O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

Organik psixopajiya.
 
Diensifal, ya’ni po‘stloq osti miya sistemalarining organik 
еtishmovchiligidan kelib chiqadigan psixopatiya shaxsning aqliy o‘sishda ancha orqada qolganini 
ko‘rsatadi. Bunday bola avvalo o‘z xatti-harakatlariga, qilgan ishlariga, o‘z faoliyatiga to‘g‘ri baho bera 
olmaydi, hamda primitiv narsalarga ortiqcha berilgan bo‘ladi (ko‘p ovqat еyishga intiladi, seksual 
intilishlari birmuncha beparda bo‘ladi). Bunday bolalarda emotsional soha o‘ziga xos ravishda 
rivojlanadi. Masalan, ularda elementar emosional his-tuyg‘ular (shodlik, qo‘rquv tuyg‘usi, ota-onalariga 
mehr saqlangani holda murakkab emotsional his-tuyg‘ular) rivojlanmaydi, ya’ni atrofdagi hodisalarga 
differensial, chuqur munosabat vujudga kelmaydi, shu sababli ularning emotsiyalari beqaror va yuzaki 
bo‘ladi. Bundan tashqari, shu guruhdagi psixonatlarda chuqur kechinmalar vujudga kelmaydi, shu sababli 
ularda o‘ziga bino qo‘yish, jizzakilik, xafa bo‘lish hollari uchramaydi.
Organik doiradagi psixopat bolalarda irodaning еtarli darajada rivojlanmasligi shunda namoyon 
bo‘ladiki, ular o‘z xatti-harakatlarini tartibga sololmaydilar, ya’ni o‘z faoliyatlarini o‘z oldilariga 
qo‘yilgan talablarga moslashtira olmaydilar. Bunday psixopat bolalarning kamol topib borishidagi 
xususiyatlari ilk bolalik davridayoq namoyon bo‘ladi hamda jonsarakligi, behuda baqirib-chaqirishi va 
yaxshi uxlamasligi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshida ular bo‘lar-bo‘lmasga 
mushtlashaveradilar, bolalar bilan chiqisha olmaydilar va o‘ynamaydilar, hech kimga yon bermaydilar. 
Maktabagacha tarbiya yoshning oxiriga borib, ularda ortiqcha primitiv intilishlar, o‘jarlik, affektiv 
jizzakilikka moyillik namoyon bo‘la boshlaydi. Intellekt, nutq va motorikaning rivojolanishi, odatda 
normal o‘tadi. Organik psixopatiya bo‘lganida maktab yoshi davrida, bolalarda shaxs rivojlanishi normal 
jarayoni buzilishga aniq ko‘rinadi. Ularda vaziyatga ichki munosabat vujudga kelmaydi, ular vaziyatni 
to‘g‘ri hisobga olmaydilar. Shu sababli ular kattalar, pedagogiga to‘g‘ri distant munosabatda 
bo‘lmaydilar, o‘z harakatlarini va ishlarini еtarli darajada anglab еtmaydilar. Ammo bunday bolalarda 
intellekt buzilmagan, tafakkur, xotira, ko‘rish qobiliyati va makonini idrok etish, nutq еtarli darajada 
o‘sgan. Organik psixopatiyali bolalarni o‘qitishdagi eng muhim narsa ularni topshiriqlarni puxta 


bajarishga qunt bilan o‘rgatishdir, avval osonroq topshiriqlar berib, keyin ularni asta-sekin 
murakablashtirib borish lozim. Bu guruhdagi psixopat bolalarga tarbiya berishdagi tadbirlar ularning o‘z 
xatti-harakatini tahlil qila olishga va to‘g‘ri baho berishga qaratilgan turlarini o‘z ichiga oladi. Pedagog 
doimo ularni eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan rejim sharoitida ushlab turishi va diqqat-e’tibordan chetda 
qoldirmasligi zarur. Organik doiradagi psixopat bolalar bilan ishlashda osoyishta va bir xil ohangda 
gapirish g‘oyat muhimdir, chunki ular juda ta’sirchan bo‘lganliklari sababli arzimagan gapdan jaxllari 
chiqib ketishi va affektiv jahldorlik darajasiga borib еtishlari mumkin. Pedagog shuni esda tutishi kerakki, 
affekt vaqtida bolaga nasihat qilishga va ayniqsa jazo berishga qaraganda uning e’tiborini boshqa biror 
faoliyatga qaratish yaxshiroqdir, chunki jazolash jahlni yanada kuchaytirishga olib kelish mumkin.
Bunday bolalar bilan ishlashda mehnatning hamma turlari – eng elementar qo‘l ishidan tortib, to 
ustaxonada, maktab еr uchastkasidagi, uydagi ishgacha katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Mehnat mashg‘ulotlarida bolalarning faoliyatini yaxshi yo‘lga qo‘yish, ularda yo‘l-yo‘riqqa
bo‘ysunish malakasini hosil qilish, boshlangan ishni oxiriga еtkazish, jamoada ishlash malakasini hosil 
qilish osonroqdir. Mehnat psixopat bolalarning umumiy hayajonlanishini kamaytiradi va ularning 
e’tibornni primitiv qiziqishlardan chalg‘itadi. Psixopat bolalar bilan ishlashda pedagogga ota-onalar juda 
katta yordam ko‘rsatishlari lozim. Shundagina bolaga bir xil munosabat ta’minlanishi mumkin. Bundan 
tashqari, zarur hollarda kerakli davolash tadbirlaridan foydalanmoq uchun psixonevrolog-shifokor bilan 
aloqa bog‘lab turish muhimdir. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish