O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk 372. 36 Xalilova zilola zamirovna maxsus topshiriqlar tizimi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida mantiqiy fikrlashni


О‘quv-biluv faoliyatida о‘quvchilar mantiqiy fikrlashini rivojlantirilishi



Download 8,96 Mb.
bet7/15
Sana10.06.2022
Hajmi8,96 Mb.
#652920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Diss. Zilola

О‘quv-biluv faoliyatida о‘quvchilar mantiqiy fikrlashini rivojlantirilishi

Jamiyat rivojining hozirgi darajasi va turli manbalardan ma’lumotlarni tarqalishi, boshlang‘ich sinflardayoq о‘quvchilarga hodisalarni mohiyati va sabablarini ochib berishni, ularni tushuntirishni talab qilmoqda.
Boshlang`ich sinfdagi о‘quvchilarning aqliy imkoniyatlari haqidagi muammolar turli davrlarda turlicha hal etilgan. Qator zamonaviy tadqiqotlar natijasida bolaning aqliy imkoniyatlari ilgari taxmin qilinganidan kengroq ekanligi aniqlandi, ya’ni ta’limni maxsus tashkil etilishi asosida boshlang‘ich sinf о‘quvchisi abstrakt, nazariy materialni о‘zlashtirishi mumkin.
Bu ayniqsa, matematika darslarida, ya’ni aniq predmetlar ustidagi amallardan о‘quvchi sonlar ustidagi aqliy amallarga о‘tishida namoyon bо‘ladi; xuddi shu narsa ona tili darslarida о‘quvchilar tomonidan sо‘zlarni о‘zlashtirilishida, ya’ni u dastlab predmetdan ajratilmaydi,lekin asta-sekinlik bilan u maxsus о‘zlashtiriladigan predmetga aylanadi.
[3, B.104]da shu narsa qayd etib о‘tilganki, boshlang`ich sinfdagi bolalar algebra elemenlarini tо‘lig‘icha egallashlari mumkin, masalan, kattaliklar о‘rtasida munosabatlarni о‘rnata olishlari. Kattaliklar о‘rtasida munosabatlarni aniqlash uchun bu munosabatlarni modellashtirish zarur ekan – ularni boshqa moddiy shaklda ifodalanishi, shunda ular harakat yо‘nalishi uchun asos bо‘ladi.
Kattaliklar о‘rtasidagi munosabatlarni bola tomonidan bunday (og‘irlik, hajm, yuza, uzunlik) modellashtirilish hamda dastlab grafik munosabatlar (kesmalar) shaklida, sо‘ngra A – V, A > V, A < V kо‘rinishidagi abstrakt simvollar yordamida modellashtirilishga о‘tilishi, bola uchun bu munosabatlar asta-sekinlik bilan predmet amallariga aylanadi.
Masalan, doskada va daftarda bir litr suv ma’lum bir kesma uzunligida belgilanadi, ikki litr esa – ikki marta katta bо‘lgan kesma bilan, uch litr – uch marta katta kesma va shu kabi belgilash kiritiladi. Shundan sо‘ng bolalar mos kattaliklarni (kesmalarni) belgilovchi harflar bilan ishlay boshlashadi.
Tafakkurning abstrakt tomonidan rivojlanishiga ona tili darslarining grammatikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Savod chiqarishga о‘rgatishda (о‘qish va yozish) sо‘z о‘quvchi ongida chetdan tovush va grafik shaklda namoyon bо‘ladi, lekin ona tili grammatikasiga ega bо‘lganidan keyin esa sо‘z – gapning bir qismi shaklida namoyon bо‘ladi. Birinchi sinf о‘quvchisida sо‘z predmetdan ajralmagan holda, ya’ni u predmetning bir xossasi sifatida keladi.
Kо‘pchilik hollarda boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining aqliy faoliyatining zahirasiga tо‘g‘ri baho berilmaydi. Lekin, P.Y. Galperin, D.B. Elkonin va boshqalarning tadqiqotlari shuni kо‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari ta’limini mos holda tashkil etilishi natijasida ular sо‘zlarning ma’nosi bilan uning moddiy shakli о‘rtasidagi о‘zgarishlarni о‘rnata olishlari mumkin ekan. Bunga quyidagi holda erishish mumkin. Bola sо‘zni ma’nosiga kо‘ra о‘zgartiradi (masalan, baliq, baliqchi, baliqchilik, baliqli), olingan bir sо‘zni uning variantlari va tovush tarkibi bilan taqqoslab, uning asosini tashkil qiluvchi morfemini ajratadi hamda sо‘zning morfologik tarkibini aniqlaydi.
Ma’lumki, о‘quv dasturlarida о‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Bu yerda predmet va munosabatlar tushunchalari farqlanadi. Umumiy va muhim belgilarni hamda predmetlarning obyektiv haqiqiyligini masalan, qush, ruchka, qalam va boshqalarni bilish predmet tushunchalar hisoblanadi. Munosabat tushunchalari esa obyektiv dunyodagi mavjud bog‘liqliklarni va munosabatlarni aks ettiradi, masalan, evolyutsiya, katta-kichik va boshqalar.
Birinchi bosqichda, о‘quvchilar predmet tushunchalarni о‘zlashtira turib, odatda predmetlarning funksional belgilarini ajratishadi, ya’ni predmetning nima uchun mо‘ljallanganligi bilan bog‘liqligi, masalan: “sigir – sut beradi”, “ot – miniladi”.
Ikkinchi bosqichda, о‘quvchilar predmet tushunchalarni о‘zlashtirishda, ular uchun ma’lum xossa va belgilarni muhimlarini muhim bо‘lmaganlaridan farqlamasdan qayd etishadi. Masalan, “bodring – poliz ekini, u kо‘k rangda, mazali, unda suv kо‘p, uning ichida urug‘i ham bor”.
Uchinchi bosqich, о‘quvchilar egallaydigan predmet tushunchalarining eng yuqori darajasi bо‘lib, unda о‘quvchilar alohida predmetlarning umumiy, muhim belgi va xossalarini ajratishadi, ularni yig‘ib umumlashtirishadi.
Shu bilan birga shuni nazarda tutish lozimki, kо‘rsatib о‘tilgan bosqichlar birdaniga bir-birini navbati bilan almashtirmaydi. Tushunchalar shakllanishida real jarayonlarda turli bosqichlar о‘rtasida keskin chegara mavjud emas. Birinchi bosqichda ikkinchi bosqichning elementlari yoki yuqori bosqichda tushunchalarni о‘zlashtirishda pastki bosqich elemenlari uchrashi mumkin. Qisqa qilib aytadigan bо‘lsak, turli bosqich elemenlari birgalikda mavjud bо‘lishi mumkin. Masalan, uchinchi sinf о‘quvchilarida ular uchun ma’lum sohaga tegishli tushunchalarni о‘zlashtirish uchinchi bosqich darajasida bо‘lishi mumkin, noma’lum predmetlarni о‘zlashtirish esa ikkinchi bosqichda bо‘lishi mumkin[7,B.210].
Tushunchalar munosabatlarini о‘zlashtirish ham xuddi shuningdek о‘zining bosqichlariga ega.
Birinchi bosqichda о‘quvchilar alohida har bir aniq holat bо‘yicha bu tushunchalar ifodalanishi qarashadi. Bunda ular amaliy jihatdan bir kattalik ikkinchisidan katta yoki kichikligini topishadi, lekin, umumlashtirishni amalga oshirishmaydi.
Ikkinchi bosqichda tushunchalar munosabatlarini о‘zlashtirishda о‘quvchilar umumlashtirishni amalga oshirishadi, lekin bu umumlashtirishlarni ular faqat qaralayotgan holatga tegishli deb qarashib, uni yangi holatlarga kengaytira olishmaydi.
Uchinchi bosqichda о‘quvchilar hosil qilingan umumlashtirishlarni muvaffaqiyatli ravishda turli holatlarga tadbiq etishadi. Tushunchalarni muvaffaqiyatli о‘zlashtirilishi kо‘p jihatdan tafakkur amallarining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Tushunchalarni samarali shakllantirish uchun, о‘quvchilarda tafakkur amallarining rivojlanishini о‘ziga xosligini bilish zarurdir.


Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish