Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Reaktiv holatlarni vujudga kelish sabablarini ayting.
2. Konfliktli kechinmali bola, “Reaktiv holat” iboralariga izoh bering.
3. Reaktiv holatga tushgan, konfliktli kechinmali bolalarga xos bo‘lgan xususiyatlarni tushuntirib
bering.
4. Reaktiv holatga tushgan boladaga asab-psixik buzilishlarning turlari va darajalariga tavsif
bering.
5. Bolalarda uchraydigan “enurez” kasalligi haqida tushuncha bering.
6. Affektiv tus olgan munosabatlarni tushuntiring.
7. Konfliktli kechinmali bola bilan korreksion ishda pedagog va oila hamkorligi.
7. BOLALARDA PSIXIK KASALLIKLARNING BOSHLANG‘ICH KO‘RINISHLARI. (4- soat)
Reja:
1.
Psixik kasalliklar haqida tushuncha berish.
2.
Shizofreniya va epilepsiya kasalligining vujudga kelish sabablari.
3.
Psixik kasallikning alomatlari bo‘lgan bolalarning xulq-atvoridagi o‘zgarishlar, ularning o‘ziga
xos xususiyatlari.
4.
Psixik kasallikka duchor bo‘lgan bolalar bilan ishlashda pedagogning vazifalari.
Tayanch iboralar va tushunchalar:
shizofreniya, epilepsiya, intellektual еtishmovchilik,
emotsional irodaviy soha, aqli zaiflik, tutqanoq tutish, emotsional kechinma.
Psixik kasalliklarning alomatlari ko‘pincha bolalarda maktab yoshida namoyon bo‘la boshlashi
tufayli, shuningdek, ko‘pgina bolalar davolanishidan keyin yana maktabga qaytib kelishlari sababli
maktab direktori, psixolog, pedagog-o‘qituvchilari bolalardagi nerv-psixik kasalliklar haqida loaqal
elementar tasavvurlarga ega bo‘lishlari zarur. Kasallikni aniqlash bolani davolanish uchun yuborish va
davolanish tugagandan keyin maktabda bolaga nisbatan individual yo‘l tutishini ta’minlash nihoyatda
muhimdir.
Shizofreniya kasalligi bolalar orasida kam uchrab turadi. Shu narsa aniqlanganki, shizofreniya
ko‘pincha o‘smirlik yoshida kamroq hollarda, maktabning kichik yoshdagi va ayrim hollardagina
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolarda vujudga keladi.
Shizofreniya – og‘ir ruhiy kasallik bo‘lib, u psixikada kattagina o‘zgarishlarga, ba’zan esa aqli
zaiflikka olib keladi. Shizofreniya jarayonining davom etish xarakteri turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir
hollarda kasallik bir zo‘raygandan keyin bola tamomila tuzalib ketishi mumkin. Boshqa hollarda, jarayon
noqulay sharoitda davom etsa, asosan emotsional-irodaviy sohada ba’zi o‘zgarishlar ro‘y beradi, ammo
intellektual qobiliyatlar saqlanib qoladi va ta’lim-tarbiyada to‘g‘ri yo‘l tutish ta’minlansa, bolalar maktab
dasturini eplab ketadilar. Boshqa hollarda esa kasallik noqulay sharoitda, sustkashlik bilan va uzoq davom
etib, surunkali davrga o‘tsa, bollarning emotsional-irodaviy sohasida o‘zgarishlar ro‘y beradi va aqli
zaiflar maktabiga yuborish zarur bo‘ladi. Juda kam uchraydigan ba’zi bir hollarda esa shizofreniya shu
qadar chuqur psixik buzilishlarga olib keladiki, bunda bolalar yordamchi maktablarda ham o‘qiy olmay
qoladilar va ular psixiatrik muassasaga joylashtirishlari kerak.
Shezofreniya kasalligini asosiy sababi nasl-nasabida shu kasallikning bo‘lganligidadir. Bu
kasallikdagi asosiy simptomlar bolaning atrofidagi kishilar bilan aloqasining buzilishi bilan
xarakterlanadigan emotsional-irodaviy sohadaga o‘ziga xos o‘zgarishlardan iborat: bola tund bo‘lib
qoladi, g‘alati qiliqlar qiladi, be’mani g‘oyalarni aytadi, xavotirli, asabiy, asossiz vahimaga tushadigan
bo‘lib qoladi. Odatda o‘tkir psixik zo‘rayishlar umumiy hayajonlanish bilan birga bo‘ladi. Bu davrda ish
qobiliyati keskin kamayadi. Xulq-atvordagi o‘zgarishlar, kelishmagan qiliklar qilish, aftini burishtirish
bilan xarakterlanadi, bu holni ko‘pincha pedagoglar boladagi kasallikning ifodasi deb emas, balki
intizomsizlik, taltayish ifodasi deb baholaydilar.
Ba’zan pedagog epilepsiya singari kasallik bilan og‘rigan bolalar yoki o‘smirlarni uchratishga
to‘g‘ri keladi. Bu kasallikning eng xarakterli belgisi tutqanoq tutishidir: tutqanoqlarning ifodalanish
formasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘tkir tutqanoq davrida qo‘l-oyoq va badan juda qattiq titraydi,
bola xushidan ketib qoladi, nafas olishi buziladi, yuzi ko‘karib ketadi, til va jag‘ muskullari keskin
qisqaradi. Tutqanoq bir necha daqiqagina davom etadi. Shundan keyin bola o‘zini juda kuchsiz sezadi,
ba’zan biroz vaqt xushiga kelmay turadi, so‘ngra esa qattiq uxlab qoladi. Bolani o‘zi esa tutqanoqni
sezmaydi. Ba’zan tutqanoq tananing yarmida bo‘lishi va hushi saqlangan holda o‘tib ketishi mumkin.
Tanani titratmasa ham, lekin bir nafas hushdan ketkazib qo‘yadigan tutqanoq tutishlari ham bo‘ladi, bu
paytda bolaning ko‘zi bir nuqtaga tikilib qoladi, bola bir necha daqiqa davomida agrofdagilarni sezmaydi.
Har qanday kasallik singari, epilepsiya ham turli xilda o‘tadi va har xil darajada namoyon bo‘ladi. Ba’zi
bir bolalarda kasallik nisbatan ancha еngil o‘tadi. Tutqanoq ahyon-ahyondagina uchraydi va ba’zan
tegishli davolashdan keyin tamomila yo‘q bo‘lib ketadi: eng muhimi esa psixikada yaqqol ifodalanadigan
o‘zgarishlarning yo‘qligidadir. Tutqanog‘i shu tarzda o‘tadigan bolalar ommaviy maktabda muvaffaqiyat
bilan o‘qiy oladilar.
Pedagoglar shuni e’tiborga olishlari kerakki, tutqanoq tutish oldida bolalarda ko‘pincha vahima
va kayfiyatning buzilishi ro‘y beradi. Ular o‘jar, jizzaki, hatto qo‘pol, bir so‘zli va tajang bo‘lib qoladilar.
Ko‘pincha kayfiyatning bunday buzilishi muayyan davriylik bilan takrorlanadi va tutqanoqning o‘rnini
bosganday bo‘ladi.
Epileptik bolalarda emotsional kechinmalarning uzoq saqchanishi, fikr yuritishning og‘irligi,
ba’zan esa jahldorlikka moyillik tarzidagi xarakteriologik o‘zgarishlar ro‘y beradi, o‘smirlarda ko‘pincha
o‘ziga ortiqcha bino qo‘yish va qizg‘onchiqlik paydo bo‘ladi. Epilepsiya kasalligining vujudga kelishi
sabablari xilma-xildir. Bunga bola bachadonda bo‘lgan davrida turli zararli ta’sirlar, tug‘ish vaqtida lat
еyishi, ilk infeksiyalar sabab bo‘lishi mumkin, nasl-nasabidagi kasalliklar muayyan rol o‘ynaydi. Normal
intellektli va xarakterida alohida patologik o‘zgarishlar bo‘lmagan epileptik bolalar, odatda ommaviy
maktabda o‘qitilishini hisobga olib, maktab psixologi va pedagoglar ularni o‘z vaqtida shifokor huzuriga
yuborish uchun ham, ularga ta’lim-tarbiya jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutishni ta’minlash uchun ham bunday
bolalarning xususiyatlarini bilishlari muhimdir. Shuni bilish zarurki, bunday bolalarda kayfiyatning va
xatti-harakatning tutqanoqnoma o‘zgarib turishi, tutqanoq ifodasining o‘ziga xos formasidir. Agar
pedagog epileptik bolaning xulq-atvoridagi o‘zgarishlari sabab unga nisbatan talabni oshirsa yoki
jazolasa, bunday bolaning ahvoli yomonlashadi. Shu bilan birga pedagog bunday bolani nazariga olmasa,
sinf ishlariga jalb qilmasa yoki unga nisbatan talabni haddan tashqari kamaytirib yuborsa, bu ham g‘oyat
zararlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |