O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

Debillik 
– bir muncha еngil daraja bo‘lib, oligofreniyaning eng ko‘p tarqalgan darajalaridir. 
Yordamchi maktab o‘quvchilarining asosiy qismini debil bolalar tashkil qiladi. Bu bolalarni saralash 
vaqtida ma’lum qiyinchiliklarga duch kelamiz. Buning asosiy sababi shuki, aqliy nuqson u darajada 
chuqur emas. Bu bolalar bog‘cha yoshi davrida sodda mazmunli o‘yinlarni tashkil qila oladi. Maktab 
yoshi davrida esa ma’lum konkret holatlarni baholay oladi, amaliy masalarni еchishda to‘g‘ri ish tutadi. 
Nutqi asosan saqlangan bo‘lib, mexanik xotirasi nisbatan yaxshi natijalar beradi. 
Qator ijobiy xislatlariga qaramay, bu bolalarga ham ma’lum darajada aqliy rivojlanmaganlik 
xosdir. Bu bolalarning tafakkurlari ko‘rgazma-obraz mazmunni kasb etadi. O‘qilgan muayyan mazmunni 
qiyinchilik bilan o‘zlashtiradi. Fanlarni to‘g‘ri idrok qila turib, ularning ichki bog‘lanishlarini 
tushunadilar. Ularning nutqi sodda, famatik tomoni buzilgan bo‘lishi mumkin. So‘zli tushuntirishlar 
konkret holatlar bilan bo‘lmasa materiallarni juda qiyin idrok etadi. Debil bolalarning еtarli aqliy taraqqiy 
etmaganliga, ular shaxsining shakllanmaganligi bilan birga qo‘shilib ketadi. Bu xislat fikr yuritish va 
qarashlarning mustaqil emasligida, bilimga intilish еtishmasligida, tashabbuskorlikning bo‘shligida, 
mehnat faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Bu bolalardagi amaliy intilishlarning borligi, kelajakda jamiyatda 
o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini egalashlariga yordam beradi. 
Imbesillik – 
debil darajadan bir muncha og‘ir darajadir. Aqliy nuqsonning imbesillik
darajasida oligofreniyaning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘lishi mumkin. Konkret 
holatlarda umumlashtira olmaslik, xatto oddiy tushunchalarni hosil qila olmasligi bilan ajralib turadi. 
Imbesil bolalarning mantiqiy fikrlash jarayonlari juda past darajada bo‘ladi. Kitobdagi matnlarni mexanik 
ravishda o‘qib, uning mazmunini tushunmaydi. O‘ngacha sanash, o‘n ichida hisob-kitob qilishlari 
mumkin. Lekin ularda murakkab son haqida tushuncha yo‘q. Ular faoliyatlarida tashabbuskorlik, 
mustaqillikka intilish kabi shaxsiy xislatlar bo‘lmaydi. O‘zlarining mustaqil ishlarini aqliy jihatdan 
tushuntirib bera olmaydilar. 
Idiotlik 
– oligofreniyaning eng og‘ir darajasi bo‘lib, ular idroklarida qo‘pol rivojlanmaganlik 
ko‘rinadi. O‘z shaxsini aniq bilmaydi. Ularning nutqi ma’nosiz tovushlardan, ba’zan alohida so‘zlar 
yig‘indisidan iborat. Hissiyotlari haddan tashqari sodda bo‘lib, fiziologik xohishlar bilan bog‘liqdir. 
Xursandchiliklari to‘qligidan turar joyining issiqligi, patologik intilishlarini qondirishdan bo‘lishi 
mumkin. Xafagarchiliklari esa sovuq, ochlik, og‘riqdan bo‘lishi mumkin. O‘zlarining xursandchiliklarini 
sakrash, qichqirish, mimika harakatlari bilan namoyon etsalar, xafagarchiligini qaysarlik, o‘z tana 
organlarini jarohatlash bilan ko‘rsatadi. Idiot darajadagi aqliy nuqsonlikda turli tutqanoqlar kuzatilishi, 
ba’zan jismoniy rivojlanishida qo‘pol nuqsonlar uchrashi – teri nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari, 
endokrin va modda almashinuvchining buzilishi ko‘rish mumkin. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish