O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Psixik kasalliklarning boshlang‘ich ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering. 
2. Bolalarda uchraydigan psixik kasalliklarning turlari va ularning kelib chiqish sabablarini 
tushuntiring. 
3. Psixik kasalliklar alomatlari bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlarni tashkil qilishni o‘rganish. 
4. Shizofreniya kasalligiga duchor bolalarning xulq-atvoridagi o‘zgarishlarnn aytib bering. 
5. Bolalarda uchraydigan tutqanoq kasalliklarning turlari va ifodalanish formasini tushuntiring. 
6. Epileptik bolalatga xos bo‘lgan xususiyatlar va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar. 
8. BOLALAR XULQ-ATVORINING PSIXOPATIK FORMALARI (4 soat) 
 
Reja: 
1.
Psixopatiya va uning kelib chiqish sabablari. 
2.
Organik psixopatiya. Epileptoid psixopatiya. 
3.
Xarakterida shizoid belgilari bo‘lgan bolalar. 
4.
Xarakterida isterik belgilar bo‘lgan bolalar. 
5.
Psixopat bolalar bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy ishlar. 
Tayanch iboralar va tushunchalar:
psixopat bola, shizoid psixopatiya, isteroid psixopatiya, 
epileptoid psixopatiya, vegetativ, organik psixopatiya. 
Ommaviy maktab o‘quvchilari orasida psixopat bolalar deb atatadigan bolalar uchrab turadi. 
Psixopatiya yo potologik irsiyat yo‘li bilan yoki bolaning bachadonda bo‘lgan (embrional) davrida, yohud 
chaqaloqlik vaqtida unga tashqi faktorlarniig noqulay ta’siri natijasida vujudga keladi. Nasliy (irsiy) 
psixopatiya masalasi xususida turli nuqtai-nazarlar bor. Ba’zilar psixopatiya xarakter patologiyasi 
tariqasida nasldan-naslga o‘tadi, deb hisoblaydilar. Ba’zilari esa psixopatiyani psixik kasalliklarning 
boshlang‘ich yoki o‘sib ulgurmagan formalari deb hisoblaydilar. Ko‘pgina avtorlar nasl-nasabida psixik 
kasalliklar bo‘lgan oilalarda psixopatik shaxslar ko‘proq uchraydi, deb ta’kidlaydilar. 
Tug‘ish vaqtidagi og‘ir jarohatlar, bolaning bachadondagi rivojlanish davrida yoki ilk bolalik 
yoshida ta’sir qiladigan miya infeksiyalari, uzoq davom etgan me’da-ichak kasalliklari yoki boshqa 
somatik kasalliklar natijasida paydo bo‘lgan taksikoz, shuningdek, homilaga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi 
faktorlar (sifilis, spid, alkogolizm, nur energiyasi, onaning surunkali kasalligi, taksoplazmaz, endokrin 


buzilishlar va shu singarilar) psixopatiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan tashqi noqulay faktorlar 
jumlasiga kiradi. 
Bolalarning psixopatik holatini kuzatishda ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati shu bilan 
belgilanadiki, psixopatiya kasallik emas, balki bolaning kamol topib borishidagi o‘ziga xos anomal 
jarayondir. Psixopatiya ayrim psixik funksiyalar va sistemalarning notekis (disgarmonik) rivojlanishi 
bilan xarakterlanadi. Masalan, psixopat bolalarda to‘la qimmatli aqliy o‘sish bilan bir qatorda emosional-
irodaviy sohada еtarli darajada rivojlanmaslik va o‘ziga xos o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Bunday 
bolalarning ba’zilari ortiq darajada ta’sirchan, jizzaki bo‘ladi, u oilaning boshqa a’zolariga befarq qaraydi, 
ammo yaqin kishilaridan biriga (ko‘pincha onasiga) nihoyat darajada yopishib olgan bo‘ladilar. 
Boshqa bir xil bolalar esa, aksincha bo‘ladilar, hech kimga mehr qo‘ymaydilar, indamas bo‘lib 
qoladilar, bir oz egoist (xudbin) bo‘ladilar. 
Ba’zi bir hollarda psixopat bolatar xarakteridagi xususiyatida egosentrizm, o‘z imkoniyatlariga 
ortiqcha baho berish, o‘zini hammadan yuqori qo‘yish singari qiliqlar namoyon bo‘ladi, bu esa ko‘pincha 
atrofdagilar bilan konfliktga olib keladi. Psixopat bolalarda ko‘pincha ortiqcha ta’sirlanish, ba’zi 
vaqtlarda esa affektiv jizzakilikka moyillik seziladi, ularda iroda uncha rivojlanmagan bo‘ladi, buning 
oqibatida beqaror kayfiyat vujudga keladi. Ularning xulq-atvori impulsiv xarakterda bo‘ladi. Bunday 
bolalarning ish qobiliyati pasaygan bo‘ladi, ular еtarli darajada diqqat-e’tiborli emaslar, diqqat-
e’tiborlarini bir joyga to‘play olmaydilar, maktab topshiriqlarini bajarishdagi qiyinchiliklarni еnga 
olmaydilar. Maktab rahbari va pedagoglar uchun psixopatiyaning klassifikasiyasini o‘rganishda psixopat 
bola shaxsi strukturasining xususiyatlari, uning xulq-atvoridagi o‘ziga xos jihatlari, uning kamol topib 
borishidagi qonuniyatlarni hamda bolalar psixopatiyasini tug‘diradigan sabablarni bilish muhimdir. 
Psixopatiyaning ba’zi bir formalarini bayon qilishga o‘tishdan oldin shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, xulq-
atvor va xarakterdagi har qanday buzilishni ham psixopatiyaning ifodasi deb o‘ylash yaramaydi. Xarakter 
va xulq-atvorda patologik irsiyatdan kelib chiqadigan yoki xomiladorlik davrida va bola hayotining ilk 
davrlarida miya sistemasining muayyan qismlari organik jihatdan zararlanishi (bu hol ko‘proq uchraydi) 
natijasida vujudga keladigan kamchiliklargina chinakam psixopatiya jumlasiga kiradi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish