O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

LGAN BOLALAR. (2-soat) 
Reja: 
1.
Bolalar ko‘rish qobiliyatining buzilish sabablari. 
2.
Ko‘z refraksiyasi haqida tushuncha. 
3.
Ko‘rish qobiliyatidagi zaiflik darajalari. 
4.
Umumta’lim maktablarida ko‘rish qobiliyati sust bo‘lgan bolalar bilan ishlashda o‘qituvchining 
vazifasi. 
 
Tayanch iboralar va tushunchalar:
 
ko‘rish analizatorlari, o‘qitishning Brayl sistemasi, 
tiflopedagogika, astigmatizm, ko‘z pardalari, refraksiya, oftalmolog. 
O‘qitish vaqtida ba’zi bolalarning ko‘zi zaifligi tufayli 
qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. 
Periferik qism (ko‘z), o‘tkazuvchi nerv hamda bosh miya katta yarim sharlarining ensa qismida 
joylashgan qobiq tugunidan iborat ko‘rish analizatori yordamida amalga oshadigan optik idrok bolaning 
psixik kamol topishida g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Bu idrok bolaning atrofini o‘rab olgan dunyodagi 
predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirishda belgilovchi ahamiyatga egadir. Tevarak-
atrofdagi voqelikdan eng ko‘p taassurotni ko‘rish analizatori orqali oladi.
Ko‘rish va ko‘z bilan idrok qilishni kamol toptirishdagina emas, balki fazoviy tasavvurlarni 
(atrof-tevarakdagi fazoni mo‘ljallash, harakat sohasini) kamol toptirishda ham juda katta rol o‘ynaydi, 
chunki harakat ko‘z nazorati ostida kamol topadi. Ko‘rish fazoviy tasavvurlar bola maktabda o‘qiyotgan 
davrda ham uning uchun alohida muhim ahamiyatga egadir, chunki alifbe harflarini, son tasvirlarini 
bilish, geografik kartani tushunish va hokazolar ko‘rish fazoviy tasavvurning muayyan darajada kamol 
topgan bo‘lishini taqozo qiladi. 
Bolalarda ko

rish qobiliyatining buzilishi
 
turli sabablar orqali kelib chiqadi. Birinchidan, ona 
homilasining yaxshi tarbiyalanmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan bugungi kunimizda juda katta dolzarb 
muammo bo‘lib hisoblangan narkomaniya, chekish, spirtli ichimliklarning ko‘p iste’mol qilinishidir. 
Uchinchidan, bolaning kichikligida har xil yuqumli kasalliklar bilan og‘rish. Masalan, traxoma, chechak, 
so‘zak, ko‘z tuberkulyoz bilan kasalllanish orqali qizamiq, skarlatina va boshqa shu singari bolalarga xos 
yuqumli kasalliklar orqasidan ko‘r bo‘lib qolish mumkin. Bolada ko‘rishning zaiflanishi turli darajada 
namoyon bo‘ladi. Ba’zi bolalar, ayniqsa ko‘rish organining o‘zgarishi tug‘ma bo‘lgan bolalar tamomila 
ko‘r bo‘lib qoladi. Yoki ularning ko‘rish qobiliyati shu qadar kamayadiki, bunday bolalar faqat ko‘rlar 
maktabidagina sezgi zamirida – 
Brayl sistemasi 
asosida o‘qish mumkin (ko‘rish qobiliyati keskin 
kamaygan bolalar qatoriga faqat yorug‘likni sezadigan yoki barmoqlarni yuziga yaqin keltirib 
ko‘rsatilgandagina sanay oladigan yoki ko‘rish qobiliyati 0,05 gacha bo‘lgan bolalar kiradi). Bunday 
bolalar, odatda ommaviy maktabga olinmaydilar. Ko‘rlar maktabiga ko‘zi zaif bolalar ayrim hollardagina 
yuboriladi, bunday bolalarda ko‘z kasalligi og‘irlashib borayotgan bo‘ladi va ularni ko‘rish qobiliyatining 
qolgan qismini saqlab qolish maqsadida Brayl sistemasi asosida o‘qitish foydalidir. 
Ko‘rlar guruhiga nisbatan ko‘proq qismini tashkil qiladigan ikkinchi guruh – ko‘zi yaxshi 
ko‘rmaydigan bolalardir. Bunday bolalarda yaxshiroq ko‘radigan ko‘zining markaziy ko‘rish o‘tkirligi 
ko‘zoynak taqqanida 0,05 dan 0,4 gacha bo‘ladi. Ko‘zi ancha durust ko‘radigan, ammo ko‘rish 
funksiyasida boshqa buzulishlar bo‘lgan, masalan, ko‘rish maydonining chegarasi tor bo‘lgan bolalar ham 


ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar qatoriga kiritilishi mumkin. Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar uchun 
maxsus maktablar ochilgan bo‘lib, u еrdagi o‘quv ishlari ko‘rish asosida olib boriladi, ammo turli texnika 
va optik kattalashtiruvchi vositalardan, yirikroq harflar bilan bosib chiqarilgan darsliklardan, maxsus 
yoritkichlardan va hokazolardan foydalaniladi. 
Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar maktablaridagi o‘quvchilar tarkibini o‘rganish shuni 
ko‘rsatdiki, ularning ko‘pchiligi bu maktablarga ommaviy maktabda bir necha yil muvaffaqiyatsiz 
ravishda o‘qiganlaridan keyin keladilar.
Bu bolalar ommaviy maktabda o‘qiganlarida qanday qiyinchiliklar tortadilar? Idrok etishning 
noaniqligi, sustligi va torligi, predmetlarni, ularning formalarini, xarakterli tashqi belgilarini bilib olishda 
qiyinchiliklarga olib keladi. Bolalar satrlarni ko‘rmaydilar, bir-biriga o‘xshash harflarni farq qila 
olmaydilar, bu esa o‘qish texnikasini egallashga, o‘qilgan matn mazmunini tushunishga xalaqit beradi, 
raqamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik oqibatida hisoblashni va arifmetika masallarini hal etishni 
qiyinlashtiradi. Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar oddiy maktab sharoitida doskaga yozilgan so‘zlarni, 
jadvallardagi tasvirlarni va shu singarilarni ko‘rmaydilar. Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar ko‘rish bilan 
bog‘liq ishni qilayotganlaridan tezda charchab qoladilar, bu esa ularning ish qobiliyatini kamaytiradi. 


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish