaif bola deganda bosh miyasining organik buzilishi natijasida bilish faoliyatlarining turg‘un
pasayishi tushunamiz. Aqli zaif bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ularni o’rgatishning nazariy masalalari
qator fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Oligofrenoiеdagogika
umumiy psixologiya, logopediya,
pediatriya, nevronotologaya, anatomiya-fiziologiya, genetika, bioximiya va boshqa fanlar bilan bog‘liq
bo‘lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanali.
Oligofrenopedagogika
tarixi
: Aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanishi
ishlariga 200 yildan oshgan bo‘lsa-da, bir tizimda atroflicha bir butun,
tugallangan ishlar XX asr
boshlariga to‘g‘ri keladi. Kuzatish va qidiruv ishlarining uzoq muddatligi, tajribalarning asta-sekin
to‘planganligi, ayrim nazariy xulosalarga kelish uchun uzoq vaqt talab qilinganligi sabab
oligofrenopedagogaka fanining izchil tarixi nisbatan qisqargan.
Oligofrenopedagogika fanining dastlabki boshlang‘ich davri aqli zaiflikning mohiyatini
aniqchash bilan xarakterlanadi. Birinchi marta psixiatr F.Platter ruhiy kasalliklar orasida aqli zaif
bolalarni ajratib berdi.
Aqli zaif bolalarni tasniflash, ularga klinik tavsifnoma berish ishlarni F.Pinel,
J.Eskiral tomonidan bajarildi. J.Eskiral birinchi marta “aqli zaiflik” atamasini fanga kiritadi. XIX asr
mobaynida jamiyatda ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli nuqsonli bolalarga alohida e’tibor
berish zarurliga haqida jamoatchilik fikri yuzaga keldi. Shu jarayon asosida aqli zaiflikni davolash,
diagnostika qilish, tasniflashga oid qator materiallar matbuotda chiqa boshladi. Ularga pedagogik yordam
ko‘rsatish haqida ham turli fikrlar e’lon qilina boshlandi.
Aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasining yuzaga kelishida E.Segenning pedagogik
va ilmiy faoliyati katta o’rin egallaydi. Ayniqsa uning 1864-yilda yozilgan “Aqliy normal bo‘lmagan
bolalarning tarbiyasi gegiеnasi va axloqiy davosi” asari oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bo‘ldi.
E.Segen tomonidan aqli zaif bolalar tarbiyasi nazariy asoslarining chuqur ishlab chiqilishi bu
yo‘nalishdagi ilmiy ishlarning yanada jonlanishiga sabab bo‘ldi. Maxsus pedagogikaning yuzaga
kelguniga qadar, aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi masalalari davolash pedagogakasining mavzu-bahsi edi.
Oligofrenopedagogika fanining mavzu-bahsi aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi, ulardagi nuqsonni
kuzatish difektologiyai fanining alohida e’tibor berib kelgan sohasidir. Aqli zaiflikning еngil darajalarida
bu nuqson tashqaridan qaraganda uncha ko‘zga tashlanmaydi. Bunday bolalarni odatdaga nuqsonsiz
tengqurlaridan ajratib olish ham ko‘p hollarda qiyinchilik tug‘diradi. Ba’zi hollarda tegishli ta’lim-tarbiya
amalga
oshirilmasa, bunday bolalar pedagogik qarovsiz bolalar safiga kirib qoladilar. Nuqsonli
bolalarni diagnostika qilish ishlaridan xatoliklar ba’zi hollarda ko‘ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin.
Masalan, ommaviy maktabga tushib qolgan aqli zaif bola nuqsonsiz tengqurlari singari ular bilan birga
o‘quv materiallarini o‘zlashtira olmaydi. O‘z vaqtida malakali yordam olmagandan keyin borgan sari
bunday bolalarning bilim saviyalari pasayib, surunkali o‘zlashtirmovchilar qatoriga ko‘shiladi. Noto‘g‘ri
qo‘shib qo‘yilgan nuqsonsiz bola esa sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida orqada qola boshlaydi. Bunday
noxush ko‘ngilsiz xatolar aqli zaiflikning mohiyatini tushunib еtmaslik natijasida sodir bo‘ladi. Shuning
uchun oligofrenopedagogikada aqli zaiflik masalasi alohida o‘rganishni talab etadigan mavzulardan
biridir. Aqli zaiflik deganda me’yoriy ruhiy rivojlanishdan chetlatib, haqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib
keluvchi holat tushuniladi.
Aqli zaiflikni keltirib chiqaruvchi sabablar turli ilmiy, uslubiy, psixologo-pedagogik
va tibbiy
adabiyotlarda qo‘yidagicha ifodalangan:
1. Homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiya, intoksikasiya va jarohatlar;
2. Tug‘ilish vaqtida jarohat va asfiksiya;
3. Chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli intoksikasiya, ovqatlanishning buzilishi
va boshqalar;
4. Turli irsiy yo‘l bilan avloddan-avlodga o‘tadigan gen, xromasoma kasalliklari.
Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsonning o‘zi emas, balki u
bilan bog‘langan, buzilgan ruhiy holatlardir. Shu bilan birga aqli zaif deb, bu holatning turg‘unligini ham
tushunamiz. Mana shu mezonning bor yoki yo‘qligiga qarab aqliy qaloqliqning boshqa unga o‘xshash
turlaridan farqlashimiz lozim. Aqliy qaloqning asosiy belgilari:
a) bosh miyada organik buzilishning mavjudligi;
b) bilish faoliyatlarining umumiy, chuqur buzilganligi;
d) bilish faoliyatlari buzilganligining turg‘un xarakteridaligi.
Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi:
a)
aqliy rivojlanmaganlik, bosh miyaning organik buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan
pedagogik qarovsizlar;
b) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;
d) aqliy jihatda saqlangan bo‘lib, chuqur nutq kamchiliklari bo‘lgan bolalar.
Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniyani uch darajaga ajratiladi: debillik, imbesillik
va idiotlik.
Do'stlaringiz bilan baham: