O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk 372. 36 Xalilova zilola zamirovna maxsus topshiriqlar tizimi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida mantiqiy fikrlashni


Ilmiy rahbar: p.f.d. R.D.Shodiyev



Download 8,96 Mb.
bet2/15
Sana10.06.2022
Hajmi8,96 Mb.
#652920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Diss. Zilola

Ilmiy rahbar: p.f.d. R.D.Shodiyev ______________


Magistratura talabasi: Z.Z.Xalilova ______________
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..4
1-BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIM О‘QUVCHILARI TAFAKKURI RIVOJLANISHINING О‘ZIGA XOSLIGI

    1. Tafakkur bilish jarayoni sifatida…………………………………….……….9

    2. Boshlang‘ich sinflarda о‘quvchilar tafakkurining о‘ziga xosligi….………18

    3. О‘quv-biluv faoliyatida mantiqiy fikrlashining rivojlantirilishi…………..22

2-BOB. BOSHLANG‘ICH SINF О‘ QUVCHILARI RIVOJLANISHIDA О‘YINLARNING AHAMIYATI
2.1. О‘yinlarining mohiyati va ularning turlari……………………………….……26
2.2.Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari о‘yinlarining mohiyati va ularning kо‘rinishlari.............................................................................................................29
2.3. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari rivojlanishida didaktik о‘yinlarning ahamiyati……………………………………………………………………….…33
3-BOB. BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARI MANTIQIY TAFAKKURI RIVOJLANISHIDA AMALIY TADQIQOTLAR
3.1. Mashg‘ulotlargacha mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasini tashxislash…...35
3.2. Mantiqiy tafakkurni rivojlanishiga yо‘naltirilgan mashqlar tizimi ………….68
3.3. Mashg‘ulotlar о‘tkazilgandan keyin mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasini tashhislash…………………………………………………………………………75
XULOSALAR…………………………………………………………………….79
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….……80


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim jarayonidagi asosiy qiyinchiliklar о‘quv faoliyatining shakllanmaganligi bо‘lib, u yashirin psixologik qiyinchiliklarga tegishlidir. О‘quvchi bu holatni sezadi, lekin u nima uchun shunday bо‘layotganligini tushunmaydi va ifodalab bera olmaydi, shu sababli kattalarga yordam sо‘rab murojaat qila olmaydi. Bunday qiyinchiliklar mavhum bо‘lib, ularning tabiati tushunarsizdir.
Bunday holatlarda ota-onalar va о‘qituvchilar о‘quvchiga yordam kо‘rsatmasliklari achinarli holatdir, chunki ularning о‘zlari ham о‘quv faoliyati va uning tarkibiy tuzilmasining psixologik aspektlari bilan tanish emaslar. Bu nuqsonlarning yorqin belgilari – dangasalikda, qobiliyatning yо‘qligida va boshqalarda namoyon bо‘ladi.
О‘quv faoliyatining shakllanmaganligi ayniqsa tо‘rtinchi-beshinchi sinflarda, ya’ni ta’lim murakkabroq darajaga kо‘tarila boshlaganda va о‘zlashtiriladigan materialning о‘sishi bilan kо‘zga tashlana boshlaydi. О‘quvchi, bu holatda qandaydir noma’lum tо‘siqqa duch kelganday bо‘ladi.
Shu sababli boshlang‘ich ta’limda о‘quvchi yangi bilimlarni о‘zlashtirishga kо‘mak beruvchi о‘ziga xos о‘quv usullariga erishishi uchun, eng zarur shart-sharoitni yaratish, ya’ni о‘quvchiga о‘qishni о‘rgatish lozim.
Bu vaqtga kelib, darsliklarda о‘quvchidan zarur umumlashtirishlarni amalga oshirishi, ya’ni ma’nosiga kо‘ra guruhlarga ajrata olish shakllangan bо‘lishi kerak. Tо‘rtinchi sinfga kelib, ulardan erkin foydalana bilishi lozim.
Barcha yangi-yangi talablar, yangi qoidalar, predmetlar harakatlarining yangi normalari obyektlarning shu paytgacha noma’lum bо‘lgan qonuniyatlarini ochib beradi. Dunyo о‘quvchi о‘zlashtirishi kerak bо‘lgan ilmiy bilimlar va tushunchalar tizimi bilan tartiblashtirilgan. О‘quvchining tafakkuri ana shu yuqorida qayd etilganlarga hamda insonlar va buyumlar bilan о‘zaro harakat tajribasiga yо‘naltiriladi.
Masalan, oy osmonda bola harakat qilgani uchun harakatlanadi degan mulohaza bolaning hayotiy tajribasi asosida, tafakkurning vositasi sifatida sо‘zlardagi ifodasidir. Predmetlardagi о‘xshashliklar va farqlar sо‘zlarda, nutqda aks etadi. Uni bola bevosita kuzatish orqali aniqlaydi.
О‘quvchi ilmiy tafakkurlashni umumiy о‘rta ta’lim maktabida egallaydi, ilmiy tafakkur qilish bolani umummadaniy namunalarga, normalarga, etalonlarga, atrofdagi olam bilan bо‘ladigan munosabatlar qonuniyatlariga yо‘naltiradi. Son tushunchasi, sо‘z, badiiy obraz va boshqalar, ilmiy tafakkur asosini tashkil etuvchi obyektiv dunyo xususiyatlari bilan yangi harakatlar, munosabatlar bolaning shaxsiy tajribasi jarayonida ilgari egallanmaganlarini egallashga imkon beradi.
Mavzuning dolzarbligi qator faktorlar natijasida kelib chiqqan. Birinchidan, о‘quv jarayonining intensifikatsiyasi о‘quvchilarda tafakkur faoliyatining turli tomonlarini rivojlantirish uchun vositalarni izlash vazifasini qо‘yadi. Bu vazifani yechishning samarali vositasi – о‘quv о‘yinlari hisoblanadi.
Ikkinchidan, umumiy о‘rta ta’lim maktabi tajribasini kuzatishlar, kо‘pchilik о‘qituvchilar о‘yinlar metodini о‘zlashtirgan emaslar, ular boshqa о‘qituvchilarda о‘zining ijobiy tomoni bilan namoyon bо‘lgan о‘yinlar amaliyotidan foydalanmaydilar.
О‘yinlar metodi maktab yoshigacha bо‘lgan bolalarni ular uchun odat tusiga kirgan о‘yin faoliyatidan о‘quv faoliyatiga asta-sekinlik bilan о‘tishni amalga oshiradi, bu о‘tish jarayonini u unchalik sezilarlisiz va hech qanday qiyinchiliksiz о‘tishiga yordam beradi. Boshqa muhim jihatlar bilan birgalikda didaktik о‘yinlarni о‘tkazish metodikasini mukammallashtirishga va ta’lim jarayonida turli kо‘rinishdagi qiziqarli о‘yinli mashqlardan foydalanishga ham alohida e’tibor qaratish zarur bо‘ladi. Har bir о‘qituvchi har bir о‘yinning nima uchun mо‘ljallanganligini, uning mazmunini yaxshi tushunishi, о‘yinni har bir dars uchun mavzuni о‘zlashtirishdagi aniq vazifalarini hisobga olgan holda tashkil qilishni, metodikasini о‘ylab chiqishi zarurdir.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish