O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Oligofrenopedagogika fanining predmeti maqsad va vazifasi nimadan iborat. 
2. Aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablaridan ajratishda o‘qituvchining vazifalari. 
3. Aqli zaiflikni turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting. 
4. Oligofrenopedagogika fanining tarixi, taraqqiyoti, asoschilari haqida ma’lumot bering. 
5. Aqli zaif bolalarni “tuzatish”ni qanday tushunasiz. 


6. Aqli zaif bola iborasiga tavsif bering. 
7. Oligofrenopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
 
10. NUTQI VA ESHITISH QOBILIYATIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR. (4 soat) 
 
Reja: 
1.
Eshitish va nutq qobiliyatining bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi va ularning inson hayotidagi 
ahamiyati. 
2.
Nutq buzilishining sabablari. 
3.
Eshitish organi funksiyasining buzilishi va uning darajalari. 
4.
Nutq va eshitish qobiliyatida og‘ir nuqson bo‘lgan bolalarni tabaqalashtirish. 
 
Tayanch iboralar va tushunchalar:
 
nutq, logopediya, garanglik, soqovlik, asfiksiya, 
meningoensefalit, meningit, nasliy, funksional buzilish, pereferik buzilish, markaziy buzilish. 
Bizga ma’lumki, odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta’siri ostida o‘tadi, 
qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi – bularning barchasi 
odamning eshitish organiga ta’sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi. 
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun 
uning eshitish organining qobiliyati normal bo‘lishi kerak, ya’ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada 
uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilishdanoq eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni 
eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlarni takrorlay olmaydi, ya’ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun 
ham tug‘ma karlar gung ham bo‘ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamning nutqi ham 
yaxshi rivojlanmaydi. 
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba’zi voqealarni ko‘rgandagiga 
nisbatan ularning mazmunini eshitganida to‘laroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektakl 
mazmunini radioda eshitganida to‘laroq tushunchaga ega bo‘ladi.
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo‘lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab 
nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va 
nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyanishida, musiqa san’atini tushunishida va barcha ruhiy 
faoliyatning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Qulog‘i turli darajada og‘ir bolalar uchun ham ta’lim berishning alohida metodlari zarurdir. 
Ularni qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog‘i 
yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus maktablarda o‘qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo‘lgan 
bolalar ta’lim olishni ko‘pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt 
muvaffaqiyatli o‘qiy olmaganlaridan keyingina qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bollar uchun mo‘ljallangan 
maxsus maktablarga o‘tkazadilar. 
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr masofada, pichirlab 
gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo‘tadil darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni 
quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab aytilgan gapni 1-3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – 
ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, garanglikning 
og‘ir darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 metrgacha va pichirlashni 0,5 metrgacha 
masofadan eshitadi. Qulog‘I og‘ir bolalarning eshitishdagi nuqson darajasinigina bilib qolmay, balki 
yaxshi eshitmay qolish qachondan boshlanganini ham hisobga olish juda ham muhimdir.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) 
omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini 
ko‘rib chiqishda evolyutsion dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil 
qilishdan anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish 
qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi sharoitni alohida 
o‘rganish talab qilinadi. 


Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning 
birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa 
faktorlarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo‘lgan bolaning kar-saqov ota-ona 
qo‘lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo‘lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning 
rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada 
duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishiga misol bo‘ladi.
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari: 
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patalogiyalar. 
2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, qonning rezus-
faktorga mos kelmasligi. 
3. Tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya. 
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensefalit). 
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh miya jarohatlari. 
6. Nasliy faktorlar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistemasi buzilishlarining bir 
qismini tashkil etib, intellektual va 
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi. 
7. Ijtimoiy-maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikroijtimoiy qarovsizlikka, vegetativ 
disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab 
bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda qo‘shilib kelishi nutqning 
turli tomonlarining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlar. 
Organik nutq buzilishlar o‘z navbatida ma’lum joyning zararlanishiga ko‘ra markaziy va periferik 
xarakterda bo‘ladi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish