O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Psixik kamol topishi vaqtincha to‘xtalib qolgan bolalarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ayting. 
2. “Infantil” so‘zining ma’nosini ayting. 
3. “Infantil”likni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni sanab o‘ting. 
4. Maktab sharoitida, o‘quv faoliyatida infantil bolalarda uchraydigan qiyinchiliklar va ularni
korreksion pedagogika va logopediya asoslarilash ishlari. 
5. Infantil bolalarning o‘quv faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklarning sababini tushuntiring. 
6. Kamol topishda vaqtincha keyinda qolishning murakkablashmagan formasi qanday 
maktablarda o’qitiladi. 
5. ASTENIK HOLATDAGI BOLALAR (2soat) 
 
Reja: 
1.
Asteniyani vujudga keltiruvchi sabablar va ularning turlari. 
2.
Astenik holatdagi o‘quvchilarning xulq-atvoridagi o‘zgarishlar. 
3.
Bolalardagi astenik holatning oldini olish va ularni korreksiyalash. 
Tayanch iboralar va tushunchalar:
 
asteniya, serebral asteniya, samotogen asteniya, psixogen 
faktor, infantillik, intelektual еtishmovchilik. 
Ommaviy maktabdagi ba’zi o‘quvchilarning ulgurmasligaga astenik holatlar deb ataladigan narsa 
ham sabab bo‘ladi. Astenik holatni keltirib chiqaradigan sabablarga qarab odatda uni serebral asteniya va 


somotogen asteniyaga ajratadilar. Samotogen asteniya ko‘pincha shikast еtkazadigan psixik faktorlar 
hisobiga kuchayib ketadi. Faqat sof psixogen xarakterdaga astenoidning vujudga kelishi imkoniyati ham 
yo‘q emas, albatta. Ammo ular astenik holatning namoyon bo‘lishi bilangina – cheklanadi va ko‘pincha 
og‘ir konfliktli kechinmalarga olib keladi. 
Ma’lumki, umumiy somatik infeksiyalar, еngil jarohatlar yoki bosh miyaning juda еngil 
zararlanishi, shuningdek, uzoq va og‘ir psixik kechinmalar, qattiq charchash singari har qanday tashqi 
noqulay faktorlar birinchi navbatda markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi va psixik faoliyatning 
funksional buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Astenik holatlarning va ayniqsa serebroastenik 
holatlarning xarakterli xususiyati shundaki, birlamchi – intellekt saqlangan bo‘ladi, intellektual faoliyat 
buziladi. Bunday bolalar o‘quv faoliyati jarayonida tez charchaydi, asablari qaqshab qoladi, boshi tez-tez 
og‘rib turadi. Buning natijasida ularning ish qobiliyati buziladi, xotirasi, diqqati zaiflasha boradi. 
topshiriqni bajarayotganida e’tiborini bir joyga to‘play olmaydi yoki xayol surib o‘tiradi. 
Markaziy nerv sistemasining birlamchi o‘zgarishlari (bosh suyakning lat еyishi, miyadagi 
shamollash jarayonlari) bilan bog‘liq bo‘lgan va biz yuqorida bayon qilib o‘tgan serebral asteniya 
formalaridan farq qilib bolalardagi astenik xususiyatlar jismoniy zaiflik, turli somatik kasalliklar (ichki 
organlarning, yurak va tomir sistemasining kasalliklari), bolalarning yuqumli kasalliklari va shu singarilar 
oqibati ham bo‘lishi mumkin. 
Somotogen asteniyalar vaqtida bir qancha umumiy belgilar namoyon bo‘ladi, shu sababli 
kasalliklarning har bir turi vaqtidagi asteniyani ta’riflab o‘tirishning hojati yo‘q. Ichki organlar kasalligi 
vaqtidagi asteniyalarning xususiyatlari tuberkulyoz intoksikatsiyasi asta-sekin ro‘y berayotgan bolalarda 
ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Bunday bolalardagi astenik belgilar shunda ifodalanadiki, ular tez charchab 
qoladilar, ba’zan ularning boshi og‘rib turadi, asablari buzilib turadi, injiqlikka va yig‘loqilikka moyil 
bo‘ladilar, yaxshi uxlamaydilar, ishtahalari pasayib ketadi, kayfiyatlari beqaror bo‘ladi, besabr va 
besaranjom bo‘ladilar. 
Tuberkulyoz bo‘lgan ba’zi bir bolalarda to‘la qimmatli intellekt saqlanib qolishiga qaramay
ishda mahsuldorlik past bo‘ladi. Ular e’tiborlarini bajarilayotgan topshiriqlarga to‘play olmaydilar va 
asta-sekin ulgurmovchi o‘quvchi bo‘lib qoladilar. Jismoniy jihatdan zaiflashgan bu bolalar, odatda, 
o‘rtoqlari orasida obro‘li bo‘lmaydilar va ayniqsa yig‘loqi yoki jizzaki bo‘lsalar, hamma bolalar uchun 
kulgi obеkti bo‘lib qoladilar. Bularning hammasi bolani maktab mashg‘ulotlariga ko‘pincha qiziqmay 
qo‘yishga, intizomsizlikka olib keladi. 
Ulgurmaslik va xulq-atvorining yomonligi munosabati bilan pedagog bunday bolalarga ko‘pincha 
ular bajara olmaydigan talablarni qo‘yadi, ularni dangasalikda ayiblaydi, ota-onalarini maktabga 
chaqirtiradilar. Ba’zi bir ota-onalar bolalarni jazolaydilar. Bu esa bolaning g‘azabini oshiradi va 
kasalligini kuchaytirib yuboradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan har ikkala astenik buzilishlar bolani normal o‘sib kamol topib borishida 
orqada qolish, tevarak-atrofdaga voqealar haqida, tasavvurining cheklanishiga, lug‘at zahirasining 
kambag‘allashuviga va tafakkuring еtarli darajasida rivojlanmasligiga olib keladi. Shular tufayli 
bolalarning xulq-atvorida buzilishlar, kamchiliklar, еtishmovchiliklar bo‘ladi, quyida biz bularga to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Astenik holatdagi bolalar o‘z nutqlarida nuqson bo‘lmagan holda o‘qish, yozish va hisoblashni 
o‘rganishda qiyinchiliklar kechiradilar. Qiyinchiliklar shunda namoyon bo‘ladiki, o‘qish vaqtida ular 
ko‘pincha satrlarni tashlab ketadilar, gaplarni ajratib o‘qimaydilar, taxminan o‘qiydilar. Yozuvda turli 
xatolar qiladilar: harflarni va so‘zlarni to‘liq yozmaydilar, bir necha so‘zni birga qo‘shib yuboradilar. 
Bunda ayrim xarflar va bug‘inlarni tashlab ketadi va hokazolar. 
Bunday bolalarning charchashi kuchayib borganida va tinch ish sharoiti bo‘lmaganida, ularning 
o‘quv faoliyatdagi samaradorlik keskin kamayib ketadi. Ularning xatti-harakatida ham ba’zi bir o‘ziga 
xos xususiyatlar namoyon bo‘ladi: ularning ba’zilari serjahl, jonsarak, serharakat, asabiylashgan, yig‘loqi 
bo‘ladilar, boshqa birlari esa aksincha, bushang, jur’atsiz, sustkash, qat’iyatsiz bo‘ladilar. Ular ko‘pincha 
noto‘g‘ri javob berishdan qo‘rqib, umuman javob berishdan bosh tortadilar. Faoliyatning buzilishi bola 


hayotining ilk davrlarida namoyon bo‘ladi. Bu holdagi buzilishlar ko‘proq sebral asteniya kasalligida 
uchraydi. 
Somotogen asteniya kasalligi bilan og‘rigan bolalarda tez charchash, boshning og‘rishi, asablari 
buzilib turadi, jismoniy еtilishlarida kamchiliklar bo‘ladi. 
Bolalardagi astenik holatdagi kamchiliklarini oldini olishda pedagoglar, mutaxassis shifokorlar va 
ota-onalar tomonidan alohida e’tibor bilan qaralishi lozim. Bolada kasallik boshlanishi bilan xulq-
atvorida o‘zgarishlar sezila boshlaydi, shunda ota-onalar va maktab o‘quvchilari bolaga nisbatan 
muomala munosabatni o‘zgartirishlari lozim va qayta tarbiyalash sanatoriyalari va kerakli 
mutaxassislarga yuborilishi lozimdir. 
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki infeksion kasalliklardan keyin vujudga keladigan asteniya 
pedagog va shifokorlar tomonidan bolaga nisbatan to‘g‘ri yo‘l tutilganda odatda tamomila bartaraf etiladi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish