Xarakterida shizoid belgilari bo
‘
lgan bolalar.
Xarakterida shizoid belgilari bo‘lgan bolalar
ko‘pincha nasl-nasabida ruhiy kasalliklar (shizofreniya) bo‘lgan oilalarda uchraydi. Ammo shuni esda
yaxshi saqlash kerakki, bola xarakterida shizoid belgilarning bo‘lishi shizofreniya singari ruhiy kasallik
borligidan aslo darak bermaydi. Bunday bolalarning xulq-atvorida konstitusional shartlangan bir qancha
xususiyatlar va qiyinchiliklar bo‘ladiki, ularni pedagog nazarga olishi zarur. Shizoid psixopatiyali
bolalarning kamol topishidagi o‘ziga xos belgilari ilk maktabgacha tarbiya yoshidayoq namoyon bo‘ladi.
Ularning ba’zilari juda ham ta’sirchan bo‘ladilar, hamma yangiliklardan qo‘rqadilar, ikkinchi turlari –
jonsarak bo‘ladilar, uchinchi xillari esa bo‘shang va passiv bo‘ladilar. Ammo ularning hammasi
“odamovi” bo‘lib, kattalar bilan suhbatda bo‘lishni afzal ko‘rmaydilar, o‘z tengdoshlaridan ajralib qolgan
bo‘ladilar. Mahmadonagarchilikka moyil bo‘ladilar. Maktab yoshiga еtganda ularda aqliy o‘sish jadal
boradi-yu, ammo motorika еtarli darajada rivojlanmaydi: ular harakatda bir muncha besunaqay, qo‘pol
bo‘ladilar, ovqatni isqirtlik bilan еydilar. Ularda emotsional-irodaviy soha ham o‘ziga xos ravishda
rivojlanadi. Ulardan ba’zi birlarining emotsional tuyg‘usi sovuq bo‘ladi, boshqalari esa kimgadir
nihoyatda mehr qo‘yadilar. Bu guruhdagi bolalar haddan tashqari jizzaki, o‘ziga ishonmaydigan bo‘ladi.
Bu bolalar o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan og‘ir iztirob chekadilar. Ularning xususiyatidagi eng asosiy
belgi odamlarga aralashish ehtiyojining kamayganligidir; shu sababli ular ko‘pincha o‘zlarini boshqa
bolalardan chetda tutadilar va jamoa bilan yashashni xohlamaydilar. Emotsional sustkashlik, biqiqlik,
amaliy ishga moslashmaganlik va yaxshi rivojlanmagan motorika tafakkurning, asosan abstrakt fikr
yuritishning yuksak darajada rivojlanmaganligi, nasl-nasabida og‘ir dardlar bo‘lganligi – bu holni shizoid
psixopatiya jumlasiga kiritish uchun asos bo‘la oladi. Emotsiyalarning bo‘shlig‘i shizoid bolalar uchun
eng xarakterli xususiyatdirki, u eng ilk bolalik chog‘laridayoq namoyon bo‘ladi. Ularda boshqa bolalar
bilan faol muomala bo‘lishga talab, o‘yinchoqlarga qiziqish bo‘lmaydi, amaliy faoliyatga intilish yo‘q. Bu
esa ularning motorikasining yanada rivojlanishiga to‘siqlik qiladi. Bu bolalarda voqelik bilan aloqaning
bevosita formasi o‘rnini ko‘proq gaplashib oladi, shu sababli ularda abstrakt mavzularda ko‘p savollar
berish va fikr yuritish, kitobga barvaqt qiziqish paydo bo‘ladi. Ular kitob o‘qishni ancha erta boshlaydilar.
Bu esa abstrakt fikr yuritishning yaqqol ustun bo‘lishiga olib keladi. Bu bolalar bilan korreksion-
tarbiyaviy ishni juda yoshligidan boshlash zarur. Bu ish birinchi navbatda motorikani rivojlantirishga
qaratilishi lozim; bolalarni kiyinishga, еchinishga, botinka ipini bog‘lash, buyumlarni yaxshilab
tanlashga, kubiklar, piramidalar, mozaykalar yasashga, rasm chizishga, rasmlarni bo‘lishga va boshqa shu
singari ishlarga o‘rganish zarur. Bolaning еtarli bo‘lmagan motorikasini butun choralar bilan o‘stirib
borish o‘rniga ota-onalar, ko‘pincha unga haddan ziyod vosiylik qiladilar, bolaning bajarishi lozim
bo‘lgan hamma ishlarni o‘zlari qilib, uning harakatlarini takomillashtirishga yanada ko‘proq xalaqit
beradilar, amaliy ishga moslashmaganligini kuchaytiradilar. Bunday bolalar maktabda o‘qiy
boshlaganlarida pedagog, yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlardan tashqari, ularda maktab ko‘nikmalarini,
ayniqsa, yozuv ko‘nikmalarini o‘stirishga alohida e’tibor berish lozim. Bu bolalar odatda yaxshi o‘qiy
olishlari, o‘qilgan matnni yaxshi tushunishlariga qaramay, yozuvni yaxshi egallay olmaydilar: motorika
еtarli o‘sib bormaganligi hisobiga xunuk yozadilar, ular e’tiborsizlik oqibatida orfografik xatolar qiladilar.
Pedagog dars vaqtida bunday o‘quvchiga doimo e’tibor berib turishi, uning ishini doimo nazorat qilib
borishi, uni aktiv faoliyatiga jalb etishi lozim. Bunda u bilan aloqa o‘rnatishi juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |