Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Psixik kamol topishi vaqtincha to‘xtalib qolgan bolalarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ayting.
2. “Infantil” so‘zining ma’nosini ayting.
3. “Infantil”likni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni sanab o‘ting.
4. Maktab sharoitida, o‘quv faoliyatida infantil bolalarda uchraydigan qiyinchiliklar va ularni
korreksion pedagogika va logopediya asoslarilash ishlari.
5. Infantil bolalarning o‘quv faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklarning sababini tushuntiring.
6. Kamol topishda vaqtincha keyinda qolishning murakkablashmagan formasi qanday
maktablarda o’qitiladi.
5. ASTENIK HOLATDAGI BOLALAR (2soat)
Reja:
1.
Asteniyani vujudga keltiruvchi sabablar va ularning turlari.
2.
Astenik holatdagi o‘quvchilarning xulq-atvoridagi o‘zgarishlar.
3.
Bolalardagi astenik holatning oldini olish va ularni korreksiyalash.
Tayanch iboralar va tushunchalar:
asteniya, serebral asteniya, samotogen asteniya, psixogen
faktor, infantillik, intelektual еtishmovchilik.
Ommaviy maktabdagi ba’zi o‘quvchilarning ulgurmasligaga astenik holatlar deb ataladigan narsa
ham sabab bo‘ladi. Astenik holatni keltirib chiqaradigan sabablarga qarab odatda uni serebral asteniya va
somotogen asteniyaga ajratadilar. Samotogen asteniya ko‘pincha shikast еtkazadigan psixik faktorlar
hisobiga kuchayib ketadi. Faqat sof psixogen xarakterdaga astenoidning vujudga kelishi imkoniyati ham
yo‘q emas, albatta. Ammo ular astenik holatning namoyon bo‘lishi bilangina – cheklanadi va ko‘pincha
og‘ir konfliktli kechinmalarga olib keladi.
Ma’lumki, umumiy somatik infeksiyalar, еngil jarohatlar yoki bosh miyaning juda еngil
zararlanishi, shuningdek, uzoq va og‘ir psixik kechinmalar, qattiq charchash singari har qanday tashqi
noqulay faktorlar birinchi navbatda markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi va psixik faoliyatning
funksional buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Astenik holatlarning va ayniqsa serebroastenik
holatlarning xarakterli xususiyati shundaki, birlamchi – intellekt saqlangan bo‘ladi, intellektual faoliyat
buziladi. Bunday bolalar o‘quv faoliyati jarayonida tez charchaydi, asablari qaqshab qoladi, boshi tez-tez
og‘rib turadi. Buning natijasida ularning ish qobiliyati buziladi, xotirasi, diqqati zaiflasha boradi.
topshiriqni bajarayotganida e’tiborini bir joyga to‘play olmaydi yoki xayol surib o‘tiradi.
Markaziy nerv sistemasining birlamchi o‘zgarishlari (bosh suyakning lat еyishi, miyadagi
shamollash jarayonlari) bilan bog‘liq bo‘lgan va biz yuqorida bayon qilib o‘tgan serebral asteniya
formalaridan farq qilib bolalardagi astenik xususiyatlar jismoniy zaiflik, turli somatik kasalliklar (ichki
organlarning, yurak va tomir sistemasining kasalliklari), bolalarning yuqumli kasalliklari va shu singarilar
oqibati ham bo‘lishi mumkin.
Somotogen asteniyalar vaqtida bir qancha umumiy belgilar namoyon bo‘ladi, shu sababli
kasalliklarning har bir turi vaqtidagi asteniyani ta’riflab o‘tirishning hojati yo‘q. Ichki organlar kasalligi
vaqtidagi asteniyalarning xususiyatlari tuberkulyoz intoksikatsiyasi asta-sekin ro‘y berayotgan bolalarda
ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Bunday bolalardagi astenik belgilar shunda ifodalanadiki, ular tez charchab
qoladilar, ba’zan ularning boshi og‘rib turadi, asablari buzilib turadi, injiqlikka va yig‘loqilikka moyil
bo‘ladilar, yaxshi uxlamaydilar, ishtahalari pasayib ketadi, kayfiyatlari beqaror bo‘ladi, besabr va
besaranjom bo‘ladilar.
Tuberkulyoz bo‘lgan ba’zi bir bolalarda to‘la qimmatli intellekt saqlanib qolishiga qaramay,
ishda mahsuldorlik past bo‘ladi. Ular e’tiborlarini bajarilayotgan topshiriqlarga to‘play olmaydilar va
asta-sekin ulgurmovchi o‘quvchi bo‘lib qoladilar. Jismoniy jihatdan zaiflashgan bu bolalar, odatda,
o‘rtoqlari orasida obro‘li bo‘lmaydilar va ayniqsa yig‘loqi yoki jizzaki bo‘lsalar, hamma bolalar uchun
kulgi obеkti bo‘lib qoladilar. Bularning hammasi bolani maktab mashg‘ulotlariga ko‘pincha qiziqmay
qo‘yishga, intizomsizlikka olib keladi.
Ulgurmaslik va xulq-atvorining yomonligi munosabati bilan pedagog bunday bolalarga ko‘pincha
ular bajara olmaydigan talablarni qo‘yadi, ularni dangasalikda ayiblaydi, ota-onalarini maktabga
chaqirtiradilar. Ba’zi bir ota-onalar bolalarni jazolaydilar. Bu esa bolaning g‘azabini oshiradi va
kasalligini kuchaytirib yuboradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan har ikkala astenik buzilishlar bolani normal o‘sib kamol topib borishida
orqada qolish, tevarak-atrofdaga voqealar haqida, tasavvurining cheklanishiga, lug‘at zahirasining
kambag‘allashuviga va tafakkuring еtarli darajasida rivojlanmasligiga olib keladi. Shular tufayli
bolalarning xulq-atvorida buzilishlar, kamchiliklar, еtishmovchiliklar bo‘ladi, quyida biz bularga to‘xtalib
o‘tamiz.
Astenik holatdagi bolalar o‘z nutqlarida nuqson bo‘lmagan holda o‘qish, yozish va hisoblashni
o‘rganishda qiyinchiliklar kechiradilar. Qiyinchiliklar shunda namoyon bo‘ladiki, o‘qish vaqtida ular
ko‘pincha satrlarni tashlab ketadilar, gaplarni ajratib o‘qimaydilar, taxminan o‘qiydilar. Yozuvda turli
xatolar qiladilar: harflarni va so‘zlarni to‘liq yozmaydilar, bir necha so‘zni birga qo‘shib yuboradilar.
Bunda ayrim xarflar va bug‘inlarni tashlab ketadi va hokazolar.
Bunday bolalarning charchashi kuchayib borganida va tinch ish sharoiti bo‘lmaganida, ularning
o‘quv faoliyatdagi samaradorlik keskin kamayib ketadi. Ularning xatti-harakatida ham ba’zi bir o‘ziga
xos xususiyatlar namoyon bo‘ladi: ularning ba’zilari serjahl, jonsarak, serharakat, asabiylashgan, yig‘loqi
bo‘ladilar, boshqa birlari esa aksincha, bushang, jur’atsiz, sustkash, qat’iyatsiz bo‘ladilar. Ular ko‘pincha
noto‘g‘ri javob berishdan qo‘rqib, umuman javob berishdan bosh tortadilar. Faoliyatning buzilishi bola
hayotining ilk davrlarida namoyon bo‘ladi. Bu holdagi buzilishlar ko‘proq sebral asteniya kasalligida
uchraydi.
Somotogen asteniya kasalligi bilan og‘rigan bolalarda tez charchash, boshning og‘rishi, asablari
buzilib turadi, jismoniy еtilishlarida kamchiliklar bo‘ladi.
Bolalardagi astenik holatdagi kamchiliklarini oldini olishda pedagoglar, mutaxassis shifokorlar va
ota-onalar tomonidan alohida e’tibor bilan qaralishi lozim. Bolada kasallik boshlanishi bilan xulq-
atvorida o‘zgarishlar sezila boshlaydi, shunda ota-onalar va maktab o‘quvchilari bolaga nisbatan
muomala munosabatni o‘zgartirishlari lozim va qayta tarbiyalash sanatoriyalari va kerakli
mutaxassislarga yuborilishi lozimdir.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki infeksion kasalliklardan keyin vujudga keladigan asteniya
pedagog va shifokorlar tomonidan bolaga nisbatan to‘g‘ri yo‘l tutilganda odatda tamomila bartaraf etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |