Muhit bolaning kamol topib borishi uchun sharoit sifatidagina emas, balki manba sifatida ham
namoyon bo‘ladi. Bola dunyoga kelgan dastlab kunlaridanoq uni o‘rab olgan ijtimoiy muhit bilan o‘zaro
munosabatda va uning ta’siri ostida bo‘ladi, bu muhit uning kamol topib borishini belgilab beradi.
Bolaning kamol topib borish jarayonida bir xarakterli xususiyat borki, navbatdagi har bir yosh bosqichida
o‘zgarishlar ro‘y beradi va shu bilan bir vaqtda shaxsning yangi xususiyatlari ham vujudga keladi. Ana
shu yangilikning vujudga kelishi bolaning kamol topishidagi asosiy va muhim belgidir.
Kamol topib borish jarayonida psixik jarayonlarning o‘zigina tarkib topib qolmay, balki bu
jarayonlar o‘rtasida murakkab o‘zaro bog‘lanish va o‘zaro munosabatlar ham yuzaga keladi, bu esa
umuman ong tarkibining rivojlanishini ta’minlaydi, ong darajasi esa o‘z navbatida har bir psixik
jarayonning bundan buyongi rivojlanishini va ongli faoliyatining ayrim formalarini belgilab beradi.
Har bir psixik funksiyalarning tarkib topib borishi jarayonida L.S.Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek,
kamol topishning o‘z optimal bosqichi bo‘ladi, bu bosqich esa ongdagi ana shu funksiyaning hal qiluvchi
mavqeini tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan bolaning differensiallashmagan ongida avvalo idrok etish
funksiyasi ajralib turadi. Idrok etish funksiya hali elementar effektiv reaksiyalar bilan qo‘shilgan holda
bo‘lsa ham, lekin uning ajralib turishi bolaning chaqaloqlik yoshidagi kamol topib borishi uchun idrok
funksiyasiga ustunlik mavqeini beradi.
Bola kamol topib borishida asosiy o‘rinni egallaydigan nutq singari murakkab turiga ham
yuqoridagidek taaluqlidir. Nutqning eng intensiv suratda o‘sib borishidagi hal qiluvchi bosqich 1,5
yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Bola nutqi 1,5 yoshgacha muayyan darajada o‘sib
boradi. 5 yoshdan keyin nutq juda intensiv suratda va xilma-xil tarzda o‘sib boradi, ammo uning o‘sish
sur’ati umr bo‘yi 1,5 dan 5 yoshgacha bo‘lgan darajaga hech qachon еtmaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshida boshqa psixik jarayonlar va xususan xotira rivojlanishda shunday
ustun mavqeini egallaydi. Xotira shubhasiz maktabgacha tarbiya yoshigacha va undan keyin ham kamol
topib boradi. Ammo u o‘z kamol topib borishining eng yuksak darajasiga xuddi shu yoshda еtadi.
Biror yosh davrida kamol topib borishning buzilishi kamol topishning navbatdagi davrlariga
muqarrar suratda ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, psixik jihatdan kamol topib borish bir
qator yosh davrlarini o‘z ichiga oladi: 1 yoshdan 3 yoshgacha, maktabgacha tarbiya yoshi bosqichi – 3
yoshdan 7 yoshgacha, ilk maktab yoshi bosqichi – 7 yoshdan 11 yoshgacha, o‘spirinlik bosqichi – 11
yoshdan 15 gacha va yigit-qizlar bosqichi 15 yoshdan 17-18 yoshgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: