O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk 372. 36 Xalilova zilola zamirovna maxsus topshiriqlar tizimi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida mantiqiy fikrlashni


Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini rivojlanishida didaktik о‘yinlarning ahamiyati



Download 8,96 Mb.
bet12/15
Sana10.06.2022
Hajmi8,96 Mb.
#652920
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Diss. Zilola

2.3. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini rivojlanishida didaktik о‘yinlarning ahamiyati.

Boshlang`ich sinfda bolalar didaktik о‘yinlarni (syujetli, predmetli, musobaqali) rohatlanib о‘ynashadi. Ularda faoliyatning quyidagi elementlari mavjud: о‘yinli masala, о‘yinli motivlar, masalalarni о‘quv faoliyati bilan bog‘liq yechimlari. Natijada о‘quvchilar о‘yin mazmuniga kо‘ra yangi bilimlarga ega bо‘lishadi. О‘quv-biluv masalalarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qо‘yilishidan farq qilgan holda, didaktik о‘yinda u bolaning о‘zini о‘yinli masalasi sifatida namoyon bо‘ladi. Uni yechish usullari esa о‘quv-biluv faoliyatiga tegishli hisoblanadi.


Buni quyidagi misolda qarab chiqamiz. О‘quvchilar “Biz turistlarmiz” nomli didaktik о‘yinni о‘ynashadi. Uning ma’nosi shundan iboratki, bolalarni turistlar guruhining marshrut yо‘lini kartada belgilashga о‘rgatish. Uni tо‘g‘ri belgilagan har bir о‘quvchi turist belgisini oladi. О‘quvchilarning о‘z oldilariga qо‘yadigan masala – turistlar о‘yinini о‘ynash. О‘yin motivi – turist belgisini olish uchun tо‘g‘ri marshrutni tanlash. Bunday о‘yin shu bilan tavsiflanadiki, uning faollik shakli kattalar tomonidan aniqlanadi va о‘yin qodalari kо‘rinishida bolalar oldiga qо‘yiladi. “Biz turistlarmiz” о‘yinining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: “Marshrutni aytayotgan о‘qituvchini diqqat bilan eshiting va uni о‘z kartangizda joylashtiring. U kartada kо‘rsatilgandan sо‘ng, uni namunadagi bilan solishtiring”.
Shuni qayd etishimiz lozimki, о‘yinda va undan keyin о‘yin motivlarida bilishga qarab siljish rо‘y berishi mumkin. Masalan, “Biz turistlarmiz” о‘yinidan keyin о‘quvchilar kо‘plab savollar bilan о‘qituvchiga va boshqa katta yoshdagilarga murojaat qila boshlashdi, kitoblardan mos ma’lumotlarni izlasha boshlashdi, ya’ni ularda о‘yin sifatida taqdim etilgan masala о‘quv masalasiga aylandi. Bolalar hodisalar doirasidagi ma’lumotlar bilan chegaralanib qolmasdan, о‘yin faoliyati bilan bog‘liq yangi tushunchalarni egallashga (kompas, topografik belgilar va boshqalarni) faol harakat qilishadi. Tо‘plangan bilimlar tizimlashtirilib, boshlang`ich sinfdagi bolalar ta’limga nisbatan о‘z faoliyatlarini qayta moslashtirishadi. Endi u nafaqat о‘yinlar nuqtai-nazaridan, balki о‘yin davomida paydo bо‘lib, rivojlangan о‘quv-biluv qiziqishlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Demak, didaktik о‘yinlar bolalar tomonidan bilimlarni о‘zlashtirish uchun qulay bо‘lgan shart-sharoitni paydo qiladi va bilish uchun qiziqishni rivojlanishiga kо‘maklashadi.
Eng yaxshi didaktik о‘yinlar mustaqil ta’lim olish prinsipida tuzilgan, ya’ni, shunday tuzilganki, ularning о‘zi о‘quvchilarni bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishlariga qarab yо‘naltiradi. Ma’lumki, ta’lim olish ikkita komponentni о‘zida jamlaydi: kerakli ma’lumotni tо‘plash va tо‘g‘ri yechimni qabul qilish. Bu komponentlar о‘quvchilarda didaktik tajribani ta’minlaydi. Lekin, tajribaga ega bо‘lish kо‘p vaqtni talab qiladi. О‘quvchilarda “bunday tajribaga ega bо‘lish”ni kо‘paytirish, ularni mustaqil ravishda bu kо‘nikmalarga ega bо‘lish mashqlariga о‘rgatishdan iboratdir. Bunga psixologik tavsifdagi rivojlantiruvchi о‘yinlarni kiritish mumkin: krossvordlar, viktorinalar, boshqotirmalar, rebuslar, kriptogrammalar va boshqalar.
Didaktik о‘yinlar о‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, har bir о‘quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish faolligini tarbiyalaydi. Didaktik о‘yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir о‘quvchi uchun tadbiq qilinishining samaraliligi bilan aniqlanadi.
Didaktik о‘yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ulardan tizimli ravishda foydalanishga, ikkinchidan, о‘yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda maqsad sari yо‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish muammosini hal etishda, о‘quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala deb hisoblanishi zarur.
Demak, boshlang`ich sinfda, о‘yinlardan bolalarning о‘quv va mehnat faoliyatini yengillashtiruvchi va tashkil etuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Ta’lim jarayonida о‘yin elementlari о‘quvchilarda ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirib, ularning faolligini oshiradi. Boshlang`ich sinfdagi о‘quvchilar, о‘yin tavsifiga ega, mehnatga taaluqli topshiriqlarni qiziqish bilan bajaradilar. О‘yin faoliyati bolalarni ruhiy hayotining barcha tomonlarini shakllanishida, masalani qо‘yilishida va harakatlanish usullarini tanlashda yordam beradi.



Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish