Kirish qishloq xoʻjaligida islohotlar amalga oshirilmasa, hech qaysi sohada oʻzgarish boʻlmaydi. Islom Karimov



Download 51,03 Kb.
bet1/4
Sana11.04.2022
Hajmi51,03 Kb.
#544296
  1   2   3   4
Bog'liq
tarix



REJA:
KIRISH
I bob. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI TUB ISLOHOTLAR O’TKAZISHNING ZARURIYATI, UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA OMILLARI.
I.1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov agrar sohadagi islohotlarning zarurligi to’g’risida.
I.2. Agrar sohadagi tub islohotlarning maqsadi,vazifalari va qishloqda aholining bandligini oshirish muommolari.
I.3. Agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi, suv resurslaridan samarali foydalanishning qonuniy asoslari.
Xulosa.















KIRISH
Qishloq xoʻjaligida islohotlar amalga oshirilmasa, hech qaysi sohada oʻzgarish boʻlmaydi.
Islom Karimov

O’zbekiston mustaqilikka erishganidan so’ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish vazifasi turar edi. O’tgan qisqa davr maboynida mamlakatimiz itisodiyotini yuksaltirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida ko’plab islohotlar amalga oshirildi va bu davom etib kelmoqda. Islohotlar natijalari jamiyatimizni turli jabhalarida xususan, fan va ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy , madaniy – ma’rifiy, ilmiy texnikaviy sohalarda erishilayotgan yutuqlarda ko’rinmoqda.


Vatanimizning 20 yillik mustaqil taraqqiyot yo’lida jamiyatni turli sohalarda bo’lgani kabi agrar sohalarda ham ko’pgina islohotlar amalga oshirildi. 2009 yilning Prezidentimiz tamonidan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilganligi bu sohadagi islohotlarning uzviy va davomiyligini bildiradi.
Qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o’rinni egallaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xomashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Mamlakatda ishlab chiarilayotgan yalpi mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Respublika aholisining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. SHuning uchun agrar sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo’jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o’z samarasini bera boshladi. “Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va islohatlarni chuqurlashtirish haqida gapirganimizda iqtisodiyotimizning asosiy negizini tashkil etuvchi soha- qishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoli bizning diqqat markazimizda turmog’i lozim”1 deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz I.Karimov.
So’nggi yillarda qishloq xo’jaligi sohasida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib, ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi. O’nlab qonunlar hukumat qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning qonun me’yorlari va tartib-qoidalari asosida amalga oshirilishida asos bo’lib xizmat qilmoda. Xususan, “Yer to’g’risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida”, “Yer solig’i to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” gi qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochdi. Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda.
1994 yil fevralda hukumatimiz tamonidan chorvachilikda islohotlarni chuqurlashtirish va dehqon (fermer) xo’jaliklari hamda xususiy fermalarning manfaatlarini himoyalash to’g’risida qaror qabul qilindi.
Iqtisodiy sohadagi, ayniqsa agrar sohadagi tub islohotlarni amalga oshirish, mavjud muammolarni o’rganib chiqish va hal etish, ko’zlangan natija va yutuqlarga erishish, iqisodiy hayotni yanada takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerlarni o’z egalariga berish, dehqon fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va shular asosida iqtisodiyotni taraqqiy ettirish bosh maqsadimizdir. Ushbu nuqtai nazarlar, fikr va mulohazalar, muhtaram Prezidentimiz nutqlarida, sessiya ma’ruzalarida, qonun hujjatlarida, qarorlar ijrosida va jamoatchilik fikrlarida bayon qilindi. Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muommolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”2.
Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tamonidan ishlab chiqilgan davlatning ijtimoiy-itisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo’lgan bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori samarali natijalarga erishish ko’zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda bu dasturning bajarilishi o’z samarasini berib kelmoqda.
“Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir” -deb alohida ta’kidlagan edi, Prezidentmiz.
O’zbekistonda agrar siyosatning bosh maqsadi mamlakatimiz aholisini oziqovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga erishish va qishloqda tadbirkorlikning rivojlanib borishidir. Shundan kelib chiqilsa, fermer xo’jaliklari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish tizimini uzluksiz takomillashtirib borish lozim bo’ladi. Hur O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ilgarigi holatidan demokratik huquqiy jamiyat va bozor iqtisodiyoti qadriyatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab oldi.
Mamlakatimiz sharoitida agrar sohani rivojlantirmasdan turib, umumiqtisodiyotni ko’tarish qiyin ish. Agrar tarmoq respublikamiz iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biridir. Zero, hozirgi kunda respublikamizda yashaydigan 26 milliondan ortiq aholining 65% foizga yaqini qishloqlarda istiqomat qilib, mamlakat yalpi mahsulotining bir qismi ushbu soha ulushiga to’g’ri keladi.
Mustaqillik sharoitida iqtisodiy sohadagi, ayniqsa, agrar sohadagi tub islohotlarni amalga oshirirsh, mavjud muammolarni o’rganib chiqish va hal etish, ko’zlangan natija va yutuqlarga erishish, iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerlarni o’z egalariga berish, dehqon-fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va shular asosida iqtisodiyotni taraqqiy toptirish bosh maqsadimizdir.
Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning 1999 yilgi XIV sessiyada qilgan ma’ro’zada mamlakatimizning yangi asr boshida amalga oshirish lozim bo’lgan ustivor yunalishlarning birinchisi iqtisodiyotimizning muhim tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish masalasiga qaratilgandi.
Iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadi-birinchi navbatda davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan agrar sohada ham xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash demakdir.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. O’nlab qonunlar, hukumat qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning qonun me’yorlari va tartib qoidalar asosida amalga oshirilishida asos bo’lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo’jaligada ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, turli mulkchilik hamda xo’jalik yuritish shakllarini faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan huquqiy me’yoriy asoslar yaratildi.
Qishloq xo’jaligidagi tub islohotlardan maqsad aholi turmush sharoitini yaxshilash, mulkchilikning barcha shakllarini taraqqiy ettirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi ishchi o’rinlarini yaratish, samarali mehnat qilish, daromad olish, viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir.
Mavjud yer maydonlarini shirkatlarga ajratib foydalanish samaradorligi ko’zlangan natijalarni bermadi. Ana shu sababdan mustaqillika erishilgan dastlabki kunlardanoq qishloq xo’jaligi sohasiga katta e’tibor qaratildi. Masalan: 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik foaliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilishini zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida 1991 yildan to hozirgi kungacha yuzlab farmon, qaror va qonunlar qabul qilindi. Vaqt o’tar ekan, jamiyatning barcha tarmoqlari singari qishloq xo’jaligida ham yangidan-yangi o’zgarishlar qilish talab etiladi. Ana shu o’zgarishlar O’zbekiston davlatining iqtisodiy salohiyatini dunyodagi iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishiga xizmat qiladi.



  1. Download 51,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish